Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
-jadval Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Download 118.69 Kb.
|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar O’tgan yil Hisobot yili
- Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili
2-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
2-jadval ko’rsatkichlari korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmi rejasini uddalaganligidan darak beradi. mahsulot (ish, xizmat) hajmi rejasi taqqoslama narxlarda 34162 ming so’mga yoki 15,50% ga ortig’i bilan bajarilgan, oldingi yilga nisbatan o’sish 45198 ming so’m yoki 21,59% ga teng. Mavjud narxlarda mahsulot o’sishi 18,82 % ni tashkil qiladi. mahsulot ishlab chiqarish hajmining qiymat va natural ko’rsatkichlari o’sish sur’atlarini taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi variantlar ehtimol tutiladi: – qiymat ko’rsatkichlarning o’sish sur’ati natural ko’rsatkichlarga nisbatan yuqori – mahsulot hajmining o’zgarishi asosan narx o’sishi bilan shartlangan; – natural ko’rsatkichlar o’sish sur’ati qiymat ko’rsatkichlariga nisbatan yuqori – mahsulot hajmining o’zgarishi mahsulotning jismoniy hajmi o’sishi bilan vujudga kelgan. Strukturaviy o’zgarishlarni mahsulot hajmiga ta’sirining tahlili Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarini jami ishlab chiqarishda tutgan ulushidir. Mahsulot ishlab chiqarish strukturasining o’zgarishi barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar: qiymat bahosida ishlab chiqarish hajmi, material sig’imi, tovar mahsulot tannarxi, foyda, rentabellikka ulkan ta’sir ko’rsatadi. Agar qimmatroq mahsulotning ulushi ortsa, u holda uni ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida o’sadi va aksincha. Yuqori rentabelli mahsulotning ulushi oshganda va mos ravishda past rentabelli mahsulot ulushi kamayganda ham foyda miqdorida xuddi shunday holat sodir bo’ladi. Struktura o’zgarishining asosiy sabablari: har xil kategiriyadagi iste`molchilarning mahsulotga bo’lgan talabini o’zgarishi; korxonani uskuna va moddiy resurslar bilan yetarli ta`min etilmagani; zarur malakali mutaxassislarni yetishmasligi; korxonani kam mehnat sig’imli, yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko’proq ishlab chiqarishga intilishi. Ishlab chiqarish strukturasining sanab o’tilgan ko’rsatkichlar darajasiga ta’sirini hisoblashni zanjirli o’rin almashtirish usulida amalga oshirish mumkin bo’lib, u mahsulot strukturasidan tashqari barcha omillarni mavhumlashtirishga imkon beradi: Vhaq = haq * Di haq * Pi reja = 35755 mln. so’m Vshartli = haq * Di reja *Pi reja = 36656,4 mln. so’m Δ Vstr.o’zg. = Vhaq - Vshartli = 67000 – 61750 = -901,41 mln. so’m Bu erda, Vhaq – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmi; Vshartli – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot hajmi reja strukturada; haq – haqiqatda ishlab chiqarilgan jami mahsulot natural miqdori; Di haq , Di reja – i- turdagi mahsulotning strukturasi haqiqatda va rejada; Pi reja – i- turdagi mahsulotning rejadagi bahosi. Vshartli(Kaptiva) = haq * Di reja *Pi reja = 800*12,82*85000 = 8717,95 mln.so’m Vshartli(Epika) = haq * Di reja *Pi reja = 800*15,38*70000 = 8615,38 mln.so’m Vshartli(Lasetti) = haq * Di reja *Pi reja = 800*17,95*48000 = 6892,31 mln.so’m Vshartli(Neksiya) = haq * Di reja *Pi reja = 800*25,64*32000 = 6564,10 mln.so’m Vshartli(Damas) = haq * Di reja *Pi reja = 800*28,21*26000 = 5866,67 mln.so’m Download 118.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling