Samaraqand davlat universiteti urgut filiali


Download 0.64 Mb.
bet4/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1777205
1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza

Genri Kavendish ("1731-1810 yy.) - mashhur ingliz fizigi va kimyogari. Flogiston nazariyasi tarafdori U havoni azot va kislarod gazlaridan iborat ekanligini, suv esa kislorod va vodoroddan hosil bo'lishini isbotladi. Elektr uchquni ta'sirida azot oksidlari va nam havoda ular nitrat kislota hosil qilishini aniqladi. Alkimyogarlaring ishini takrorlagan olim 1766-yilda rux metalliga sulfat kislota ta'sir ettirib “yonuvchi havo” - vodorodni ajratib oldi, 1784-yilda evdiometr yordamida oddiy havo va “yonuvchi havo” portlatilganda toza suv hosil bo‘lishni isbotladi.
G. Kavendish olgan ilmiy natijalar flogiston nazariyasiga qarshi bo'lsa ham, ung sodiq qoldi. G.Kavendish ilmiy unvon olish yok shuhrat qozonish uchun emas, balki o'z tabiiy qiziquvchanligi uchun ijod qilgan. Shu sababli, olimning fizika sohasida ilmiy yutuqlari uning vasiyatiga ko'ra 1879-yilda ingliz fizigi Maksvell tomonidan uning qo'lyozmalarini nashr etilgandan keyi jamoatchilikka va olimlarga ma'lum bo'ldi.
Jozef Pristli 1771-1778-yillarda o'simliklarda boradiga fotosintez jarayonida karbonat angidrid yutilishi va kislorod ajralib chiqishini aniqladi.
J. Pristlining 1774-yildagi ulkan yutug’i shundaki, u ikki usul bilan ham kislorodni (flogistonsiz havoni) ajratib oldi:
1774-yilda o'z tajribalari ilmiy ahamiyatini anglab yetmagan J. Pristli Parijda A. Lavuazye bilan tanishadi va o'z natijalari haqida unga gapirib beradi. Muhokamadan keyin A. Lavuazye uning tajribalarini o'z laboratoriyasida qayta bajarib, natijalarni umumlashtiradi va J. Pristlining flogiston nazariyasiga asoslangan xulosalaridagi kamchiliklarni aniqlaydi. Ushbu natijalarning ilmiy ahamiyatini va mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetgan A. Lavuazye, shu asosda o'zini jahonga mashhur qilgan ,,yonish jarayonining kislorodli nazariyasini‘’ yaratdi.
J. Pristlining muhim kashfiyotlaridan yana biri kislorodning havo tarkibida bo'lishini aniqlagani bo’lib uni “flogistonsiz havo” deb, K. Sheyelye esa uni “olovli havo” deb atashganini alohida e'tirof etamiz. Havoda qizdirilgan simobning qizil rangli birikmaga aylanishi uning oksidga o'tishi ekanligini kuzatgan J. Pristli, yana qaytadan oksidni parchalab kislorodni yig’di va uning muhitida birikmalar havo muhitidagiga nisbatan yorqin alanga berib yonishini, tirik jonivorlarning nafas olishi osonlashuvini kuzatdi.
J. Pristli tadqiqotlari davomida yangi to'qqizta gazni (1772 - HCl, NO, N2O, NH3, H2S, SiF4, 1774 - O2, SO2, CO) kashf etdi.
E’TIBORIGIZ UCHUN
RAXMAT
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling