Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini rejalashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish


Download 49.33 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi49.33 Kb.
#189514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Maruza (3)

Tabiat burchagidagi ish. Bu yerda o’simlik va hayvonlarga qarash malakalarini shakllantirish bo’yicha ish davom ettiriladi. Tarbiyachi bolalar bilan birga o’simliklarni sug’oradi, nam sochiq bilan barglarini artadi, baliq va qushlarga don beradi. Bahor boshlaridayoq guruhga bargi yozilmagan terak novdasi olib kiriladi. Bolalar ularning barg yoyishini kuzatib boradilar. Ko’m - ko’k barglar shoxchani qoplaganda , tarbiyachi ularni ko’rib chiqishni tavsiya qiladi, barglarni hidlab ko’risjga imkon beradi. Bahorda bolalar bilan ko’pgina mashg’ulotlar tabiat burchagida o’tkaziladi.

Yoz.

Yozda tabiat bilan tanishtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ladi- bolalar bog’ hovliga ko’chadilar. Yoz davomida o’rmon, o’tzorga maqsadli sayrlarni bir necha marta uyushtirish mumkin. Kichkintoylar asosiy bilimlarni avvalgidek kuzatishlar, o’yinlar, tabiat burchagi va uchastkadagi mehnat jarayonida egallab boradilar.

Yozda o’yin va mashqlar vaqtida bolalarning suv, qum haqidagi bilimlari aniqlanadi, chuqurlashtiriladi. Yilning bu faslida bolalarning suvning yana bir xususiyati - shaffofligi bilan ham tanishtirish mumkin

Bolalarning o’simliklar haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida tarbiyachi yoz davomida uchastkani bolalar bilan birgalikda bir necha marta aylanib chiqadi, ularning e`tiborini gulxona, ekinzorga va bog’da yangi o’simliklar paydo bo’layotganligiga jalb qiladi. Bolalarni ularning ayrim xususiyatlarini ko’rishga o’rgatadi, gullarning nomini aytadi. Uchastkadagi, o’tzordagi o’simliklarni tomosha qilishda kichik she`r va qo’shiqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalarning e`tiborini doimo atrof tabiatning go’zalligiga jalb qiladi, u bilan munosabatda bo’lishdan shodlanish hissiyotini uyg’otadi. Go’zallikni ko’ra bilish va undan zavqlanish ko’nikmasini shakllantiradi. Bolalarga gullarni asrash, ularni ezmaslik, yulmaslik lozimligini o’rgatadi.

Yozda atrof tabiatni kuzatish imkoniyatlari kengayadi. Atrofda qushlar, hasharotlar ko’p bo’ladi. Kapalaklar, asalarilar, qo’ng’izlarni tomosha qiladilar.




Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling