Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini rejalashtirish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish


Download 49.33 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi49.33 Kb.
#189514
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Maruza (3)

Tabiat burchagidagi ish. Tarbiyachi bog’ hovlida tabiat burchagini tashkil qiladi: akvarium o’rnatadi, bolalar kuzatishlari va parvarish qilishlari lozim bo’lgan bir necha xona o’simliklarini olib keladi. Yozda tarbiyachi bolalarning o’simlik va hayvonlar haqidagi bilimlarini aniqlash hamda konkretlashtirish ishini davom ettiradi. Guruhdagi mashg’ulotlar tabiat burchagi va yaqin atrof tabiatdagi mashg’ulot va maqsadli sayrlar bilan almashinib turadi

Kuz.

Kuzning dastlabki kunlarida tarbiyachi bolalarning diqqatini iliq va quruq ob - havoga, kishilarning kiyimiga jalb qiladi. Bolalarga quyoshli va bulutli ob - havoni farqlashni o’rgatar ekan, ularga quyosh nuri tushib turgan predmetlarni topishni topshiradi.

Kuzda o’simliklar dunyosida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bolalar daraxtlar barglarining sarg’ayishini va qizarishini ko’radilar: quyoshli, ochiq kunlarda rang - barang tus olgan daraxtlarni zavqlanib tomosha qiladilar.

Tarbiyachi bolalarni barglarga o’xshab aylanishga, xazonlar ustida yugurib, ularni hidlab ko’rishga, barglardan chambaraklar yasashga taklif qiladi.

Kuzda gulxona o’simliklari ham kuzatiladi. Bolalar har safar tanish o’simliklarni topadilar, ularning holatini ko’rib chiqadilar. Bolalarni gullab turgan o’simliklar borgan sari kamayib borayotganligini anglashga olib kelish lozim.

Bolalar kuzda ekinzordagi sabzavotlarni yig’ishda qatnashadilar. Shundan so’ng sabzavotlarni tanib olishga oid o’yinlarni o’ynash, topishmoqlar aytish kerak bo’ladi.

Kuz o’rtasida, qushlarni kuzatilgach, ularni boqishga o’tiladi, bolalar bilan birgalikda donxo’raklar uchun joylar aniqlanadi, so’ngra ular o’rnatiladi. Har kuni bolalar sayrga chiqar ekanlar, o’zlari bilan qushlarga don olib chiqadilar. Tarbiyachi donxo’rakdan don yeyayotgan qushlarni kuzatishni tashkil qilar ekan, bolalarga ularning xatti - harakatlarini farqlashni o’rgatadi.

Agarda sayrlar vaqtida bolalar mushuk yoki kuchukni ko’rib qolsalar, bu holda bolalarning shu hayvonlarning harakterli xususiyatlari, xatti - harakatlari bilan tanishtirish lozim.




Download 49.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling