10-MAVZU. LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
Reja:
1.Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi
2. Tavsifiy metod
3. Qiyosiy-tarixiy metod
4. Chog‘ishtirish va tipologik metod
5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari.
Funksional lingvistika;
Distributiv tahlil metodi lingvistika yo‘nalishi va uning metodlari;
Bevosita ishtirokchilar metodi;
Transformatsion tahlil metodi.
6. Matematik-statistik metodlar
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Basic notions of ninth topic:
Metod (method)- obyektiv borliq predmet hodisalarni- tadqiqot manbaini ilmiy tahlil qilib, o’rganib, uning mohiyatini, tabiati va tarkibini aniqlash, muayyan jihatlarini, o’ziga xos xususiyatlarini topish, ochish, va ular haqida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarishdir.
Metodika (methodics)- tadqiqotchining tadqiqot obyektini tekshirish usuli, individual ish olib borish usuli, faktlarni yig’ish, tahlil qilib, umumlashtirish jarayonidir.
Metodologiya (methodology)- tadqiqotchining maqsadi bilan bog’lanib, tadqiqot manbaini qanday tushunishi va unga qanday metod bilan yondashishi –shu asosda obyekt yuzasidan muayyan nazariy yoki amaliy bilimlarni hosil qilishdir.
Qiyosiy –tarixiy metod- o’zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklarini, asosan, tovush, qo’shimcha va so’zlarni tarixiy jihatdan qiyoslash natijasida ularning dastlabki shaklini, qiyofasini, ma’nosini tiklaydi, ular orasidagi o’xshashlikni aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |