Mavzu: Mahmud Qoshgʻariy merosida maʼnaviyat masalalari


Download 56.67 Kb.
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1283426
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahmud Qoshgʻariy merosida maʼnaviyat masalalari

Kurs ishing dolzarbligi : Jahon miqyosida tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan, o'z asarlari bilan nafaqat o'z zamonasining balki bugungi kunda ham ahamiyatini yo’qotmagan muammolarni yoritgan buyuk allomamizning asarlarini chuqur o'rganish , hozirgi yosh avlodga Mahmud Qoshg’ariy merosini yetkazish masalalarini o'rganish.
Kurs ishing maqsadi: Mahmud Qoshg’ariy asarlaridagi ma’naviy masalalarini o'rganish , bugungi kundagi ma’naviy muammolarga adibning izlanishlari , asarlari orqali ma’lum ma’noda javob topish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi:Mahmud Qoshg’ariy ning hayotiy faoliyati, ijtimoiy- siyosiy masalalardagi mulohazalarini o'rganish , tahlil qilish, asarlardagi ma’naviy masalalarda izlanish, tahlil qilishdan iborat.

1. Mahmud Qoshg'ariy- Ma'naviyatimizning Buyuk siymosi
Mahmud Qoshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoldirdi.Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Qoshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf boʻla boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan oʻlkalarda turkiy elatlar namoyondalari koʻpayib, turkiy tilga eʼtibor oshgan edi. Mahmud Qoshgʻariy ham oʻzining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devonu lugʻatit turk” kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan boʻlgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlagan. Asarning asosiy matni oʻsha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va Oʻrta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan boʻlib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.Mahmud Koshgʻariy Balasogʻunda tugʻilib, shu yerda yigitlik chogʻlarini kechirgan boʻlsa ham, uzoq yillar “Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afgʻonistonga qadar choʻzilgan” turkiy oʻlkalarni, turkmanlar, oʻgʻuzlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini oʻrgandi, ularni adabiiy til bilan chogʻishtirdi, oʻz ishi uchun nihoyatda boy material toʻpladi. Lugʻat tuzishda arab tilshunoslari yaratgan aʼanadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “Devonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin”1.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning qoʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Koshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik dos-ton, ishqiy qoʻshiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, sheʼrlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshgʻariy devonida keltirilgan VIII – XI asrlarga oid turkiy sheʼriyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga oʻtish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy sheʼriyat na-munalarida ishlatilgan boʻlib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday sheʼrlarni muallif oʻzi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq sheʼriyatida keng tarqalgan boʻlib, bu bahr ohangi turkiy sheʼriyat tabiatiga mos kelishidan boʻlsa kerak.
“Devon”dagi epik doston-qoʻshiqlar koʻproq jangnoma xarakterida boʻlib, baʼzi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Oʻygʻurlar bilan jangnoma”, Yabaku bilan jangnoma” deb nom qoʻyilgan. Ular oʻz mazmuniga koʻra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglar tasvirlangan epik rivoyatlariga oʻxshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa sheʼriy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mehr va qahr tuygʻulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, oʻzaro nizo-adovatlardan oʻkinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi gʻoyaning yetmasligi ushbu qoʻshiqlar koʻproq islomdan ilgarigi ogʻzaki sheʼriyat namunalari zkanidan darak beradi. Qadimgi epik qoʻshiqlardan “Devon”da saqlangan ikki yirik asar koʻpchilikning diq-qatini tortib keladi. Bulardan biri “Ali Er Toʻnga marsiyasi” va ikkinchisi – “Qish va yoz” munozarasidir. Marsiya 44 satrdan iborat. Unda maʼlum maʼnoda turkiy el oʻzining sevimli qahramoni, xoqoni va yoʻlboshchisigagina emas, boy berilgan imkoniyatlari, parchalangan elati, tushkunlikka yuz tutgan turkiy imperiyadagi maʼnaviy yoʻlsizlik holatiga ham koʻz yosh toʻkadi, motam qiladi. Bu qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodidagi “yigʻi” janrining adabiylashgan namunasi desa boʻladi. “Qish va yoz” munozarasi turkiy munozara janrining bizgacha yetib kelgan birinchi yorqin namunasi boʻlib, unda turkiy elatlarning butun tabiati, yashash, tafakkur tarzi, sevinchlari, qaygʻulari batafsil aks etgan. Ayniqsa, tabiatga mehr goʻzal ifoda topgan. Asar majoziy tasvirlar, tashbehlar, istioralar, jonlantirish va yengil kinoyalarga boy“Devon”dagi birgina madhiyaviy qasidadan parcha ayol kishiga – malikaga bagʻishlangan. U tashakkurnoma yoʻsinda yozilgan boʻlib, aruz vaznining “munsari” bahriga toʻgʻri keladi. Falsafiy-didaktik qasida va masnaviylar pandnoma yoʻsinida boʻlib, turkiy elatlar maʼnaviyatiga xos boʻlgan bunday yoʻnalish “Devon-”da koʻproq aks etgan. Ularda ilm oʻrganish tashviq etiladi, jaholat, kibru havo qoralanadi, saxovat va himmat, mehmondoʻstlik ulugʻlanadi, mol-dunyoga hirs qoʻyish, baxillik va ochkoʻzlik fosh qilinadi, ota-onani hurmatlash, ularning soʻziga quloq osishga daʼvat etiladi. “Devonu lugʻatit turk”da keltirilgan qasida va qatralar mazmun jihatdan oʻsha davrning turkiyzabon shoiri Yusuf Xos Hojib dostoni mavzulari bilan juda uygʻundir. Shu jihatdan kam undagi parchalarni Ahmad Yugaakiyning “Hibat ul-haqoyiq”iga va Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari orasidagi davr sheʼriyatiga mansub ekanligini tan olish mumkin. Hatto dunyoning oʻtkinchi va bevafoligi, inson taqdirining oʻzgaruvchanligi haqidagi misralar ham bu tasavvurni taʼkidlab turadi:
Koʻzum yapsh savruqub quzi aqar, Bilnib ajun emgagin tugal uqar, Emgaksizmi turgʻu yoʻq munda tamu, Ezgulugug koʻrmazib ajun chiqar, Ajun quni yoʻdduzi tutchi tugʻar.
Mazmuni:
Koʻzim yoshi tirqirab quyi oqar, Anglab dunyo gʻamini tugal uqar, Mashaqqatsiz hayot bunda aslo, Ezgulikni koʻrmasdan ulur bigar, Tugʻilgan zot dunyoda mangu porlar.“Devon”da, oz boʻlsa-da, dunyoning yaratilishiga oid, yaʼni kos-mologik mavzudagi satrlar ham uchraydi:Tangri ajun toʻrutti, Chigʻri uzu tazginur, Yulduzlari chargashib, Tun-kun uza yurganur. Yaragti yashil chash, Savurdi urung qash, Tizildi qaraqush, Tun-kun uza yurganur.:Tangri olam yaratti, Falak doim aylanur, Yulduzlari saflashib, Tun-kun uzra burkanur. Yaratti yashil osmon, Yulduzlar yoʻli samon, Qoraqush yulduz-mezon, Tun-kun uzra burkanur.“Devon”dagi sheʼrlarning badiiy saviyasi yuqori ekanligi, ularni yaratgan shoirlarning juda maʼlumotli boʻlgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekanligi olimlar tomonidan taʼkidlanadi.
Mahmud Koshgʻariy asarida dunyo xaritasi doira shaklida chizib koʻrsatilgan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasogʻun, Shosh, Oʻzgan, Isfijob, Margʻinon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador koʻrsatilgan. XI asr jugʻrofiy tasavvurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova kilinishi Koshgʻariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.”2

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling