Mavzu: Mahmud Qoshg’ariyning “Odob as-solihin’’ asarining tarbiyaviy ahamiyati


MAVZU : Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy


Download 131.85 Kb.
bet9/31
Sana11.10.2023
Hajmi131.85 Kb.
#1697632
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
JUMANAZAROVA GULSHODA. Dinshunoslik 1-mustaqil ish

MAVZU : Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy

  • MAVZU : Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy
  • ilmiy merosining ahamiyati.

    Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455–1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Hirotga keladi va qolgan um-rini asosan Hirotda Temuriylar rahnamoligida oʻtkazadi. Maʼlumki, XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning madaniyat markazi edi. Tarixchi olim Sayyid Nafisiyning aytishicha, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga qilgan safari haqida ham deyarli maʼlumot yoʻq.

Husayn Voiz Koshifiyning ikki kizi va bir oʻgʻli boʻlib, oʻgʻli Faxriddin Ali as-Safiy oʻz davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi (“Rashohoti ayn al-hayot” asari bilan mashhur) boʻlib yetishgan. Ali as-Safiyning islom tarixiga, paygʻambarlar hayotiga, adabiyotga, Xoʻja Ahrorga, axloqqa, kimyoga bagʻishlangan oʻndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Hirotda vafot etadi. Kamoliddin Husayn – allomaning ism sharifi, voiz (notiq) – laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) – adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini oʻz davrining ilmiy tili – fors tilida yozgan boʻlib, undan koʻpgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, sheʼr sanʼati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan maʼlum.

  • Husayn Voiz Koshifiyning ikki kizi va bir oʻgʻli boʻlib, oʻgʻli Faxriddin Ali as-Safiy oʻz davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi (“Rashohoti ayn al-hayot” asari bilan mashhur) boʻlib yetishgan. Ali as-Safiyning islom tarixiga, paygʻambarlar hayotiga, adabiyotga, Xoʻja Ahrorga, axloqqa, kimyoga bagʻishlangan oʻndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Hirotda vafot etadi. Kamoliddin Husayn – allomaning ism sharifi, voiz (notiq) – laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) – adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini oʻz davrining ilmiy tili – fors tilida yozgan boʻlib, undan koʻpgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, sheʼr sanʼati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan maʼlum.

Download 131.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling