Mavzu: Maktabgacha ta’lim kichik guruhlarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish shartlari


Download 85.32 Kb.
bet14/15
Sana16.11.2023
Hajmi85.32 Kb.
#1777994
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
20,Maktabgacha ta’lim kichik guruhlarida jismoniy tarbiya mashg\'ulotlarini

Jismoniy mashqlar
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning kishiga har tomonlama ta’sir etuvchi asosiy o‘ziga xos shaklidir. Ulardan jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal etishda foydalaniladi: aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Raqs mashqlari – organizmning barcha tizimlariga ta’sir qiladi, jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, harakatlar nafis, erkin ifodali bo‘la boradi, ijobiy xislar paydo qiladi, to‘g‘ri qad-qomatni shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun raqs va o‘yin elementlari (galop, oyoqlarni yonma-yon qo‘yish kabilar) jismoniy tarbiya vositalari sifatida foydalaniladi.

Xilma-xil faoliyat turlari.
Xilma-xil faoliyat turlari (mehnat, rasm, chizish, narsa yasash…) ga kiruvchi harakatlar agar qomatni to‘g‘ri tutishga rioya qilinsa, shuningdek jismoniy yuklamalar bolalarning yosh va individual xususiyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, jismoniy rivojlanishi va tayyorlanganligini hisobga olgan holda berilsagina bola organizmiga ijobiy ta’sir etish mumkin.
Uqalash
Uqalash (massaj) -silash, surtish, uqalash, shapatilash, titratish teriga ta’sir qilib, bolaning butun organizmiga ta’sir etadi.
Massaj qon tomiri tizimiga ham ta’sir qiladi. Terida nerv uchlari ta’sirlariga javob tariqasida tomir reflekslari yuzaga keladi, kapilyarlar kengayadi qon aylanishi kuchayadi, issiqlik chiqarish ortadi. Massaj organizmni issiq havodan qizib ketishidan saqlaydi. Massaj ta’sirida yog‘ va ter bezlarining sektor funksiyasi yaxshilanadi, mushaklarda oksidlanish-qaytarilish jarayoni va ularning qisqarish qobiliyati ortadi.
Massaj limfa tizimiga ta’sir qilib, suyuqlik oqimini tezlashtiradi.
Turli yosh bosqichlarida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishning samaradorligi asosiy va qo‘shimcha vositalarni to‘g‘ri qo‘shib olib borgan taqdirdagina oshadi. Chunonchi, bolaning dastlabki 3 oyligida gigiyena omillari, tabiatning tabiiy kuchlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Yosh orta borgan sari gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlarining roli kamaymaydi, biroq uyqu, ovqatlanish va boshqalarga kamroq vaqt sarflanadi va birmuncha murakkab jismoniy mashqlardan foydalanish uchun zamin yaratiladi

XULOSA
Bitiruv malakaviy ishimizni bajarish jarayonida, mavzuning mazmuniga daxldor boʼlgan manbalarni oʼrganish, ilmiy tahlil qilish, ularga asoslangan holda kuzatish va tajriba-sinov ishlarini olib borganimizda oʼzimiz uchun koʼp yangiliklarni bilib oldik. Ularning taʼsirida quyidagi xulosalar chiqarildi:
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani pedagogika fanining yutuqlariga suyanib, yoshlarning umumiy va jismoniy kamolotlari muammolarini har tomonlama oʼrgangan. Tegishli qonuniyat va tamoyillarni ilmiy asoslaganligi hamda ularni amaliyotga tadbiq etishning uslubiy jihatlarini hozirgi davr talablariga moslashtirgan holda ishlab chiqqanligi aniqlandi.
2. Zamonaviy jismoniy tarbiya majmualari, sport inshoatlari barpo etildi va yoshlarimizning eng yuqori saviyada shugʼullanishlariga sharoit yaratildi. Jismoniy tarbiya mashgʼulotlari yoshlarimizga milliy va umuminsoniy tarbiya berishning zarur shartlaridan biri boʼlib qoldi.
4. Oʼquvchi yoshlarga jismoniy tarbiya berish muammosi shaxs kamolotini jadallashtiradigan va toʼla-toʼkis boʼlishini taʼminlaydigan umuminsoniy tarbiyaning ajralmas qismidir. Pedagogika fani taraqqiyotining eng dastlabki davrlaridan oʼrganib kelinganligi aniqlandi va yanada takomillashib borish kerakligi taʼkidlandi.
5. Ulugʼ allomalarning bizga qoldirgan, ilmiy-nazariy, badiiy, maoddiy-madaniy meroslaridan jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslari bilan bir qatorda hayotga tatbiq etish tajribalari ham qimmatli maʼrifiy ahamiyat kasb etadi. Ularni oʼrganish hozirgi davr yoshlarini jismoniy va maʼnaviy barkamol insonlarga aylantiradi.
6. Hozirgi davr pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri boʼlgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan jismoniy tarbiya mashgʼulotlarini tashkil etishda foydalanish yaxshi samara berishiga ishonch hosil qilgan holda mashgʼulotlarni loyihalashtirish va oʼtkazish davr talabiga aylanganligi aniqlandi. Uning ilmiy yechimi maxsus tadqiqot obʼekti boʼlishi mumkin deb hisoblaymiz.
7. Jismoniy mashqlar mazmuniga qator jarayonlar (mexanik, biologik, psixologik va bashqalar) kiradi, yani ularning taʼsirida xarakat faoliyatini bajarishga bӯlgan qobilyat ӯsadi. Shu bilan bir qatorda jismoniy mashqlar muzminiga mashq bajarganda sodir bӯladigan funktsional ӯzgarishlar.
8. Jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining ilmiy asoslarda tashkil etilishi jamiyatimizning barcha aʼzolarini sogʼlom, faol, gʼayrat shijoatli boʼlishlariga taʼsir etish bilan birga professional sportchilar boʼlishini, Oʼzbekistonni dunyoga tanitishga hissa qoʼshishini amalga oshiradi. Faqat mashgʼulotlar metodik jihatdan toʼgʼri tashkil etilishi, pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya metodikasi qonun-qoidalariga qatʼiy rioya etilishi zarur boʼladi. Metodik tavsiyalar shugʼullanuvchining jismoniy holati, rivojlanish darajasi, oldiga qoʼygan maqsad va vazifalarini aks ettiradi. Mashgʼulotlarning mazmuni, metodlari, foydalanilgan vositalari hamda shakllari shugʼullanuvchining yoshi, jinsi, mahorat darajalariga moslashtirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishi sifatida bajargan ishimiz kelajakdagi jismoniy tarbiya oʼqituvchisi sifatidagi faoliyatimizda shubhasiz foyda berishiga umid qilamiz. Mavzuning mohiyatiga chuqurroq kirib borganimiz sayin hali tadqiq etilishi zarur boʼlgan jihatlari koʼp ekanligi maʼlum boʼldi.


Download 85.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling