Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining interfaol vosita va shakllardan foydalanishi


Download 63 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi63 Kb.
#1478248
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining interfaol vosita

Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining interfaol vosita va shakllardan foydalanishi.

Reja: 1. Interfaol metod tushunchasi. 2. M.T.M da mashg’ulot jarayonida interfaol usullardan foydalanish. 3. Ta’limning unterfaol usullari va ularni amalda qo’llash tartibi. Xulosa:

Interfaol metod tushunchasi Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni shirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.

Interfaollik bu o`zaro ikki kishi faolligi, ya`ni bunda o`quv-biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida, dialog shaklida (komp`yuter aloqasi) yoki tarbiyalanuvchining o`zaro muloqotiga asosan kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, u tarbiyalanuvchi va o`qituvchi muloqotlarida sodir bo`ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o`quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o`quvining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o`zini intellektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va o`quv sifati va samaradorligini oshiradi, ta`min etadi.

Interfaollik asosida o`tgan mashg’ulotni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham tarbiyalanuvchi chetda qolmaydi, ya`ni ular ko`rgan, bilgan, o`ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Tarbiyalanuvchilar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish o`zlashtirishda o`zlarining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`zaro bilimlar, g`oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo`ladi. Bunday holatlar o`zaro samimiylikni ta`minlaydi, yangi bilimlarni olish, o`zlashtirishga xavas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, o`zaro do`stona munosabatlar vujudga keladi.

M.T.M da mashg’ulot jarayonida interfaol usullardan foydalanish. MTM mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishdan maqsad: – bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish; – muammoli vaziyatlarni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish; – bolalarni faollashtirish; – ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish. Interfaol metodlarni qo‘llashda foydalaniladigan vositalar: – ko‘rgazmali qurollar; – texnika vositalari; – tarqatma materiallar; – multimedialar.

Qo`yilayotgan muammo juda puxta o`ylangan keng qamrovli diqqatni tortadigan holda bo`lgani ma`qul. Umuman yuqorida keltirilgan biror formada ish yuritish, mashg’ulotni tashkil etish uchun har bir mashg`ulotning koncepsiyasini yaratilishi, shu asosda uning ketma-ketligi, reglamenti, ish tartibi, maqsad, vazifalari kutilayotgan natijalar oldindan belgilab olinishi va undan tarbiyalanuvchilar boxabar etilishi kerak. Interfaol o`qitishda o`qitish muhiti tashkil etiladi, qulay muhit yaratiladi, yaxshi tashkil etilgan o`qitish muhiti.

Ta’limning unterfaol usullari va ularni amalda qo’llash tartibi Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim.Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi.

Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib , biz o’qitish metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni tizimlashni , o’quv jarayonini rejalashtirish muolajalariamaliyotida qo’llash bilan bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik .

Xulosa. Interfaol metodlar – shunday metodlarki u tarbiyalanuvchilarning o`zaro muloqot va o`zaro ta`siridagi mashg’ulot jarayonini amalga oshiruvchi usul – “interaktiv” so`zi ingliz so`zidan olingan bo`lib, “Interakt”, ya`ni Inter – bu “o`zaro”, “akt” – “harakat, ta`sir, faollik” ma`nolarini beradi. Interfaol usullardagi mashg’ulot tarbiyalanuvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlikda ishyuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.


Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling