Mavzu: Maktabgacha ta’limda bolalar kitobxonligi fanining predmeti va obyekti
Download 0.6 Mb.
|
2bosqich 16 seminar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug’at ishining bosh vazifasi
- Bu tizim uch xil ko‘rinishda
- 2-topshiriq. Qo’shimchalardan so’z hosil qilish va so’zdan yangi so’zlar yasash. 3-topshiriq. Mavzuga oid test savollari ustida ishlash.
16- Seminar; Lug‘at ishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari.Mavzu yuzasidan savollarga javob bering. 1. Lug’at ishining bosh vazifasi nimalardan iborat. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar lug’atini boyitish usullarini jadval asosida izohlang . 3. Topshiriqlar ustida ishlash 2 va 3. Lug’at ishining bosh vazifasi – lug’at zahirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir. Bolalar lug’atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli so‘zlarni kiritish tashkil qiladi. Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlarni tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.) o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg’unlashib ketishi lozim. Bolalar bilan lug’at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagi larni hisobga olishi lozim: - leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili; - semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish); - so‘zlarni birlashtirishning assotsiativ metodi.Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o‘zaro bog’liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida o‘tkazish tavsiya etiladi. Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar – nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar va obyektlarni taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalarni ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g’amgin tulkichanig harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. Bolalar bog‘chasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir.Lug’at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg’ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg’ulot -lardan tashkil topadi: -Lug’at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg’ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.); -Lug’at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg’ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish); -Umumlashtirishlar jarayonida lug’at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg’ulotlar. Nutqiy va Lug’atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi. Bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi.2-topshiriq. Qo’shimchalardan so’z hosil qilish va so’zdan yangi so’zlar yasash. 3-topshiriq. Mavzuga oid test savollari ustida ishlash.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling