1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug'at ishini olib borish vazifasi. Lug ‘atni boyitish va faollashtirish


Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi


Download 36.68 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi36.68 Kb.
#1575699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lugʻatni boyitish uchun yordam beradigan taʼlimiy oʻyinlarning turlari

Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi. Ular so‘zlar bo‘ladi.
1-bola jo‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi, qanday
gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa
so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan, ≪Jo‘ja≫
so‘zining o‘miga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: ≪Mushuk
» qanday gap hosil bo‘ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchukchani
uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlami o‘zgartiring. Jo‘ja
mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘midagi bolalar chetga chiqadilar,
ular o'miga boshqa bolalar chiqadilar).
3. Tovush artikulatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab
jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha
cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda
bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. ≪Maktabgacha
ta’lim muassasalarida tarbiyalash dasturi≫ bola hayotining yettinchi
yiliga kelib, ya’rn bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshlanadigan
davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‘liq
o'zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.
Bolalarga to‘g‘ri- talaffiizni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik
talaffuzli shaxslar ichida o'sayotgan bo‘lsa, juda oson hal etilishi
(bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi
to‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki
xalqona talaffuzdagi so‘zlami eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi
(aniqrog‘i -hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘zo‘
zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashtirishdagi
ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika
fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi
ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi in-
157
sonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‘ladigan
va rivojlanadigan fikrlash uni o‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi.
Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilaming ishlab
chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish
zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud
bo‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi
asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur о‘zgarishlar bilan
bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi.
Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. 0 ‘yin jarayonidagi
o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga
qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog
- muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi.
Bolalar endi qo‘shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning
ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.

XULOSA
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq obyektiv aloqalarning
o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bulami so‘z, tovush,
qofiyalar va fikrlar bilan anglayci.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turlicha.
Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘matishda, o‘ziga, o‘z
ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini
o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga
ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z
o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq
atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va
odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlami qayd etish vositasi, bilish
faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
0 ‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun
bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor
bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifodasi,
harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli
bo‘lgan) foydalanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Djamilova N.N. ≪Maktabgacha metodika fanlarini o‘qitish
texnologiyasi≫ -Т.: TDPU, 2017.
49. Temurova N. Talaba yoshlaming ma’naviy shakllanishida
milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi. Avtoref. dis.
ped fan. nom. 2006.
50. Shodmonova Sh. - Oilada kichik maktab yoshidagi bolalar
milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalshning pedagogik
asoslari. Avtoref. dis. kand. ped.. 2001 yil.
51. Sodiqova Sh. A. ≪Maktabgacha pedagogika≫. -Т.: Fan va
taxnologiya, 2017.
52. To‘ychiyeva. T. 0 ‘zbek ma’naviy qadriyatlari tizimida urfodat
va an’analarining o‘rni. PFN ilm. dar. olish uchun yozil.
diss. -Т.: Nizomiy nomidagi, -Т., TDPU, 2000.
53. Telegenev A. Xalq dostonlari vositasida o‘smirlami ma’naviy
axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash. (Alpomish dostoni
misolida). PFN ilm. dar. olish uchun yozil. diss. -Т.: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2014.
54. Egamnazarova Sh. M. ≪Tarbiya ishlar metodikasi≫, ≪Him ziyo≫.
-Т., 2016.
0 ‘quv qoMIanma
55. Edited by Mary Rafferty ≪Abrief review of approaches to oral
language developme nt≫ -USA, 2014.
56. Edited by R. Marlow-Ferguson World Education Encyclopedia:
A Survey of Educational Systems Worldwide. Farmington
Hills: Gale Group, 2002.
57. Edited by J. Schriewer (Comparative estudies series; Volume
10). Discourse Formation in Comparative Education Frankfurt
am Main; Berlin; New York; Oxford: Lang, 2000.
Download 36.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling