Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko‘rib chiqiladi: byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jarayonida
Download 176.73 Kb.
|
Tender savdolarini tashkil etish va xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimida qanday muammolar mavjudligi aniqlandi
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 6MM-20 GURUH TALABASI ABDUSALOMOV SAMARIDDINNING MOLIYA FANIDAN TENDER SAVDOLARINI TASHKIL ETISH VA XARIDNI AMALGA OSHIRISHDA BAHOLAR MONITORINGI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KEYS STADY DENOV 2023 Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko‘rib chiqiladi: — byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jarayonida. Bunda g‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari tomonidan, byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari baholarining monitoringini amalga oshirish, 0‘zbekiston Respublikasining demonopolizasiya, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Antimonopoliya qo‘mitasi) tomonidan taqdim etiladigan, respublika hududlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha oylik baholari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qihsh bo‘yicha tuzilgan shartnomalami ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko‘rsatilgan baholardan ortiq bo‘lgan baholarda tuzilgan shartnomalar g‘aznachiliknmg hududiy bo‘linmalari tomonidan ro'yxatga olinmaydi. Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan ma’lum hudud bo‘yicha (tuman, shahar), ma’lum vaqt oralig‘ida taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha baholar (xxxx) jadvalini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin: Ushbu yuqorida belgilangan o‘rtacha baholami hisobga olingan holda tuman g‘aznachilik bo‘linmasida hisob ishlari olib boriladi. Ya’ni, shartnomalar o‘rtacha baholar asosida tuzilib, hisobvaraq-fakturalar ham ushbu baholar doirasida qabul qilinadi. Mazkur 9 xil oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari barcha boshqa oziq-ovqat mahsulotlarga esa, hududiy bozor o‘rtacha baholari orqali belgilanadi. Baholar monitoringining ahamiyati debitor va kreditor qarzdorlikka chek qo‘yish, hisobotlarni soddalashtirish, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi buyicha xarajat kilinishi nazorat kilish, byudjet tashkilotlari uchun olinadigan yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalami qonuniy tuzilishi, tovarlar yoki xizmatlar sifatli bo‘lishi uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish, byudjet mablag‘ini aniq maksadlarga sarflanishini nazorat qilishlilik yuqori samara berishidan dalolatdir. Baholar manitoringini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bu asoslanmagan debitorlik va kreditorlik qarzdorligining yuzaga kelishini oldini olish, byudjet mablagiaridan maqsadli foydalanishni (tasdiqlangan smetalar asosida, byudjet klassifikasiyasi moddalariga mos ravishda) ta’minlashdan iborat. Mahsulotlar (xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo‘yicha shartnomalar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi va bundan ko‘zlangan asosiy maqsad optimal baholardan sifatli mahsulotlami xarid etishdan iboratdir. Baholar optimalligi va byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimida qanday muammolar mavjudligi aniqlandi? — tovarlar va xizmatlar bahosi to‘g‘risida tizimlashgan tarzda axborot olishning yetishmasligi (ayniqsa, respublika hududlari bo‘yicha); — mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati, texnik va boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi; — baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm yetishmaydi; — ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha Antimonopoliya qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o‘matiladigan baholar bilan keskin farqlanadi. Download 176.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling