Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Topshirdi: Rahmatullayeva Laylo Qabul qildi


Maktabgacha yoshda asosiy oddiy matematik qonuniyatlari haqida tushunchalarni shakllantirishni rejalashtirish metodikasi


Download 0.86 Mb.
bet12/16
Sana28.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1019597
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Rahmatullayeva Laylo 2014 (2)

2.2 Maktabgacha yoshda asosiy oddiy matematik qonuniyatlari haqida tushunchalarni shakllantirishni rejalashtirish metodikasi.


Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Matematikadan ta’limiy faoliyatlar rejasi aniq tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani biladigan boshqa tarbiyachi ham bu rejadan foydalanib ta’limiy faoliyat o‘tkazishi mumkin bo‘lishi kerak.
Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan rejalarni, konspektlarni ko‘chirish bilan shug‘ullanadilar. Bu, albatta, unga katta zarar keltiradi. Bunday tarbiyachi hech qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo‘l qo‘yadi.
1. Ta’limiy faoliyatning nomi: Bu qismda uchraydigan xatolar:
ta’limiy faoliyat nomi o‘rniga uning raqami yoki didaktik o‘yin nomini yozib qo‘yadilar, bu noto‘g‘ri hisoblanadi.
2. Ta’limiy faoliyat mazmuni:
Bu bandda biz nimalarni o‘rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda berilishini yozamiz. Undan keyin ishimizga qo‘yilgan vazifalarni, maqsadimizni yozamiz.
Bundagi xatolar:
a) o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ifodalashda aniq so‘z topa olmaslik, ko‘pincha tarbiyachilar «o‘rganishi» deb yozadilar, bu noto‘g‘ri, chunki faqat bir ta`limiy faoliyatda bolani o‘rgatib bo‘lmaydi. Shuning uchun boshqa so‘zlarni ishlatish lozim. Ya’ni, tanishtirish, ko‘rsatish, mustahkamlash, mashq qilish kabilar.
3. Ko‘rgazmali materiallar:
Bu qismda metodik usullar yozilmaydi. Rejada ta`limiy faoliyatda kerakli ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
4. Ta’limiy faoliyatning borishi.
Bu qismda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg‘ulot haqida batafsil yoziladi.
Ta’limiy faoliyatning borishi qismlarga bo‘linadi. Shularning hammasini qisqa, aniq va ko‘chirma gaplarsiz yozish kerak.
1. Ta’limiy faoliyatning nomi: matematika.
Maqsad: Bolalar nutqida “ko‘p”, “bitta-bittadan”, “birorta ham” so‘zlarining qo‘llanilishini shakllantirish va faollashtirish.
2. Ta’limiy faoliyat mazmuni:
Bolalarni ayrim predmetlarni guruhdan ajratib olishga va ayrim predmetlardan guruh tuzishga o‘rgatishni davom ettirish, guruhdagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo‘lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o‘rgatish; bolalar nutqida “ko‘p”, “bitta”, “bittadan”, “birorta ham” so‘zlarni qo‘llanilishini faollashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash.
III. Ko‘rgazmali material:
O‘yinchoqlar: guruhdagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha.
IV. Ta’limiy faoliyatning borishi:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling