Mavzu: maktabgacha ta'limda tashkilotlarida inovatsion pedagogik jarayonlar asosida loyihalashtirish usullari reja: kirish. Ibob. Maktabgacha talim tizimida inovarsion pedagogik jarayonlar


II BOB.Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish


Download 0.65 Mb.
bet4/6
Sana15.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1679108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI 3 MAVZU 2 CHISI

II BOB.Bolalarning faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
2.1.Metodlarning maktabgacha talim tizimidagi orni
Ozbekistonda maktabgacha talim tizimini tubdan isloh qilish boyicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha talim tashkilotlarida ilmiy va Inovarsion pedagogik tarkib tubdan ozgardi, zamonaviy oquv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bolgan talim maskanlari sifatida samarali faoliyat korsatmoqda. Maktabgacha talim tizimi faoliyatining Inovarsion pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha talim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning Inovarsion pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha talim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-meyoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni talim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini organish va shu asosda choratadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha talim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uygunlikda bajarilishi lozim bolgan vazifalari togrisida etirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, manaviy barkamol shaxs bolib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-manaviy jihatdan osishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak Inovarsion pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha talim jarayonida insonparvarlik omilini taminlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning talim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar oqitish va tarbiyalash mahoratiga tasir korsatadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ozining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “Oz xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bolgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa — kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni etirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va manaviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bolmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha talim tizimida talim sifati — tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bolib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi etirof etiladi. Maktabgacha talim tashkilotlari oquv faoliyatining sifati oquv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, oquv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va konikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bogliq talim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va manan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan talim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bogliqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk manaviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni ozida mojassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi. Ozbekistonda maktabgacha talim tizimini tubdan isloh qilishda talim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yonaltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bolgan faoliyatga moyillik uygotishdir. Pedagogning kop qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bolishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Inovarsion pedagogik mahoratga ega bolgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bolgan nufuzli rahbar, osib kelayotgan yosh avlodning manaviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuygularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bolgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bolgan shaxslardir. Mustaqil Ozbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat etibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qoyiladigan masuliyat ham katta. Hozirgi kunda ozining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni oqitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qoshayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil Ozbekiston diyorida pedagog shaxsiga bolgan ezoz, etibordan dalolatdir. Imom al Buxoriyning «Al — jomi as — sahih» hadislar toplamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm organish va orgatish odobi togrisida malumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm orgatish va organishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm orgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, Inovarsion pedagogik — axloqiy goyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning Inovarsion pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya konikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni etiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi.Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi.Ilmga chanqoq ozbek xalqida ziyoli, ilmli insonlarni ezozlash, ular faoliyatiga havas bilan qarash xususiyati mavjud. Maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada toplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, talim tashkilotlarining resurs, kadrlar vaaxborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, oquv-tarbiya jarayoni yangi oquv-uslubiy majmualar, ilgor Inovarsion pedagogik tenologiyalar bilan toliq taminlanmoqda. Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha talim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Talim sifatini oshirishda, talim jarayonini toliq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda. - Hozirgi paytda maktabgacha talim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda: sifatli oquv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish; - talim sifatini taminlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini talimga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish; - talim-tarbiya sifatining mahsulasi — natijani qolga kiritish va boshqalar. Maktabgacha talim tashkilotlari oquv faoliyatining sifati oquv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, oquv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va konikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bogliq talim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida keltirilgan bosh goya, yani: “... faqat ilm va bilimlar jamiyatni rivojlantirishi, davlatni taraqqiy ettira olishi mumkinligi”, togrisidagi goyasiga monand ravishda sifatli talim boshqaruvini amalda joriy etish talab etiladi. Demak, bugungi kunda jahon andozalariga tenglashtirilgan talim sifat tizimi asosida mutaxassislar tayyorlashga alohida etibor qaratilmoqda.Bunda pedagogdan talim berishda yuksak mahorat talab etiladi. Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida talim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida talimiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi “Layf Kouching”, Talim institutlari (Buyuk Britaniya); talim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar. Maktabgacha talim tashkilotlarida talim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiynazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qollash uzluksiz talim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi
Kvalimetriya — diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bogliq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir. Dunyoda talim sifati menejmentini takomillashtirish boyicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yonalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: talim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash; talim xizmatlari eksportini rivojlantirish; talim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiq-lashtirish; sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish. Biroq, hanuzgacha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish va ushbu tarbiya maskanlarida talimiy va tarbiyaviy boshqaruv menejmentiga xos xususiyatlarni aniqlashning yagona tizimini takomillashtirish masalalari oz yechimini tulaqonlicha amalga oshirilmagan. Shu jihatdan olganda, talimda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda akkreditatsiyaning orni, sifatning tashqi monitoringi, oliy talimda sifatni baholash tizimlari, talim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va talim sifatini nazorat qilishning Inovarsion pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash zarurati oshmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida ulkan islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz kelajagi va ravnaqida muhim oʻrin tutadigan maktabgacha taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, bu tizim jamiyatning birlamchi va eng muhim boʻgʻinidir.
Farzandlarimiz 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davrda oladigan barcha maʼlumotlarning 70 foizini oʻzlashtirishi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan ekan, demak, taʼlim tarbiyaning asosi va poydevori bu maktabgacha taʼlim
va tarbiyadir.
Uzoq yillar qaysidir maʼnoda egasiz va qarovsiz qolgan bu tizim soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli bolani qarab, boqib turadigan tashkilotdan, haqiqiy taʼlim-tarbiya maskaniga aylandi.
Talim maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bilish qobiliyatlarini muntazam-rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bogchasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va konikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishda talim yetakchi rol oynaydi.Chunki, talim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Talim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Talim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. U jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bogchada bolalarga madaniygigiyenik konikmalar, asosiy harakatlar orgatiladi, ular madaniy-axloqiy qoidalarni ozlashtirib oladilar.Bolalarda oquv faoliyatlari asoslari talim jarayonida hosil qilinadi, ularning maktabda muvaffaqiyatli oqishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Talimni
ikki yol bilan amalga oshirish maqsadga muvoflqdir. Birinchi yo li — bolalarning bilim, malaka, konikmalarni kattalar bilan ozaro munosabatda bolishi orqali egallab borishidir. Ikkinchi yo li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus oquv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, konikmalardan rejali ravishda xabardor qilib borishidir. Bunday yol bilan talim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bolgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Bolalarga talim berish jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi:

Korgazmali

Ogzaki

Amaliy

0 yin metodlari

Kuzatish

Tushuntirish

Mashq

Didaktik o yinlar

Ko'rsatish

Hikoya qilish

Mustaqil ish

Harakatli o yinlar

TVdan foydalanish

Sozlab berish

Oddiy tajriba

Mashqli o yinlar




Oqib berish




Inssenirovkalar




Suhbat







Kuzatish metodi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar korish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega boladilar. Bu esa, asosan, yangi bilim berishda qollaniladi.Kuzatish — bolalarning narsa, voqealarning malum maqsadi bilan rejali idrok etishidir.Bu usul malum obyektlarni kuzatishda yetakchi orinni egallaydi.Namoyish etish metodi.Bu metodda tarbiyachi bolalarga narsaning ozini yoki tasvirini korsatadi.Kuzatish soz bilan qoshib olib boriladi. Bu asosan bevosita kuzatib, korib bolmaydigan narsalar bilan tanishtirishda qollaniladi. Masalan, hayvonlar, osimliklar hayoti bilan tanishtirish.Texnikaviy vositalardan foydalanish MTMda talim jarayonini qiziqarliroq o£tkazishni taminlaydi.Tevarak-atrof bilan tanishtirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tarbiyachi katta va tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik guruhlardan boshlab bolalarga hikoyalarga ishlangan suratlar korsatiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish imkonini beradi va sinchkovlik hislarini ostiradi. Hikoya qilib berish metodida materialni aniq, obrazli, tasirchan bayon qilinadi. 0 rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali oqib beriladi. Bu bolalarga talim berishda va ularning aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoya qilib berish metodi mustaqil metod sifatida qollaniladi.Suhbat metodi.Suhbat MTM didaktikasida muhim orinni egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga suyanib, savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlarni egallashiga, mustahkamlashiga harakat qiladi. «Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan otkazilmaydi.4—5 yoshli bolalar bilan ham suhbat mustaqil mashgulot sifatida otkazilmaydi.Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat bilan qoshib olib boriladi.6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil mashgulot tarzida otkazilishi mumkin»1.Amaliy metod. Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va konikmalarni egallab olishga yordam beradi. Bu metod orqali bola buyumlarning oziga tanish bolmagan xususiyatlarini bilib oladi. Tarbiyachi amaliy mashgulotlarda bolalarning oldiga vazifa qoyib, bolalardan mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, konikma va malakalarni egallab oladi. yin metodi didaktik vazifani tushunarliroq, talimni qiziqarli qilib tashkil etishga yordam beradi. Oyin metodi bolalarning ixtiyoriy diqqatlarini oshiradi, bola irodasini, ijodiy fikrini rivojlantiradi. Bola ijodiy oyinda aqliy jihatdan tarbiyalanadi va rivojlanadi. Kichkintoylar oynaydigan sujetli oyinlarning asosiy mazmuni — buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil harakatlarni tasvirlashdir.Bunday oyinlar jarayonida bolalar buyumlardan foydalanish, ular bilan amallar bajarishning ijtimoiy mustahkamlangan usullarini ozlashtirib oladilar. Bunda harakatlarni umumlashtirish va bolaning ongida ularni aniq bir buyumdan ajratish jarayoni roy beradi. Bolaning rivojlanishiga qarab, ularning ijodiy oyinlari tobora rejali xususiyat kasb etadi: bolalar oyinning mazmuni haqida, oyinchoqlardan foydalanish va h.k.lar togrisida kelishib oladilar. Shu yol bilan oyin davomida bolaning rivojlanishi uchun muhim bolgan tafakkurning rejalashtiruvchi vazifasi tarkib topadi. Bolaning aqliy tarbiyasida ijodiy oyinlar bilan bir qatorda didaktik oyinlar ham katta orin egallaydi. Bunday oyinlar tayyor mazmunga va aniq qoidalarga ega. Juda kop xalq oyinlari avloddan avlodga otib kelmoqda. Pedagoglar tomonidan ham kopgina oyinlar ishlab chiqilgan. Didaktik oyinlar deb nomlanishining ozi ham bu oyinlarning maqsadi bolalarni aqliy rivojlantirishdan iboratligini bildiradi.Binobarin, ular aqliy tarbiya vositasi, deb qaraladi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling