Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Topshirdi: Rahmatullayeva Laylo Qabul qildi
Download 0.86 Mb.
|
Rahmatullayeva Laylo 2014 (2)
XULOSAMa’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar. Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda: - geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi; - fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasi hosil qilinadi; - vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi; - miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi; - son va sanoq haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o‘nlik ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi. Ta’limiy faoliyatlar mavzusi, maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, ta’limiy faoliyatning borishi to‘liq yoziladi. Ta’limiy faoliyatlar davomida mavzular bolalarga sodda holda tushuntirilib, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Har bir ta’limiy faoliyatning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beriladi. Ta’limiy faoliyatlar davomida bolalar mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarib, turli interfaol usullar yordamida topshiriqlarni yechib, o‘yinlarni o‘ynab, ijod qilgan holda yangi matematik tushunchalarni o‘rganib, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab boradilar. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling