Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim shakli. Mashg‘ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish mazmuni
O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari
Download 0.71 Mb.
|
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta`lim shakli. Mashg‘ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekskursiyani o‘tkazish mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Bolalarni yangi qurilish materiali–qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan – shox, barg, ildiz, turli yong‘oqlar, ularni po‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga tabiiy materialning borligi va uni turli xil narsalarni yasashda kerakligini yoritib beradi. Bolalarda umumiy ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni ohirigacha bajarish, hamda qo‘llarni aniq harakatlanish va hokazolar. D astlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun, o‘yin va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayok bolalar tarbiyachini ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida qismlarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan: uychaga–eshik, derazani; avtobusga–oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqni bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarni aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Аввало tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurishyasash mashg‘uloti, qurilish materiali bilan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi. O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning metod va usullari. O‘rgatishning asosiy usuli – namunani ko‘rsatish va tushuntirishdir. Т ushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana. T.; 2005. -200 s 4. Levitan K.M. Lichnost pedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s. Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T., O‘qituvchi. -2001. – 512 b. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling