1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib borish vazifasi. Lug ‘atni boyitish va faollashtirish
Download 36.68 Kb.
|
Lugʻatni boyitish uchun yordam beradigan taʼlimiy oʻyinlarning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Lugʻatni boyitish uchun yordam beradigan taʼlimiy oʻyinlarning turlari Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib borish vazifasi. 2. Lug ‘atni boyitish va faollashtirish. 3. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borish vazifasi. Lug‘at ishining bosh vazifasi - lug‘at zaxirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirishdan iboratdir. Bolalar lug‘atini boyitish asosini bolaning til ongiga mavzuga oid so‘zlar, sinonimik qatorlar, antonimik juftliklar, ko‘p ma’noli so‘zlami kiritish tashkil qiladi. Bolalar bilan sinonimlar ustida ishlash (mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin so‘zlami tanlash) mavzuga oid so‘zlar guruhlarini (harakat fe’llari: yurmoq, qadam tashlamoq, sudralmoq va h.k. yoki nutqni belgilovchi fe’llar: aytdi, so‘radi, javob berdi, qichqirdi va boshq.) o‘zlashtirishga oid ishlar bilan uyg‘unlashib ketishi lozim. Antonimlar ustidagi ishlar (qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan 80‘zlar) bolalar bilan so‘z birikmalari va gaplar tuzishda amalga oshirilishi kerak. Pedagog bolalarga maqollarda, matallarda antonimlami topishni o‘rgatishi zarur. Ko‘p ma’noli so‘zlarda antonimlami topish bolalarning so‘z haqidagi tasawurlarini kengaytiradi, uning mazmunini aniqlashtirishga yordam beradi. Qarama-qarshi ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan iborat so‘z birikmalarini tanlar ekan, bolalar so‘zlaming ko‘p ma’noliligini yanada chuqurroq tushunadilar (eski ko‘ylak - yirtilgan, eski do‘st - uzoq do‘st). So‘zlarning ko‘p ma’noliligini maktabgacha yoshdagi bolalarga ularga yaxshi tanish bo‘lgan aniq predmet ahamiyatiga ega bo‘lgan (ruchka, igna, yashin, gavdaning orqa tomoni, oyoq) 145 so‘zlarda ko‘rsatish darkor. Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilishi mumkin: so‘zni aytish, unga belgilar va harakatlar tanlash - so‘z birikmasini, so‘ngra gaplarni tuzish va oxir-oqibatda ko‘p ma’noli so‘zlardan ravon matnda foydalanish. Lug‘at ishi jarayonida (va boshqa nutqiy vazifalami hal etish jarayonida) pedagog bolalarda nutqning aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, ifodalilik kabi sifatlari amalga oshishiga erishishi zarur. Bolalarda fikr bildirish uchun so‘zlovchining niyatini aniq aks ettiruvchi leksik vositalami tanlab olish qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bolalar bilan lug‘at ishlarini tashkil qilar ekan, pedagog quyidagilami hisobga olishi lozim: - leksikani tashkil etishning mavzuga asoslangan tamoyili; - semantik jihati (bolani so‘z mazmuni bilan tanishtirish); - so'zlami birlashtiri’shning assotsiativ metodi. Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda so‘zU o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida о ‘ tkazish tavsiya etiladi. Leksik mazmundagi o'yinlar va mashqlar - nutqning mazmun jihatini rivojlantirishnmg zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar va obyektlami taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalami ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalaming ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta’sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilingan adabiy so‘zlar va ifodalami ma’lum qiladi, ulami to‘g‘ri tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta’qiqlaydi), ulami adabiy me’yorlar bilan almashtiradi. “Lug‘atni egallash≫ atama- 146 si - bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni albatta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u ≪eshitilgan≫, insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat - bu faqat bolalarga yangi So‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishir. Bolalar bog‘chasidagi lug‘at ishi - bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir. 2. Lug‘atni boyitish va faoUashtirish. Lug‘atni rivojlantirishda Uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya Download 36.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling