Samaraqand davlat universiteti urgut filiali


Download 0.64 Mb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1777205
1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza

Andrey Marggraf (1709-1782 yy) - nemis kimyogari va metallurgi professor K. Noymanning shogirdi, flogiston davrining oxirgi yirik olimlaridan biri, Sariq qon tuzi bilan har xil metallarning reaksiyasini o'rgandi va 1709-yilda “berlin zangorisi”ning hosil bo'lishi Fe(II) ioni uchun sifat reaksiyasi ekanligini isbotladi.
Fe3[Fe(CN)6]2 – berlin zangorisi.
XVIII asrning 30-70-yillarida flogiston haqidagi ta'limot Fransiyada ham asosan qabul qilindi, bu ta'limotni qabul qilmagan olimlar ozchilik bo'lganlaridan, ulaming ilmiy asosga ega fikrlari e’tirof etilmay qoldi.
Bu davrda flogiston nazariyasiga Fransuz tabiatshunoslaridan J.L. Byuffon, G.F. Ruel, G.F. Shtabel ishonchsizlik bilan qaradilar. Masalan, G. Shtabel “Metallarni kalsinatsilash jarayonida massaning ortishi flogistonni yo'qotish, oksidlami qaytarish jarayonida ularrni kamayishi flogistonni biriktirish deb izohlash - notog’ri xulosa chunki materiyaning o'zaro birikishi uning og’irligini oshiradi aksincha materiya miqdorining kamayishi uning og’irligini ham kamaytiradi”,- deb e'tiroz bildiradi.
German Genrix Burgave (Burxave) (1668-1738 yy.) gollandiyalik shifokor, botanik va kimyogar, flogiston nazariyasiga qarshi bo'lgan yirik olim.
G. Burgave olov ham “og’irlikka” egami degan savolga javob qidirib, bir qancha tajribalami amalga oshirdi. Temir va mis metall parchalarini avval xona haroratida, so'ngra ularni qattiq qizdirdi va sovutib takror va takror o'lchadi. Namunalarning massasi o'zgarmaganiga ishon hosil qilgan olim “olov materiyasi” vaznsiz degan xulosa chiqari. Yopiq idishdagi yonish jarayoni, shisha qalpoq ostidagi qo’yib harakatini kuzatgan G. G. Burgave: “Havo tarkibida yashirin kuch yonish va nafas olishda yordam beradi. Bu kuchni aniqlagan olim eng baxtli insondir" - degan edi.
Amaliy fakt va nazariy bilimlarni tizimiashtirishda ajoyib qobiliyat sohibi G.G. Burgave kimyo fani dars berishda ham katta yutuqlarga erishdi. Uning ikki jilddan iborat “Kimyo asoslari” darsligida kimyoni tibbiyot ta'siridan to'liq xalos etish va uni alohida fan sifatida shakllantirish zarurligi ta'kidlangan. U alkimyogarlarning simobni hech qanday qo'shimchasiz boshqa metallarga aylantirish mumkin degan fikrini rad etdi.
Olim 15 yil davomida simobni yopiq idishda qizdirish-qayta sovutish tajribalarini amalga oshirib, uning o'zgarmaganini isbotladi, 500 marta simo qayta-qayta haydash usuli bilan tozaladi, bunda ham hech qanday o’zgarish sodir bo'lmaganini, u uchuvchan moddaga aylanmasligini aniqladi.
G. Burgave ta'limotining tarafdorlaridan bo'lgan nemis shifokori F. Gofman (1660-1742 yy.) ham kimyoni alohida fan sifatida ajratish haqidagi fikrini qo'llab-quvvatladi. U ham G. Burgave kabi flogistonchilar ta'limotiga qarshi edi. G. Burgavening tanqidilariliga qaramasdan 1780-yilga kelib flogiston nazariyasi olimlar tomonidan tan olinishda davom etdi. Bu nazariya nega yonuvchi narsalar yonganda qisman yo’qolib, ozgina kul qoldi degan savolga flogiston chiqib ketdi deb tushuntirildi. Ammo metall zanglasa, nega og’irlishadi? - kabi savollar javobsiz edi. Flogiston nazariyasiga ko’ra flogiston ikki xil: manfiy va musbat massaga ega.
Olimlar XVI asrdayoq qo'rg’oshin qizdirilganda “og’irligi” ortishni kuzatib hayratlandilar. Jismlar olovda yonganida parchalanishi va yo'qolishini bilgan olimlar PbO2 hosil bo'lishi va metall massasi ortishini: ... har qanday jism qizdirilganda parchalanadi, ular markazga intiladi va tarkibidagi havo, suv bug'lari kichkina g’ovaklardan ajraladi”, - deb hisoblashardi.
G. Galiley va E.Torrichelli tajribalaridan keyin barcha jismlar o’z massasiga egaligini, havoning ham “og’irligi” borligini va uning og’irligini aniqladilar. Fransuz kimyogar va shifokori Jan Rey ham qalay va qo'rg’oshin qizdirilganda nega og’irligi ortishi kerak degan muammoni o'rgana boshladi. Uning fikricha, tabiatda absolyut yengil narsa yo'q va hech bir jism yuqoriga intilmaydi, hatto, havo va olov ham o'z og’irligiga ega deb hisoblaydi.
Jozef Blek shotlandiyalik fizik va kimyogar. Tajribalar o'tkazish jarayonida tarozidan foydalangan J. Blek ohaktosh kuydirilishi natijasida olingan ohakning og’irligi kamayishini isbotladi. Bu o'sha paytda tan olingan flogiston nazariyasi zid xulosa bo'lsada, kimyoviy haqiqat bo'lgani uchun flogiston nazariyasi tarafdorlari uni rad etisha olmadi. Uning aniqlashicha, gazsi moddalar qattiq va suyuq jismlardan ajralishi mumkin, lekin ayrim hollarda ular bilan faol reaksiyaga ham kirishadi. J. Blekning ko'rsatishicha, kalsiy karbonati parchalanishidan hosil bo'lgan kalsiy oksidi havoda ochiq qoldirilganda asta-sekinlik bilan qayta kalsiy karbonatiga aylanishi mumkin ekan. Bu tajriba yordamida u atmosferada ozroq karbonat angidridi borligi va havoning oddiy modda emasligi haqida to'g’ri xulosa chiqaradi.
CO2 xossalarini o'rgangan olim yoqilgan sham uning muhitida o'chib qolishini hosil bo'lgan CO2 ni ishqorga yuttirishdan keyin qolgan havo yonishga yordam bermasligini aniqlaydi va uning sababini aniqlashni shogirdi shotland kimyogari Daniel Rezerfordga topshiradi. Qoldiq havoda sham yonmasligi va sichqonning yashay olmasligini aniqlagan D. Rezerford bu tajriba haqidagi xulosalarini e'lon qiladi. J. Blek va D. Rezerfordlar flogiston nazariyasi tarafdorlari bo'lgani uchun ular havo tarkibidagi bu yangi moddani ‘’flogistonli havo” deb atashdi, bugungi kunda bu modda va element azot (yunonchadan azoos - о'lik, hayotsiz) nomini olgan.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling