Mavzu: mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli tannarx hisoblashning buyurtmali usulining xususiyatlari


Noaniq ustama xaraatlar normativ stavkasi oqibatlari


Download 20.33 Kb.
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi20.33 Kb.
#1713412
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli-fayllar.org

Noaniq ustama xaraatlar normativ stavkasi oqibatlari
Maʼlumki, realizatsiya bahosi dastlabki hisob-kitoblarni aks ettiradi va bu hisob-kitoblarda ishlab chiqarish ustama xaraatlarini qoplash aniq aniq stavkasini aniqlash koʻproq noaniq boʻladi. Noaniq dastlabki hisob-kitoblar quyidagi sabablarga koʻra biznesga jiddiy zarar yetkazishi mumkin:
a) agar buyurtmani bajarish narxi baland boʻlsa, buyurtmachilar boshqa ishlab chiqaruvchilar topishi mumkin;
b) agar buyurtmani bajarish narxi juda past boʻlsa, realizatsiyadan tushgan tushum barcha xarajatlarniqoplash va maqbul foydani olishga yetarli boʻlmasligi mumkin.
Agar ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning normativ stavkasi ishlab chiqarish hajmiga asoslangan boʻlsa, haqiqatda ishlab chiqarish hajmi kutilganidan koʻra koʻp yoki kam boʻlsa, dastlabki hisob-kitoblar, shuningdek, realizatsiya bahosi ham noaniq boʻladi.
Raqobatbardoshlik va realizatsiya bahosi foydaliligini taʼminlash maqsadida rejalashtirilgan ishlab chiqarish ustama xarajatlari ularning sarflanishi boʻyicha aks ettirilishi kerak.


Qisman yakunlangan shartnomalar boʻyicha foydani aniqlash
Qurilish shartnomalarining xususiyatlari quyidagilardir:
a) pudratchidan uzoqligi: qukrilish buyurtmachiga tegishli hududda amalga oshiriladi;
b) shartnomani bajarish muddatining uzoqligi: bir yildan ortiq;
v) shartnoma boʻyicha toʻgʻrixarajatlar darajasining yuqoriligi: ustiama xarajatlar sezilarsiz darajada.
Shartnomaning tannarxini hisoblashda har bir shartnoma alohida tannarxi aniqlanayotgan mahsulot birligini tashkil etadi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida har bir shartnoma boʻyicha xarajatlar alohida schetlarda hisobga olinadi. Xarajatlarning turli xil elementlari quyidagilar bilan bogʻliq:
1. asosiy materiallar.
Shartnoma boʻyicha sarflangan ateriallar maxsus xarid qilingan materiallarni hamda pudratchi omboridan berilgan materiallarni oʻz ichiga ladi. Tegishli xarajatlar summasiga shartnoma boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schet debetlanadi. Ishlab chiqarish joyida materiallarning kelishi va ortiqcha materiallarning qurilish uchastkasidan omborga qaytarilishi samarali hisobga olishni tashkil etishga xalaqit berishi mumkin.
2. Ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi xarajatlari.
Shartnomaga olib boriladigan ish haqi xarajatlari rejalarni va hujjatlarni tuzish bilan bogʻliq ofis xarajatlarini, korxonada bevosita ishlab chiqarish bilan bgʻliq ishlab chiqarish muomalalari va qurilish uchastkasidagi ish haqi xarajatlarinidan iborat. Shartnoma boʻyicha qurilish joyidagi barcha ish haqi xarajatlari bevosita xarajatlar sifatida koʻriladi. Turli xil uchastkalardagi quruvchilar tomonidan ishlangan vaqtni hisobga olish uchun ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritishga zarurat tugʻilishi mumkin.
3. Bevosita xarajatlar.
Material va ish haqi xarajatlaridan tashqari shartnoma boʻyicha muhim ahamiyatga ega boʻlgan toʻgʻri xarajatlar mavjud. Ushbu xarajatlar kategoriyasiga ikkita asosiy modda: ishlab chiqarish uskunalari va subpudratchi xarajatlaridir.
- ishlab chiqarish uskunalari.
Ishlab chiqarish uskunalari va jihozlari zarur asboblar, uskunalar, moslamalar yoki buyurtmani bajarish uchun uskunalar koʻrinishidagi shartnomani bajarish uchun maxsus xarid qilinishi mumkin. Agar ishlab chiqarish uskunalari boshqa shartnoma boʻyicha xarid qilingan boʻlsa, yangi shartnomaga ushbu uskunalar amortizatsiyasi sifatida olib boriladi. Ishlabchiqarish uskunalari shartnomani bajarish uchunijaraga olinsa, ijara boʻyicha xarajatlarni buyurtma tannarxiga olib boriladi.
- subpudrat (subshartnoma) boʻyicha ishlar.
Agarda shartnoma yirik boʻlsa, yoki ishning ayrim jihatlari boʻyicha mutaxassislarga zaruriyat tugʻilsa, korxona subpuratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi tomonidan bajarilgan barcha ishlarning qiymati shartnoma boʻyicha toʻgʻri xarajatlar sifatida qaraladi.
4. bilvosita xarajatlar.



Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling