Samaraqand davlat universiteti urgut filiali


Download 0.64 Mb.
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1777205
  1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza


Mavzu: FLOGISTON NAZARIYASI.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Sharof Rashidov nomidagi
SAMARAQAND DAVLAT
UNIVERSITETI URGUT FILIALI
FAN : Kimyo tarixi
Ma’ruzachi: A.Voxidov
URGUT-2023
Tabiatshunoslar tomonidan metallarning kalsinatsiyalash uzoq vaqt kuzatilgach, pirovard natijada ular kulga o'xshagan birikma hosil bo'lishiga e'tibor berdilar.
Bundan tashqari metallar qizdirilganda ayrim gazsimon moddalar ajralib chiqadi, bu uchuvchan moddalar tabiati tushunarli emasdi. Uglerod yonganda “o'rmon gazi” hosil bo'lishini Van Gelmont tomonidan ilgari aytilgani bilan unga ham e’tiborsizlik bilan qarashdi. Flogiston nazariyasining asoschilari I. Bexer (1635-1682 yy.) va uning izdoshi G. E. Shtal hisoblanishadi.
I. Bexer (1635-1682 yy.) - nemis kimyogari va shifokori, iqtisodchi tadbirkor, bir necha manufakturalar asoschisi, Germaniyada kartoshka yetishtirish tashabbuskori. U Mayn, Myunxen va Vena hukmdorlari huzunda saroy hakimi va alkimyogar- shifokor vazifalarini bajargan, halol inson. I. Bexer Aristotel va Paratsels ta'limotiga shubha bilan qaragan, faqat materiyaning ikki elementi shakllari (tuproq va olov)ni tan olgan, asosiy asarlari: “Yer osti fizikasi” va “Minerallar alifbosi” (1669 y.)da murakkab jismlaming dastlabki tarkibiy qismlari haqida fikr yuritadi. O'z ta'limotini shakllantirishda I. Bexer murakkab moddaiarning asosi uch xil tuproqdan asos topgan deb qabul qiladi:
  • “birinchi tuproq” - suyuqlanadigan (term lapidea) shishasimon modda.
  • “ikkinchi tuproq yog’simon yonadigan modda yoki oltingugurt,
    • "uchinchi tuproq” - uchuvchan modda, aniqrog’i simob hosilasi.

I. Bexerning fikricha qattiq jismlar ham uch narsadan iborat:
- oddiy tuproq (terra lapidea) — jismlaming substansiyasini va mohiyatini belgilaydi, bu jism ikki xil bo'lib, qizdirilganda suyuqlanadigan shishasimon yoki ohaksimon moddaga aylanadi ularga hayvonlaming suyaklari, o'simliklarni kuydirgandan keyin suvda erigan kuli (asosan kaliy karbonat)dan tashqari erimay qolgan qismi, qazilma toshlar kiradi.
- yog’li tuproq (terra pinguis) - bu aralash jismlarning holati quyuqligini belgilab, ularga rang, ta'm va boshqa xossalami beradi ular ham ikki xil: qattiq yoki suyuq holatda bo'ladi, bunga hayvon yog’lari, o'simlik moylari, mineral misol qilib keltiradi.
Ularni biz barcha yonuvchi moddalar va pista ko'mir misolda ko'ramiz. Bunday yonuvchi moddalarning asosi oltingugurt deb hisoblaydi.
- uchinchi uchuvchan juda nozik (terra fluidas mercurialis) tuproq bo'lib, jismlarning shakli, hidi, yaltiroqligi, shu'lalanishi nur singdiruvchanligi kabi boshqa xossalarini belgilaydi. Bu tarkibiy qism ham ikki xildir; u o'ta toza bo'lishi mumkin, bu holda u suyuq spirtdek, hayvonot dunyosining uchuvchan moddalari (quruq haydaganda ajralib chiqadigan ammoniyli tuzlar), o'silik dunyosi mahsulotlari haydalganda ajralib chiqqan suyuqliklar, yonuvchi spirt, suv va qurum shaklida; noorganik jismlar dunyosida simob kabi suyuq jismlar yoki mishyak kabi qattiq holda bo'ladi.
I. Bexer tizimi moddaning uch prinsiplari haqidagi ta'limotga o'xshaydi, ammo u oltingugurtni murakkab modda deb hisoblagan, uni terra pinguis, ya’ni kislotadan tarkib topgan deydi. Metallar og’irligining ortishi sabablarini “olovsimon materiya” metall bilan birikadi deb o'rgatadi. Ammo I. Bexer hayotligi davrida uning g’oyalari tan olinmadi. I. Bexer va uning ishlari haqida birinchi marta 1684-yilda Yen universitetidti professor G. Shtal kimyo fanidan ma'ruzalar o'qiganida eslab o'tadi. I. Bexerning fikrlari tizimlashtirilgan nazariya ko'rinishiga keltirilmagan bo'lsada, uning “olovsimon materiya” haqidagi g’oyalari kimyogar va shifokor G. Shtal uchun flogiston nazariyasini yaratishga asos qilib olindi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling