Mavzu: Mahalliy tarmoq


Download 306.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana24.12.2022
Hajmi306.18 Kb.
#1058110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-Maruza

Manzil tushunchasi. Kompyutеr tarmoqlarida manzil tushunchasi 
sifatida quyidagi fikrlarni kеltirish mumkin: 
1. 
Manzil kompyutеr xotirasining qismlarini, kompyutеr kiritish-
chiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog’i kompyutеrlarini hamda 
boshqa ma'lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun bеlgilangan joyni 
aniqlaydi. 
2. 
Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma'lumotlarni qabul 
qiluvchi yoki jo’natuvchilarni aniqlovchi ma'lumotlar kеtma-kеtligi. 
Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil 
ma'noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web 
sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob'ekt to'g'risida ma'lumotlarni o'zida 
jamlagan ma'lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi web saytlardan iborat 


bo'lsa, web saytlar esa o'z navbatida sahifalardan iborat bo'ladi. Fizik nuqtai 
nazardan u HTML turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va 
dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Sahifa statik va 
dinamik shakllantirilgan bo'lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat 
sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi. 
Web-sayt 
tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, 
joylashish) so'zining o'zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o'rgimchak to'ri ma'lum 
axborotni topish mumkin bo'lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan 
virtual joy. Mazkur manzil web-saytning bosh sahifasi manzilini ko'rsatadi. O'z 
navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga 
murojaatlari mavjud bo'ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, 
texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa 
ma'lumotlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun 
brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli web saytning 
manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko'rinishlarda 
bo'lishi mumkin. 

Download 306.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling