Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar Reja: Maktabgacha ta’lim t


Ota-onalar bilan o‘tkaziladidan pedagogik kengash


Download 61.5 Kb.
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1118347
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu №3

3. Ota-onalar bilan o‘tkaziladidan pedagogik kengash.
Pedagogik kengashga tayyorgarlik:

    1. Ota-onalar bilan bolalar maktabga tayyorgarligi to‘risida suhbat uyushtirish.

    2. Tarbiyachilar bilan bolalarni maktabga tayyorgarligi yuzasidan mavzuli nazorat olib borish.

  1. Ota-onalar majlislarida ular bilan bolaning maktabga tayyoligi bo‘yicha baxs- munozara o‘tkazish.

  2. 1-sinf o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazish.

Kun tartibi :
1. “Bola maktab bo‘sag’asida” mavzusida 1-sinf o‘qituvchilari, ota-onalari va tayyorlov guruhi tarbiyachilari bilan mavzusida savolnoma o‘tkazish;
2. Bolalarning maktabga tayyorligini aniqlash (munozara asosida);
3. Bolalarni maktabga tayyorligini savolnoma orqali aniqlash.
4. Uyga vazifa. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalar uchun ko‘rgazma tayyorlash.
1- qism. So‘rovnoma
Hurmatli ota-onalar!
Sizning bolangiz yaqinda 7 yoshga to‘ladi. Bolalik o‘tib tartibli, rejaga asoslangan ta’lim boshlanib, u bolangizning uni tomonlama shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan yangi muhim bosqich boshlanadi. Birinchi sentyabrda sizning bolangiz o‘zining birinchi qadamini o‘zinin tengdoshlari, o‘qituvchisi bilan birgalikda maktabning ostonasiga qo‘yadi.
Sizdan bir necha savollarga yozma ravishda javob berishingizni iltimos qilamiz.
1. Shaxsan siz uchun «maktabda o‘qiy bilish» jumlasi nima ma’noni bildiradi? Kerakli javobni chizib qo‘ying.

  • yaxshi baholar olish;

  • ustozining gapiga quloq solish va to‘polon qilmaslik;

  • maktab hayotidagi barcha qonun-qoidalarni bilish va ularga amal qilish.

2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oilada ola oladimi? Uni siz qanday tushunasiz? Fikringizni yozma ravishda berishingiz mumkin.
3. Maktab boladan yangi mas’uliyat va yangi majburiyatlarni talab qilishi munosabati bilan siz bolangizga nisbatan qanday munosabatdasiz? Kerakli javobning tagiga chizing, to‘ldiring.

  • bolaga nisbatan qattiqqo‘llikni va nazoratni kuchaytiraman;

  • bolani oiladagi barcha majburiyatlardan ozod etaman.

  • boshqacha yo‘l tutaman. Qanday? Ko‘rsating.

4. Sizning bolangizda o‘qishga moyillik bormi? Siz nima deb o‘ylaysiz?
5. Bolangizni maktabga tayyorlash bo‘yicha sizni qiziqtirgan kitoblarni qaerdan olasiz? Keraklisining tagiga chizing.


Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling