- Neustoyka qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to’lashi shart bo’lgan pul summasidir. Neustoyka jarima va penya shaklida bo’ladi. Majburiyatning bajarilishini taminlash usullari sifatida ko’rilgan jarima bilan penya o’rtasida hech qanday muhim farq yo’q. Ular faqat hisoblashish usullari jihatidangina bir-biridan farq qiladi. Penya majburiyatning bajarilishi kechiktirilganda qo’llaniladi va muayyan vaqt, masalan, o’n, yigirma, o’ttiz kun davomida hisoblanadi. Penya majburiyatning bajarilishi kechiktirilganida kechiktirishning barcha muddati davomida hisoblanib, bajarilmagan summasi yuzasidan belgilangan foizlar bilan undiriladi. Majburiyatning bajarilishini kechiktirish vaqti oshib borgan sari penya summasining ham o’sib borishi majburiyatni mumkin qadar tezroq ijro etishga qarzdorni majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |