Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini rejalashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish


Download 49.33 Kb.
bet3/6
Sana02.01.2022
Hajmi49.33 Kb.
#189514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Maruza (3)

Pedagogik vazifalar: Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish va uning asosiy yunalishlari, uslubiyot xonalarining, ish mazmuni va uni tashkil etish, mudira va tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini urganish va ommalashtirish to’g’risida ma’lumot beradi va yo’l yo’riq ko’rsatadi.

Yangi bilim berish,bilimlarni aniqlashtirish,bilimlarni mustahkamlash mashg’ulotlari.Mashg’ulotlarni tashkil etishda o’ziga xos tamoyillari

Bahor.

Maydonchada kuzatish. Bahorda yorqin bahor hodisalarini: kunning iliy boshlashini, qorning erishini, maysa, barglar, hashorotlarning paydo bo’lishini kuzatish mumkin. Kuzatishlar, o’yinlar, mehnat, aktiv bilish faoliyatida bolalar quyoshning isita boshlaganini bilib oladilar. Ularni bunga quyosh isitgan predmetlar ishontiradi, deraza tokchasi, paltoning yengi ilib qoladi. Ularning e`tibori bahorda po’stinlar va issiq oyoq kiyimlarning yengilroqlariga almashtirilganligiga jalb qilinadi va sababi tushuntiriladi.

Bahorda suv ko’p bo’ladi. Suvning xususiyatlari bilan bolalarni o’yin jarayonida tanishtiriladi: ariqchaga ( yoki ko’lmakka) qog’oz, platsmassa, yog’och qayiqchalar qo’yiladi. Bolalar qayiqchalarni tayoqcha bilan yurgizishadi.

Bahor oxirida bolalarning qumning xususiyatlari boilan tanishtiriladi. Kichkintoylar quruq va nam qumning xususiyatlarini bilib olishlari uchun tarbiyachi stolga chelakchadagi quruq qumni to’kadi va qum bilan qanday o’ynashlarini so’raydi. Qumni bolalarning ko’z oldida to’kib ,,bu qum to’kiladi, sochiladi” deydi.

Bahorda uchastkaga qushlar uchib keladi. Kichkintoylarga katta qora qarg’alarni, chug’urchuqlarni ko’rsatish lozim. Chumchuqlarning sho’x chirqillashishiga , ko’lmaklarda cho’milishiga e`tiborini qaratish lozim. Bolalarning e`tibori bahorda ko’p qushlar uchib kelishiga jalb qilinadi. Ular baland daraxtlarga qo’nadilar, in quradilar , ozuqalarni izlab yerda sekin yoki sakrab yuradilar. Bahorda sayrlar vaqtida baqa yoki qurbaqa tomosha qilinadi. Bolalarga ulardan qo’rqmaslikni, ularni e`htiyotlash lozimligini tushuntiradi.

Bolalarning diqqati qurbaqaning sakrashiga, o’tlar orasiga yashirinishiga jalb qilinadi.

Bog’da , daraxtzorda, hiyobonda o’nab yurganlarida bolalar maysalarning tez o’sishiga, dastlabki gullarning paydo bo’lishiga, daraxtlar barglarining ko’payishiga ishonch hosil qiladilar.


Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling