Mavzu: makro va mikro evolutsiya


Download 1.48 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1404477
Bog'liq
mikro va makro evolyutsiya

MAVZU: MAKRO VA MIKROEVOLUTSIYA

Bajardi: 3-20 guruh talabasi Miryusupova Iroda

REJA:

  • 1.Makroevolutsiya,
  • 2. Mikro va makroevolyutsiyaning o‘zaro munosabati,
  • 3. Divergensiya evolyutsiyaning bosh yo‘nalishi,
  • 4. Konvergensiya,
  • 5. Parallelizm,

Makroevolutsiya:

  • Makroevolyutsiya organik olamning turdan tashqaridagi sistematik guruhlarining vujudga kelishidir. U diveigensiya, konvergensiya, parallelizm yo‘nalishida amalga oshadi.

Mikro va makroevolyutsiyaning o‘zaro munosabati

  • Mikroevolyutsiya hodisalari va qonuniyatlarini tahlil qilish makroevolyutsiyani tushunishda muhim ahamiyatga ega. Turdan tashqarida ro‘y beradigan o‘zgarishlar birinchi navbatda populatsiyalar va lur ichidagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog'liq. Odatda, tur paydo bo‘lgandan so‘ng boshlang‘ich evolyutsiya jarayonlari to‘xtamaydi, aksincha, o‘sha tezlikda davom etib, turlar orasidagi farqni ko'paytira boradi. Binobarin, mikroevolyutsion kuchlar faqat turlar ichida emas, balki turlardan tashqarida ham o'zgarish hosil etib, yangi avlodlar, oilalar, turkumlar va boshqa yuqori taksonlaming kelib chiqishi uchun asos bo‘ladi

Divergensiya evolyutsiyaning bosh yo‘nalishi

  • Divergensiya turga mansub organizmlarning ayrim belgilari bo‘yicha o‘zaro farqlanishidan, polimorfizm, har xil sharoitga moslanishidan boshlangan.
  • Bunday moslanish avvalo, ayrim belgilarga ega populatsiyalarni hosil qilsa, keyinchalik ekologik, geograflk irqlar, nihoyat yangi turlar, avlodlar va boshqa sistematik taksonlar kelib chiqishi bilan tugallangan. Evolyutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning anatomik-fiziologik tuzilishidagi umumiylik saqlana borgan.
  • Divergensiyaning aniq yo‘nalishi ichki va tashqi omillarning o‘zaro ta’siri bilan belgilanadi.
  • Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, hayot to'lqinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.
  • Divergensiya natijasida turlar avlodlarni, avlodlar oilalarni, oilalar turkumlarni, turkumlar sinflarni, sinflar tiplarni vujudga keltiradi.

Konvergensiya

  • Ayrim hollarda kelib chiqishi jihatidan bir-biridan uzoq bo‘lgan formalar tarixiy davr mobaynida bir xil muhit sharoitida yashab kelgan. Oqibatda ular o‘xshash belgi-xossalarga ega bo'lgan, ya’ni ular o‘rtasida konvergent o'xshashlik yuzaga kelgan. Hayvonlarda konvergensiya hodisasi tanasi shaklining ko‘rinishida yoki ayrim organlarning tuzilishidagi o‘xshashlikda namoyon bo‘ladi.
  • Masalan, akula, ixtiozavr va delfinlaming tana tuzilishi birbirinikiga o‘xshash, vaholanki, akula umurtqalilarning baliqlar sinfiga, ixtiozavr esa sudralib yuruvchilar sinfining mezozoy erasida yashab, so‘ng qirilib ketgan ajdodlariga, delfmlar esa sutemizuvchilar sinfiga mansub. Bulaming har biri qaysi sinfga mansub bo‘lsa, o‘sha sinf uchun xos bo‘lgan ichki tuzilishga ega. Ammo o‘xshash hayot sharoiti, ya’ni suv muhiti ular tanasining duksimon shaklga aylanishiga, harakat organlarining ham o'xshash bo‘lishiga olib kelgan.

Parallelizm

  • Divergensiyaning yana bir xususiy hodisasi parallelizmdir. Evolyutsiya jarayonida bir ajdoddan tarqalgan ikki yoki undan ortiq organizm guruhlarining har xil sharoitda yashab, bir-biridan uzoqlashishi, so‘ngra yana bir xil sharoitda yashab, ularda o‘xshash moslanishlar rivojlanishi parallellizm (parallel rivojlanish) deyiladi.
  • Masalan: Tuyoqli sutemizuvchilaming ikki guruhi - Janubiy Amerikada yashovchi litoptem — Litopterna va Arktogeyadagi toq tuyoqli- Artiodactula parallelizmga misoldir. Bu filogenetik tarmoqlaming ajdodi besh barmoqli fenokodus — Phenacodus bo‘lib, ularda barmoqlar sonining kamayishi va tovon yordamida yurishdan barmoq bilan yurishga o‘tilishi ochiq dala sharoitga moslanish tufayli amalga oshgan.
  • ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling