Mavzu: Maktab yoshidagi o’g’il bolalar shimini tikish texnologiyasi, taqilmasi va chontakka ishlov berish


Shim asosiy bo’laklariga NII berish


Download 0.57 Mb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1536331
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

Shim asosiy bo’laklariga NII berish
Namlab isitib ishlov berish shim tikishdagi ma’suliyatli operatsiya hisoblanadi. Tayyor holdagi shimning tashqi ko’rinishi va shakli shunga bog’liq. Tarkibida sun’iy tolalar ko’p bo’lgan gazlamalardan shim tikilganda namlab-isitib ishlov berish nihoyatda murakkab bo’ladi. Shuning uchun bunday holda shimning shakli konstruktsiya yordamida hosil qilinadi. Namlab isitib ishlov berish uloqlarni va vitochkalarni yorib dazmollashdan boshlanadi. Shimni ort bo’laklariga chap va o’ng bo’laklarini, o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, maxsus yostiqlari bor presslarda shakl beriladi. Pressda shakl berishning mohiyati yostiqlarning qabariq-botiq shaklda ekani oqibatida kerakli joylarda qirqimlarni chizishdan iborat bo’ladi. Shim bo’laklariga namlab isitib ishlov berishda, uning kanstruktsiyasiga, materialning tolasiga bog’liq bûladi, bu ishni bichiqchi belgilaydi. Buyurtmachi gavdasiga mos shakl berish uchun old va ort bûlaklariga namlab isitib ishlov beriladi.
Shim astariga ishlov berish
Shimning tizza qismi cho’zilmasligi uchun unga astar qo’yiladi (astarning bukish haqini 10-15 sm hisobga olmay bichiladi)Shim astari old bûlak avrasiga moslab bichiladi.Astarning (pochasiga) ostki qirqimi maxsus mashinada yo’rmalanadi; yopiq qirqimli bukma chok bilan bukib tikiladi yoki maxsus qaychida arra tishli qilib qirqiladi.Stol ustiga, old bo’lak astariga o’ngini pastga qaratib yoziladi, uning ustiga shim avrasining o’ngini yuqoriga qaratib qo’yiladi.
Shim avrasining astariga qirqimlardan 3-4 sm oraliqda qo’yiladi va yirikligi 1-1,5 sm to’g’ri sirma qaviq bilan bostirib ko’klanadi. Shim avrasidagi vitochkalar joyida astardan taùlama ùosil qilib ko’klanadi. Shim old bo’lagining yon va odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinada yo’rmalanadi.
Ort bûlakning yon odim va ûrta qirqimlari ham yo’rmalanadi.
Kamar tutkichga ishlov berish
Kamar tutkich - bu shim belbog’idagi asosiy bo’lak hisoblanadi.
Kamar tutkich asosan 2 ta bo’lakdan iborat bo’lib, asos va astar bo’laklaridir. Ko’pincha o’rta qalinlikdagi matolardan shim tikilganda kamar tutkich bitta asos matodan bûylama ip yûnalishi bûyicha bichib olinadi va ag’darma chok yoki maxsus buklagich mashina yordamida buklab tikiladi.
Modelga kûra belbog’g’a kamar tutkich bûlsa, uni shim yuqori bel qismiga ulash paytida belbog’ tagiga kamar tutkichni pastki qirqimiga qûyib, ularni belbog’ ulaydigan chokra perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar o’tishiga soliqi hosil qilib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi. Kamar tutkich modelga qarab shim beliga qarab joylashtiriladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling