Samaraqand davlat universiteti urgut filiali


Download 0.64 Mb.
bet2/4
Sana15.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1777205
1   2   3   4
Bog'liq
8-maruza

Georg Ernst Shtal (1659-1734 yy.) - Yen universiteti bitiruvchisi, nemis kimyogari va shifokori, tibbiyot professori, 1687- yildan gersog I.E. Zaksen-Veymarskiy va 1715- yilda pruss qiroli F. Vilgelm I saroyi xos tabib), 1716-yildan Prussiya FA a'zosi, Vittenbetj universiteti tibbiyot va kimyo bo'yicha professori va flogiston nazariyasi (1703-yil) ning asoschisi.
U 1723-yilda Berlinda o'zining asosiy ilmiy asari ‘’Dogmatika va eksperimental kimyo” ni e'lon qiladi. Bu asarida barcha yonuvchi moddalarning “Yonish prinsipini” tushuntirish uchun fanga flogiston (yunoncha - phlogiston - yonuvchi, olov degani) atamasini kiritadi. I. Bexerdan farqli ravishda, “Yonish prinsipni “yog’simon tuproq” emas, balki nozik gazsimon materiya, vaznsiz va tutqich bermas flogiston belgilashini va flogiston Aristotelning olovi emasligini ta'kidlaydi.
Yonish jarayonida yonuvchi moddadan ajralgan flogiston quyunga o'xshagan modda hosil qiladi va havo bilan qo'shilib ketadi, uni havodan ajratib olish mumkin emas deydi. Havo tarkibidagi flogiston o'simliklar tomonidan ajratib olinadi, uni iste'mol qilgan boshqa tirik organizmlar esa flogistonni qabul qiladi, Flogiston doimo boshqa moddalar bilan bog’langan holda bo'lgani uchun uning o'zini o'rganish mumkin emas, ammo moddalarning rangi, hidi va boshqa xossalari flogiston bilan belgilanadi.
G. Shtalning fikricha, yog’och yonganda flogiston uchib ketadi, metall zanglaganda zang tarkibida - flogiston qolmaydi, chunki u zanglash jarayonida metalldan ajralib chiqadi. “Ruda tarkibidi flogiston tutmagani uchun pista ko'mirda yonib flogistonni qabul qiladi va pista ko'mir kulga aylanadi - unda flogiston yo'q. Metall esa flogistonga boyidi.” G. Shtal ta’kidlashicha, havo yonish jarayonida yordam bermaydi, u faqat flogiston tashuvchidir.
U ko'plab tajribalar yordamida flogistonning “qaytaruvchilik xossasini isbotladi”, metallarni qizdirib oksid hosil qildi, metall oksidlarini ko'mir yoki boshqa “yog’simon” moddalar aralashtirib qizdirish natijasida metallni ajratib oldi. Qayd etish lozimki, flogiston nazariyasi har xil kimyoviy jarayonlarni (doimo to'g’ri bo'lmasada) izohlab beruvchi birinchi ta’limot edi.
G. Shtal qizdirilgan tigelga bir draxmadan (1 draxma = 4 g., og’irlik o'lchov birligi) kuporos moyi (sulfat kislota) bilan “vino toshi moyi” (ya'ni tozalanmagan kaliy gidrotartrat tuzi KHC4H4O6 dan olingan potashning to'yingan eritmasi) aralashmasini solib, avval “kuporosli vino toshi” (kaliy sulfat) ni tayyorladi. Olingan tuzga potash va ko'mir kukuni bilan ta’sir ettirib suyuqlantirdi va "oltingugurt jigari”ni ajratib oldi.
Olim bu jarayonni kuporos moyi ko'mirdan flogistonni ajratib oldi va uning yordamida qaytadan oltingugurt ajralib chiqdi deb hisoblaydi. Aslida “oltingugurt jigari” ancha murakkab aralashma bo'lib, jigarrang-qo’ng’ir tusli massa kaliy pentasulfidi (K2S5, tsuyuq,=206oC), tiosulfidi (K2S2O3) va sulfati (K2SO4) aralashmasidan iborat. “jigarining suvli eritmasiga sirka kislota ta'sir etilsa, oq rangli oltingugurt “suti” (oltingugurt mayda zarrachalarining suspenziyasi) ajralib chiqadi.
Tajribani davom ettirgan G. G. Shtal oltingugurt jigarini selitra bilan aralashtiradi va qizdirilgan tigelga soladi, bunda alanga ajralib, idishda rangsiz va achchiq ta'mli oson suyuqlanadigan tuz qoladi. G. Shtalning fikricha, bu tajribada ko'mir o'z flogistonini kuporos moyiga beradi va oltingugurt olinadi, u esa potash bilan aralashtirilganda oltingugurt jigariga aylanadi. Oxirgi mahsulot o'z fiogistonini selitraga berib, yana qaytadan kuporos moyiga aylanadi.
Flogiston nazariyotchilarining fikricha, metallami ohistalik bilan qizdirganda flogiston asta-sekin uchadi. Agar suyuqlanish jarayoni katta tezlik bilan amalga oshirilsa, flogiston mayda zarrachalarning bir qismini quyundek o'zi bilan olib ketadi, keyin ular har qayerda cho'kib qoladi.
XVIII asrda G. Shtal izdoshlari (J. Blek, L.B. Giton va boshqalar) flogiston yerga tortilmasligi va faqat yuqoriga intilishi uning “manfiy og’irligi” hisobidan amalga oshadi deb tushunar edilar. Flogiston nazariyasining xususiyati shundaki, u faqat hodisalarning
tashqi ko'rinishini izohlash bilan chegaralanadi, bu esa o'sha davrda kimyo fanidan dars berish uchun qulay usul bo'lib, flogiston nazariyasini qo'llagan J. Blekdan tashqari G. Kavendish, J. Pristli, K. Sheyelye kabi buyuk olimlar diqqatini ham o'ziga jalb qilgan edi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling