Mavzu: Maktabgacha ta`lim asoslari fanining umimiy asoslari Reja: Maktabgacha ta`limning umumiy asoslari


Download 16.19 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi16.19 Kb.
#1482066
1   2
Bog'liq
Maktabgacha ta`lim asoslari esse

Fanning predmeti va vazifalari.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining maqsadi maktabgacha ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning pedagogik asoslarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari: pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topish, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash.
Quyidagi sxemada Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti ko‘rsatib o‘tilgan:
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qadar bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy Maktabgacha ta’lim sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, Maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
-Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy sog‘lig‘ini ta’minlashdan iborat.

723-guruh talabasi Tosheva Mavlyuda Kamoliddinovna
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling