Mavzu: mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli tannarx hisoblashning buyurtmali usulining xususiyatlari
Qisman yakunlangan shartnoma boʻyicha foyda hisob-kitobi
Download 20.33 Kb.
|
Mavzu mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY TOPSHIRIQLAR
Qisman yakunlangan shartnoma boʻyicha foyda hisob-kitobi
Shartnoma uzoq muddat davomida bajarilganligi uchun har bir hisobot davri uchun tegishli daromadni hisobga olish kerak. Moliyaviy hisob daromadni faqat shartnoma tugallaganidan keyin aniqlash imkonini beradi. Lekin bu uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha maqsadga muvofiq emas. Yakunlanganlik foizi buyurtmachiga bir necha yillar davomida daromadning yoʻqligi va shartnoma yakunlangan yilda daromadning keskin oshib ketishi kabi nomuvofiqliklar oldini olishga yordam beradi. Tugallanmagan shartnoma boʻyicha daromad hajmi boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagi jihatlarini eʼtiborga olish kerak: a) oraliq daromadni tan olish uchun shartnoma muvaffaqiyatli yakunlanishi aniq boʻlishi lozim; b) har qanday daromad shartnoma boʻyicha ushbu sanaga tugallanish darajasiga proporsional boʻlishi kerak. v) shartnoma boʻyicha kutilayotgan yoʻqotishlar boʻyicha tezkor choralar koʻrish. Tugallanmagan shartnoma boʻyicha foydani aniqlash quyidagi 5 ta qadamdan iborat: 1. shartnomaning umumiy qiymatini aniqlash. Ushbu hisob-kitobni a harfi bilan belgilaymiz. 2. Shartnomani bajarish davmida vujudga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlar umumiy miqdorini hisoblash kerak va uni b harfi bilan belgilaymiz. Buni aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur: a) shu sanagacha qilingan haqiqiy xarajatlar (buyurtma hisobi kartochkasidan) plyus b) shartnomani tugatish uchun zarur boʻladigan kutilayotgan kelgusi xarajatlar 3. Shartnoma boʻyicha kutilayotgan umumiy foydani aniqlash: Shartnoma qiymati – a va b ayirilgan holda umumiy xarajatlar. 4. maʼlum bir sanaga tan olinayotgan foyda ushbu vaqtga bajarilgan ish hajmini aks ettirishi kerak. U tugallanish foiziga koʻra hisoblanadi. Oliyaviy hisobot xalqaro standartlariga koʻra (MHXS №11 “Qurilish shartnomalari”) shartnomaning tugallanish foizi xarajatlar (tannarx) asosida aniqlanadi:
yoki
Tan olinadigan foyda (daromad) ushbu sanaga toʻplangan (kumulyativ) xarajatlarni bildirishini bilishimiz kerak, yaʼni tugallanish foizi har doim ish boshlangan sanadan hisob-kitob sanasigacha barcha xarajatlar umumiy summasidan kelib chiqqan hlda hisobot davri uchun hisoblanadi. 5. Tugallanmagan shartnoma boʻyicha joriy davr (yaʼni joriy davrda tan olinadigan) foydasi 4 qadamga muvofiq oldinga hisobot davrlarida tan olingan shartnoma boʻyicha foyda summasi ayirilgan holdagi toʻplangan tan olingan foydani bildiradi. Boshqacha aytganda, joriy davrda olingan foyda ushbu sanadagi foydadan shartnma boʻyicha oldingi davrlarda tan olingan foydaning ayirilganini bildiradi. AMALIY TOPSHIRIQLAR Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling