Mavzu: Maktab jismoniy tarbiya faoliyatida badminton o’yinini o’rni va ahamiyatini oshirish
Download 0.92 Mb.
|
15 nodir
Badmintonchilar tayyorlashda jismoniy mashqlarning o’rni
Badmintonda "sport tanlovi'' — bu kelajakda sport takomillashuvi, jumladan, musobaqalar faoliyati bilan bog'liq bo’lgan, katta yuklamalarga bardosh bera oladigan va aynan shu jarayonlarda yuqori natijalarga erisha oladigan istiqbol bolalarni izlab topishga imkon yaratadigan usul, uslub va test-mashqlar majmuasini qo'llash jarayonidir. Sport tanlovi ko'p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog'liq bo'lib, sport malakalarini o'zlashtirishning dastlabki bosqichidan boshlab eng yuqori bosqjchida, ya'ni milliy terma jamoalari faoliyatida ham amalga oshiriladi. "Tanlov" tushunchasi о'z ichiga "munosiblik" ya'ni insonni bir sohaga (ma'lum faoliyatga) iste'dodi bo'yicha yarashi yoki yaramasligi masalasini kiritadi. Bu degan so'z, inson nafaqat o'z imkoniyatlari (qaddi- qomati, jismoniy sifatlari, ruhiy xususiyatlar va h.k.) bilan muayyan faoliyatga (kasbga, ishga, sportga va h.k.) mos kelishi kerak, balki aynan shu faoliyat mazkur tison mijoziga munosib bo'lishi maqsadga muvoflqdir (emotsiya, aktivatsiya, motivatsiya masalalari). "Tanlov" atamasi o'z tarkibiga yana sportga oid "chamalov'' tushunchasini kiritadi. Chamalash bog'chalarda, maktablarga va sport maktablarining boshlang'ich guruhlarda amalga oshirilishi mumkin. To'g'ri chamalash murabbiyning iste'dodiga, uning bilimi va tajribasiga bog'liq. Bolaning nasliga, turmush tarzi ko'rsatkichlariga qarab chamalash ham e'tiborli ahamiyatga ega. Sport tanlovi - ko'p yillik pedagogik jarayondir. Ko'p yillik sport tayyorgarligi tizimi, o'z mohiyati va maqsadiga binoan, ko'p yillik sport tanlovini o'z ichiga oladi va mazkur jarayonni 4 bosqichda amalga oshirishni taqozo etadi. Dastlabki tanlov – (7- 14 yosh). Sportchilarni o'yin ixtisosligiga (funksiyasiga) saralovchi maxsus tanlov (15-17 yosh). Yuqori jamoalarga tanlov (18-20 yosh). Terma jamoalarga tanlov. Bolalarni dastlabk tanlovga tayyorlash maktab sharoitida jismoniy tarbiya o'qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi, o'quvchilar dastur asosida va baholovchi mashqlar, harakatli xalq o'yinlari yordamida saralanishi mumkin. Mazkur saralovchi vositalar aynan badminton o'yinlari mohiyatiga nihoyatda yaqin bo'lishi maqsadga muvofiq. Bunday vositalar tavsiya qilingan adabiyotlarda keng yoritilgan. Dastlabki tanlovga tayyorlash jarayonida o'quvchilar muntazam tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari shart. Bu tadbir qanchalik sifatli va samarali amalga oshirilsa shunchalik sport maktablarida uyushtiriladigan tanlovning sifat darajasi yuqori bo'ladi. Dastlabki tanlov. Mazkur tadbir quyidagi tartibda olib boriladi: I bosqich. Targ'ibot-tashviqot shlarini uyushtirilib, suhbat, ma'ruzalar o'tkazish. badminton musobaqalari haqida filmlar namoyish qilinish orqali bolalarni badmintonga qiziqtirish va jalb qilish. Ko'rgazmali musobaqalar uyushtirish, taniqli sportchilar isntirokida suhbatlar o'tkazish. II bosqich. Banolovchi mashqlar, harakatli va xalq o'yinlari yordamida dastlabki tanlov - qabul o'tkazish (qaddi-qomat ko'rsatkichlari jismoniy sifatlarining rivojlanganligini apparatlar yordamida aniqlash va hokazo). III bosqich. Boshlang'ich tayyorgarlik 1 yillik o'rgatish davrida bolalarni maxsus sifatlari, texnik-taktik malakalari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini baholash. Ularning nasliy xislatlarini o'rganish. Texnik va taktik tayyorgarlik bo'yicha tanlov o'tkazish. 4-andozada bolalarni badmintonga jalb qilish va ko'p yillik tanlov bosqichlari aks ettirilgan. Badminton bilan shug'ullanishga munosibligi. BO'SMga qabul qilish mutaxassis-murabbiy uchun o'ta mas'uliyatli tadbirdi Bu tadbirni amalga oshirishda hamma ko'rsatkichlarni bir-biriga taqqoslay bilish, badminton o'yinining mohiyatiga yaqin ko'rsatgichga ega bo’lgan bolalarni farqlay olish, sport turiga zarur qobiliyatlarni ajrata bilish katta ahamiyatga egadir. Shu bilan bir qatorda, tanlov natijalariga ko'ra qabul qilish haqida uzil-kesil xulosaga kelish o'rnsiz, mavjud ko'rsatkichlarni e'tiborga olgan holda saralovni davom ettirish darkor. Uzluksiz tanlov (saralov) va o'yin funksiyalarini (ixtisoslarini) belgilash. Yuqori malakali badmintonchlarni tayyorlashda mazkur bosqich tadbirlari hal qiluvchi ahamiyatga loyiq. Albatta, uzluksiz tanlov-saralov hamda bolalarni muayyan o’yin ixtisosliklariga munosibligini aniqlash ko'p yillik sport tayyorgarligini barcha bosqichlarda amalga oshirib boriladi. Bu masala, ayriqsa. o'quv-trenirovka va takomillashtiruv guruhlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Badminton bilan shug'ullanishga tanlov asosida qabul qilish jarayonini kuchaytirish maqsadida, mavjud tanlov vositaiariga qo'shimcha qilib tanlangan sport turi xususiyatini “e'tiborga” olgan yoki maxsus ixtisoslashgan xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish, tanlovni yanada "toza” maqsadi amalga oshirish imkonini yaratib beradi. Bu borada M.A. Qurbonovaning ilmiy tadqiqotlari tahsinga sazovordir. Jumladan muallif badminton to'garaklarga nafaqat tanlov o’tkazish va bu jarayonda milliy harakatli o'yinlardan unumli foydalanish, balki dastlabki tayyorgarlik jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantirish va texnik-taktik ko’nikmalarni shakllantirishga mo’ljallangan harakatli o'yirlardan foydalanish yosh sportchilar tayyorlash sur'atini jadallashtirishi mumkin ekanligi isbotlab bergan. Ta'kidlash lozimki, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o'rganish natijasida shu narsa ko'zga tashlanadiki, to'garaklarda tanlov o'tkazish, tanlov mashqlari hamda dastlabki tayyorgarlik jarayonlarini ilmiy asoslash va tashkil qilish muammolari stol badmintoni misolda tadqiqot obyekti sifatida umuman o'rganilmagan. Qizig'i shundaki ushbu mavzu sobiq ittifoq davrida ham mutaxassis olimlar tomonidar. Jiddiy tadqiqot ostiga olinmagan. Hatto "kichik" badminton bo'yicha 90-yillargacha joriy etilib kelingan BO'SM dasturida tanlov me'yoriy mashqlari va bir tayyorgarlik bosqichidan (guruhidan) navbatdagi tayyorgarlik bosqichiga (guruhiga) ko'chiruvchi me'yoriy test mashqlari devarli o'z aksini topmagan Ayrim dasturlarda, masalan, yugurb kelib balandga sakrash (8-9 yoshli qizlar - 100 sm, shu yoshdagi o'g'il bolalar - 112 sm), to’ldirma volanni uloqtirish (8-9 yoshli qizlar - 1 kg li volanni 7 m ga, shu yoshdagi o'g'il bolalar -10 m ga), turnikda osilib, oyoqlarni 90° burchak shaklida ushlab turish kabi nazorat mashqlari keltirilgan. Ammo shu mashqlarni ijro etish usuli, taribi va shartlari yoritib berilmagan. Ta'kidlanishicha, bunday mashqlar umumiy jismoniy tayyorgarlikni baholashga mo'ljallangan. Lekin maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan me'yoriy test mashqlari umuman qayd etilmagan. XULOSA Xulosa qilib aytganda O’zbekistonda badminton o’yinin rivojlanish tarixini o’rganish va ushbu sport turini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan nazariy va amaliy jarayonlar ulkan yutuqlar olib kelmoqda. Ushbu kurs ishida badminton sportini rivojlanish tarixini, Vatanimiz hududiga ushbu o’yinning kirib kelishi, yutuqlari nazariy qo’llanmalar to’g’risida keng yoritildi. Kurs ishining asosiy maqsadi O’zbekiston hududining yosh farzandlari kelajak avlodlarini sog’lom yetishishida Badminton sportiga qiziqtirishda islohotlar olib borishdan iboratdir. Masalaning yana bir muhim «tomoni shundan iboratki ilg'or texnika va texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilayotgan hamda uzluksiz shakllanib boradigan turli vositalar (samalyot, raketa, televizor, sovitgich, lift, traktor, avtomobil va h.k.)ning har bir avlodi o'zining tashqi ko'rinishiga. shakliga, mazmuniga, muayyan o'lchamlariga egadir. Ma'lumki, ushbu ko'rsatkichlar shu vositalarning texnik pasportida qayd etiladi. Ta'kidlash joizki har bir sport turnirga oid harakat malakalari ham o'z texnik ko'rsatkichlari, o'lchamlari va ularni, ijro etishda o'ziga xos texnik tartibga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, sportchi muntazam shug'ullanishi natijasida musobaqada ishtirok etadi va o'zning texnik mahorati darajasi tufayli ma'lum o'rinni egallaydi, texnik pasportini esa sekin-asta yangilab boradi. Zamonaviy badminton o'yini ham ko’pdan-ko'p narakat malakalaridan iborat bo'lib, shug'ullanuvchilardan ixtisoslashgan kuch, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini, iroda, matonat, o'tkir zelnlik, zukkolik, "ayvorlik" (yaxshi sport ma'nosida) va boshqa shu kabi xislatlarni shakllantirishni talab qiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling