Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари


BOB.  JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARI


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#192611
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish

 

1.BOB.  JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARI. 

1.1. 

Maktabgacha  tarbiya  muassasalarida    mashg’ulotlarning 

umumiy tavsifi 

Mashg’ulotlarning  ahamiyati  harakatlar  madaniyatining  kompleks 

shakllanishi,  sog’lomlashtirish,  ta’limiy  va  tarbiyaviy  vazifalarni  muntazam 

amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamologi, organizmning 

funktsional  takomillashuvi,  bola  sog’ligining  mustahkamlanishi,  ular  tomonidan 

to’g’ri  harakat  ko’nikmalarining  egallanishini,  jismoniy  sifatlar  xamda  jismoniy 

tarbiya  va  sportga  nisbatan  emotsional  ijobiy  munosabatni,  shaxsning  har 

tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi. 



Mashg’ulotlarda  sog’lomlashtirish  vazifalarini  amalga  oshirishga 

bolalarning  har  tomonlama  harakat  faoliyati  yo’li  bilan  erishiladi.  Ular 

organizmdagi  barcha  funktsional  1  jarayonni,  uning  optimal  gigienik  va 

chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. 

Ta’lim-tarbiyaviy  vazifalar  mashg’ulotlar  jarayonida    bolaning  ma’naviy-

axloqiy  sifatlarini  shakllangirish,  jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasiga  oid  ba’zi 

elementlar    bilimlar  va  terminlarni  ma’lum  kolish,  to’g’ri  harakat    ko’nikmalari 

hamda  jismoniy sifatlarni tarbiyalash yuli bilan hal etiladi. 

Mashg’ulotlar  xushchaqchaq  intizomli,  agrof-muhitda  yaxiщ  harakat  qila 

oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va  ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan 

holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdeq axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon 

eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Jismoniy  mashg’ulotlar  kuz,  qish  va  bahor  faslida  binoda    hamda  ochiq 

zavoda  o’tkaziladi.  Yoz  fasli  paytida  barcha  mashg’ulotlar  (yomg’irli  kunlardan 

tashqari)  ochiq  zavoda,  jismoniy  tarbiya  maydonchasida  o’tkaziladi.  Binoda  va 

ochiq  havodagi  mashqlar  o’zaro  aloqadadir:  ular  barcha  sog’lomlashtirish  va 



 

11 


ta’lim-tarbiyaviy  vazifalarning  kompleks  tarzda  hal  etilishini  ta’minlaydi. 

Mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti ularning ba’zi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. 

Binoda  sog’lomlashtirish—gigienik  shartlarga  rioya  qilgan  holda  o’tkaziladigan 

(deraza fortochkalari ochiq yengil kiyim va poyabzal) mashg’ulotlar harakatlarning 

to’g’ri,  go’zal  va  aniq  bo’lishini  ta’minlaydi,  umumiy  harakat  madaniyatini 

tarbiyalaщsh.  Ular  turli  qo’llanmalar  bilan  va  musiqa  jo`rligida  o’tkazilishi 

mumkin. 

Ochiq  havodagi  mashg’ulotlar  maksimal  sog’lomlashtirish  samarasiga  ega, 

ular  harakatlarni  keng  joyda  bajarishga,  imkon  beradi,  jismoniy  yuklamani 

kuchaytiradi,  sport:  o’yinlari,  estafetalarni  o’tkazishga  keng  imkoniyat  yaratadi.  

Biroq  qalin  kiyim  va  poyabzal  harakatlarning  aniq  ifodali,  chiroyli  bo’lishiga 

xalaqit beradi. 

Rejada  har  bir  yosh  guruhi  uchun  belgilangan  jismoniy  mashqlar 

mashg’ulotlar  mazmunini  tashkil  etadi.  Mazmuniga  ko’ra  xilma-xil 

mashg’ulotlarni  o’tkazishda  vazifalarning:  aniq  va  oydin  bo’lib  qilishi,  dasturni 

o’tishda  izchillik  rioya  qilish,  shuningdeq  bolalar  yosh  va  individual 

xususiyatlarini hisobga olish shartdir. 

Mashg’ulotlar  tuzilmasi  -  maщqlarning  bolalar  tomonidan  izchil 

bajarilishvdan  iboratdir.  U  qo’yilgai  vazifalar,  asab  tizimining  ish  qobiliyati  va 

bola  organizmining  har  bir  alohida  yosh  bosqichdagi  xususiyatlari  bilan 

belgilanadi.  Mashg’ulot  paytida  bola  organizmining  dinamikasi  va  uning 

psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va 

tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog’liq. 

Harakat  faoliyati  jarayonida  yurak  qiskarshii  chastotasi  ko’rsatkichlari 

mashg’ulot  boshlanishida  uning  asta-sekin  oshib  borishi,  so’ng  kuchaya  borib, 

mashg’ulotlarning  asosiy  Qismida  yuqori  darajaga  yetishini  va  mashg’ulot 

so’ngida  asta-  sekin  pasayishini  ko’rsatdi.  Bunday  izchillik  bir  tomondan,  qon 



 

12 


aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyash bilan, ikkinchi tomondan, 

dshdat-e’tiborni  qaratish,  reaktsiya  tezligi  kabi  ruhiy  jarayonlarning  kechishi  va 

shu bilan bog’liq ravishda harakatlarning juda anshdiigi bilan belgilanadi. 

Mashg’ulot  davomida  organizm  va  ruxiyatda  kechadigan  o’zgarishlar 

markaziy  asab  tizimi  nazoratida  amalga  oshiriladi.  Bunda  uning  asab  markazlari, 

asab jarayonlari harakat- chanligi, ko’zgaluvchanligining oshishida ifodalanadigan 

o’z  ish  qobiliyati  kuchayadi.  Mashg’ulotlar  davomida  butun  organizmning  juda 

ishchanligi  sharoitida  ishlayotgan  organ  va  tizimlar  faoliyatining  uyg’unligi 

yaxshilanadi, to’g’ri ish ritmini topish xamda shu bilan bog’liq ravishda emotsional 

Xolatni oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu davrda ish qobiliyatining eng yuqori 

darajasi  kuzatiladi.  U  faoliyatning  ayrim  jixatlari  tavsifining  o’zgarishga  bog’liq 

xolda turlanib turadi (harakatlarni bajarish, tarbiyachi harakat namunasini kuzatish, 

unnng ko’rsatmalarini tushunib olish va xokazo). 

Jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlari  o’zaro  bog’liq  uch  qismdan:  kirish  — 

jismoniy  tayyorgarliq  asosiy  va  yakunlovchi  qismdan  iborat.  Ta’limiy,  tarbiyaviy 

va sog’lomlashtirish vazifalari mashg’ulotning \ar bir yuismi uchun baravar muxim 

axamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga \ar tomonlama ta’sir etishni 

ta’minlaydi. 

Mashg’ulotning kirish - jismoniy tayyorgarlik qismi  vazifalari va mazmuni 

jismoniy  tarbiya  mashg’ulotining    birinchi  qismi  qo’yilgan  vazifalar  va  uning 

asosiy  qismidagi  mashqlar  mazmuniga  kura  turlicha  bo’lishi  mumkin.  SHuning 

uchun bir xolda o’qitish, ikkinchi bir xolda kirish- jismoniy tayyorgarlik tavsifida 

bo’lishi  mumkin.  Mashg’ulotning  bu  qismi  vazifasi  bolalarda  unga  nisbatan 

qiziqish  va  emotsional kayfiyat  paydo  kilishdan, diqatning  tayyorgarlik darajasini 

tekshirishdan,  ayrim  harakat  ko’nikmalarini  aniklashtirishdan,  bola  organizmini 

asta-  sekin  mashg’ulotning  asosiy  qismida  kechadigan  birmuncha  intensiv 

faoliyatga tayyorlashdan iborat. 



 

13 


SHu 

maqsadda 

bolalarga 

to’g’ri 


qaddi-komatni 

tarbiyalashga, 

yassitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo’ljal 

olish  bilan  bog’liq  bajarilishi  ko’p  vaqtni  talab  qilmaydigan  tanish  mashqlar  va 

ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. 

Bunday  mashqlarga  quyidagilar  kiradi:  saflanish  mashqlariga  —  turlicha 

saflanishlar  va  qayta  saflanishlar;  turli  topshiriqlar  bilan  bajariladigan  (yo’nalishi 

ko’rsatilgan!  burilishlar,  boshlovchilarni  almashtirish  va  bonqalar)  yurish  va 

yugurish;  tarqalib  yengil  yugurish  xamda  keyinchalik  katta  va  kichik  davra, 

kolonna va xokazo bo’lib saflanish; turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini 

olish maqsadidagi yurishlar — govonda, oyoq uchida, poldagi qalin arqon ustida, 

narvonda yurish va boshqa mashqlar. 

Kirish  qismi  bolalarning  qatorga  uch-to’rttadan,  dona  bo’lib  saflanishi, 

tarqalishi  va  xokazolar  bilan  yakunlanadi.    Bu  bolalarni  mashg’ulotning  asosiy 

qismi  boshlanishidagi  umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  o’rgatishga  o’tish  uchun 

xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhiarda 2 dan 4 daqiqagacha, o’rta guruhiarda 3 

dan 5 daqikagacha, katta guruxlarda 4 dan 6 daqiqagacha davom etadi. 

Agar  mashg’ulotning  birinchi  qismi  kirish-tayyorlov  qism  sifatvda 

rejalashtirilsa,  uning  boshlanishida  yukorida  ko’rsatilgan  kirish  qismi  uchun 

muljallangan mashqlar beriladi. Biroq shundan so’ng mashg’ulotning shu qismida 

faqat  takroriy  va  variatsiyali  mashqlardan  iborat  o’rgatish  talab  qilmaydigan 

umumrivojlantiruvchi  mashqlar  berildi.  Ularning  vazifasi  bola  organizmini 

mashg’ulotning  asosiy  qismidagi  birmuncha  yuqori  jismoniy  yuklamaga 

tayyorlashdir.  Bunda  yetarli  jismoniy  yuklamaga  ega  bo’lgan  murakkab 

koordinatsiyali  asosiy  harakatlar  yoki  intensiv  tavsifdagi  sport  mashqlari 

rejalashtiriladi.  Bunday  xolda  mashg’ulotning  asosiy  qismi  bolalarni  asosiy 

harakatlarga o’rgatishdan boshlanadi. 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling