Reja: Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi


Download 24.11 Kb.
bet2/8
Sana15.02.2023
Hajmi24.11 Kb.
#1201048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-SEMINAR Topshiriği

Chog’ishtirish metodi- ikki va undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan tillarni o’zaro qiyoslab, chog’ishtirib o’rganadi.

  • Distributiv tahlil metodi- bunda nutq faoliyatidagi muayyan lisoniy birliklar aniqlanib, ularning joylashish o’rni, oldinma- ketin kelishi belgilanadi.Til birliklarining o’zaro bog’lanishi- semantik-sintaktik munosabatga kirishuviga ham alohida e’tibor qaratiladi.

  • Statistik tahlil metodi- lisoniy birliklarning (tovush, bo’g’in, so’z, so’z birikmasi, gap kabilarning) nutqda ishlatilish miqdorini qo’llash chastotasini o’rganadi.

  • Transformatsion tahlil metodi- muayyan markaziy sintaktik birlik (masalan gap) asosida yaratilgan, hosil qilinadigan qator boshqa gaplarni aniqlaydi.

  • Valentlik tahlil metodi- so’zning nutq faoliyatidagi semantic-sintaktik, funksional faolligini o’rganadi, uning ma’no jihati bilan bog’liq imkoniyatlarini yoritadi.

  • Eksperimental- fonetik tahlil metodi- nutq tovushlarini, prosodemik, hodisalarni tadqiq qiladi, ularning artikulyatsion, akustik va boshqa jihatlarini, xususiyatlarini o’rganishda maxsus texnik vositalardan foydalanadi.

  • Komponent tahlil metodi- so’z manosiga, uning tuzilishiga nisbatan ishlatilib, ma’noni tarkibiy qismlarga-komponentlarga ajratadi. Har bir semaning ma’no tarkibidagi ahamiyatini, o’rnini, imkonini aniqlaydi, ishlatilish doirasini belgilaydi.


    TOPSHIRIQ 1. Quyidagi savollarga javob bering.
    1. Metod nima?
    METOD - GREKCHA METHODOS SO‘ZIDAN OLINGAN “TADQIQOT” VA “O‘RGANISH” DEGAN MA’NONI ANGLATADI.METOD – obyektiv borliq predmet xodisalarini - tadqiqot manbaini ilmiy tahlil qilib, o`rganib, uning mohiyatini, tabiati va tarkibini aniqlash, muayyan jihatlarini, o`ziga xos xususiyatlarini topish, ochish va ular haqida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarish usulidir.
    2. Metodika nima?
    METODIKA -TADQIQOTCHINING TADQIQOT OBYEKTINI TEKSHIRISH USULI, INDIVIDUAL ISH OLIB BORISH METODI, FAKTLARNI YIG`ISH, TAHLIL QILIB, UMUMLASHTIRISH JARAYONIDIR.
    METODIKA -TADQIQOTCHINING TADQIQOT OBYEKTINI TEKSHIRISH USULI, INDIVIDUAL ISH OLIB BORISH METODI, FAKTLARNI YIG`ISH, TAHLIL QILIB, UMUMLASHTIRISH JARAYONIDIR.
    METODIKA – BILISH USULIDA QO‘LLANADIGAN YO‘L-YO‘RIQ
    3. Metodologiya nima?
    METODOLOGIYA - TADQIQOTCHINING MAQSADI BILAN BOG`LANIB, TADQIQOT MANBAINI QANDAY TUSHUNISHI VA UNGA QANDAY USUL BILAN YONDASHISHI - SHU ASOSDA OBYEKT YUZASIDAN MUAYYAN NAZARIY YOKI AMALIY, MANTIQIY (ICHKI) YOKI TAVSIFIY (SHAKLIY TASHQI) BILIMLARNI HOSIL QILISHIDIR.
    4. Qanday metodlarni bilasiz?
    Diaxron tadqiqot metodlari: Choğishtirish metodi, qiyosiy-tarixiy metod, tasviriy metod, tipologik metod;
    Sinxron tadqiqot metodlari: Distributiv metod, statistik metod, avtomatik tahlil metodi, komponent tahlil metodi, transformatsion tahlil metodi va boshqalar.
    5. Distributiv tahlil usuli qanday usul?
    Nutq faoliyatidagi muayyan lisoniy birliklar aniqlanib, ularning joylashish órni, oldinma ketin kelishi belgilanadi. Til birliklarining semantik-sintaktik munosabatga kirishuviga ham alohida e'tibor beriladi.
    6. Valentlik tahlil usuli qanday usul?
    Sózning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik , funksional faolligini órganadi, uning ma'no jihati bilan boğliq imkoniyatlarini yoritadi. Ushbu metod sózning ma'nosi bilan boshqa sózlarning semantik munosabatga kirishuvini, ularni óziga biriktirish xususiyatlarini tekshiradi.
    7. Qiyosiy-tarixiy metod qanday metod?
    Ózaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklarini, asosan, tovush, qóshimcha va sózlarni tarixiy jihatdan qiyoslash natijasida ularning dastlabki shaklini, qiyofasini, ma'nosini tiklaydi, ular orasidagi óxshashlikni aniqlaydi.
    8. Tipologik metod haqida nimalarni bilasiz?
    Ózaro qarindosh va qarindosh bólmagan tillar struktura jihatidan qiyosiy órganilib, ularning tuzilishiga xos xususiyatlar— umumiy va farqli tomonlar aniqlanadi.
    9. Tavsifiy metod qanday metod?
    Tavsifiy metod sinxron analiz metodi bo‘lib, obyektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi. Tavsifiy metod tomonidan olingan ma’lumotlar barcha metodlar uchun tayanch nuqta hisoblanadi. Struktur metod ushbu metod xulosalariga tayanib ish ko‘radi, qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan obyekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi.

    10. Strukturalizm nima?


    Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi.
    11. Statistik tahlil metodi qanday?
    Lisoniy birliklarning ( tovush, bóğin, sóz, sóz birikmasi, gap kabilarning) nutqda ishlatilish miqdorini, qóllanilish chastotasini órganadi.
    12. Transformatsion tahlil metodi qanday metod?
    Muayyan markaziy sintaktik birlik asosida yaratilgan, hosil qilinadigan boshqa qator gaplarni aniqlaydi, ularning transformatsiyalanish mexanizmini órganadi. Ushbu metod yadro gaplarni va ularni transformatsiyalash natijasida yuzaga kelgan "yasama" hosila gaplarni aniqlab, ózaro qiyoslaydi, ular órtasidagi umumiy va farqli jihatlarni belgilaydi.
    13. Avtomatik tahlil metodi qanday metod?
    Muayyan tildagi birliklarni boshqa bir tilning shunday birliklariga ma'naviy-fikriy mosligi, muvofiqligi asosida ushbu tillarning biridan ikkinchisiga shu til birliklari orqali komputer orqali tarjima qilish jarayonini órganadi.
    14. Klassifikatsion yondashuv nima?
    Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif sifatida asos va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi.

    15. Belgili yondashuv qanday amalga oshadi?


    Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik, morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi (fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi.

    Download 24.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling