Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари
a) mashg’ulotning asosiy qism vazifalari va mazmuni
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni.
a) mashg’ulotning asosiy qism vazifalari va mazmuni
14
Kirish — tayyorgarlik kiem kichik guruxlarda 3 dakikadan 4 daqikagacha, urta guruxlarda 4 dakikadan 6 daqiqagacha, katta guruxlarda 5 daqiqadan 10 daqiqagacha davom etadi.
qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so’ng asosiy harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir xolatda asosiy harakat mashqlariga o’rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat mate riali bilan tanishgirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustaxkamlanish bosqichidagi harakat ko’nikmalarini takomillashtirishni ko’zda tugadi. SHundan so’ng barcha bolalarni intensiv harakatta tortadigan koidali harakatli o’yinlar o’tkaziladi. Bolalarning optimal ruxiy ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, juda qiyin vazifalar asosiy qismining boshida belgilanadi (masalan, bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish). Umumlashtiruvchi mashqlarni bolalar kichik qo’llanmalar — bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shurlar bilan bajaradilar. CHunki ular butun organizmning funktsional xolatini yaxshilashga ta’sir etadilar katta mushak guruxlarshsh asta-sekin intensiv ishga jalb etish vazifalariga ko’ra tanlanadi. Dastlab to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida (masalan, qo’llarni yon qi tomonlarga uzatish va ularni ko’krak oldida birlashtirish va boshqalar) qo’l mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish xamda mustaxkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda, gavda uchun orqa mushagini mustahkamlaщ va umurtqa egiluvchanlishni rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, o’ngga va chapga burilishlar— gavdani aylantirish) mashqlar beriladi. Qorin va oyoq (tovonlarni qo’shuvchi) mushaklarini rivojlantirib va mustahkamlovchi (chuqayish, tazzadan bukilgan
15
oyoqlarni ko’tariщ va boshqalar) mashqlar uchinchi navbatda beriladi. Bu mashqlarni bajarishda va ularni takrorlashda bola organizmini asta-sekin katta yuklamaga tayyorlab borish ko’zda tutiladi. SHundan so’ng asosiy harakatlarni o’rgatishga o’tiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa o’rganish va takomillashtirish bosqichida bo’ladi. Maktabga tayyorlov guruhiari jismoniy tarbiya mashg’ulotida asosiy harakatlardan iborat ikkitadai to’rttagacha mashqni rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri yetakchi bo’lib, tarbiyachining asosiy e’tiborini talab qiladi, qilganlari esa bolalarga avvaldan tanish takrorlash va takomillashtirish maqsadidagi mashqlardan tanlanadi (masalan, uloqtirish va emaklash ishtirokidagi sakrashlar yoki yugurish ishtirokidagi uloqiirish va xokazo). Bu harakatlarni qo’shib olib borshida ularning intensivlik darajasi hisobga olinadi. Yuqori darajadagi intensiv mashqlarni past darajadagi intensiv mashqlar yoki turli o’rta intensiv mashqlar bilan qo’shib olib borish juda maqsadga muvofiqiir. SHunday qilib, bolalar faoliyatining rang-barangligiga va Harakat darajasini variatsiyalashga erishiladi, bu bola ish qobiliyatining darajasini ta’mintщщ. Barcha mushak tizimining ishtirokini talab qiluvchi asosiy harakatlarni bajarish har darajada organizmning funktsional xolatini yaxshilaydi va tezkor, maqsadga yo’nalgan harakatlar bilan tavsiflanadigan harakatli o’yindagi yuksak faoliyat ko’rsatishga tayyorlanadi. Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi kichik guruxlarda 15 daqiqadan 18 daqiqagacha, o’rta guruxlarda 20 daqiqadan 22 daqiqagacha, katta guruxlarda 25— 28 daqiqa bo’ladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz o’tkazilganda esa uning davomiyligi kichik guruxlarda 8—12 dak^щa, urta guruxlarda 12—15 daqika, katta guruxlarda 15—20 davani tashkil etadi.
16
Mashg’ulotning yakunlovchi qismi vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning o’yindan so’nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv sur’atdagi yurishni o’z ichiga oladi. U umumiy ko’zgaluvchanlikning pasayishiga va pulьsning me’yoriylashishiga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba’zi xollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o’yin bilan almashtirilishi xam mumkin (masalan, «Top-u jim tur», qo’shiq aytish tarzida «O’zingga yoqqan narsani keltir» kabi o’yinlar). Yurish yoki uni almashshruvchi o’yin so’nggida mashg’ulotga yakun yasaladi va bolalar boshqa faoliyatga o’tadilar. Mashg’ulotning yakunlovchi qismi davomiyligi kichik guruxlarda 2 daqiedan 3 daqiqagacha, o’rta va katta guruxlarda 3 davdadan 4 davdagacha bo’ladi. Butun mashg’ulotning davomiyligi kichik guruxlarda 1,5—20 daqiqani, o’rta guruxlarda 20—25 daqiqani, katta guruxlarda 30—35 daqiqani tashkil etadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida bolalarda Harakat ko’nikmalarining rivojlanishi bilan bir vaqtida tezkorliq chaqonliq chidamliliq egiluvchanliq kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari belgilanadigan o’quv ishi tavsifiga muvofiq rejalashtiriladi: bir xil mashg’ulotlarda asosiy e’tibor bolalarni yangi jismoniy mashqlarni avval o’rganilgani bilan birga o’rgatishga; ikkinchi xil mashg’ulotlarda harakat materialining bolalar tomonidan o’zlashtirish darajasi, bajarilish sifati va miqdoriy natijasi vaqti- vaqti bilan tekshirib turiladi: uchinchi xil mashg’ulotlarda bolalarga tanish mashqlar takomillashtirish maqsadida variantlardan foydalangan xolda takrorlanadi va xokazo. -Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari yaxlit syujet ko’rinishidagi, bolalarga tanish o’yin shaklida o’tkazilishi mumkin masalan, «Sayr», «Sayoxat» «Iztoparlar», «Sportchilar» va x.k. O’yinlardagi harakat izchilligi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari tizimiga muvofiq bo’lishi, shug’ullanayotgan guruhiagi bolalarning 17
yosh imkoniyatlari va shu bilan bog’liq ravishda jismoniy yuklama darajasini xam hisobgaolishi kerak. Bunday mashg’ulotlar ijodiy tashabbus va raxbarliqia emotsional — obrazli metodikani talab qiladi, tadqiqotlar jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini ochiq xavodagi o’yin ochiq xavoda o’tkazshi zarurligini ko’rsatdi (L. V. Karmanova, V.G.Frolov,G. P. Yurko.)- Ular bola organizmining funktsional jixatdan takomillashishiga, chiniqishiga yordam beradi, shamollash kasalliklariga qarshiligini oshiradi. Ochiq xavodagi mashg’ulotlar odatda uch qismdan: kirish - jismoniy tayyorgarliq asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat bo’ladi. V. G. Frolov va G.P.Yurkolarning ma’lum< ko’ra, mashg’ulotlarning xususiyati turli sur’atda — tez, o’rta, sekin yugurishdan kup martalab foydalannsh xisoblanadi. Yugurish sur’atining o’zgarishi organizmning funktsional imkoniyatlari ortshiiga, umumiy chidamlilikning oshishiga ta’sir etadi. Mashg’ulotning kirshn jismoniy tayyorlov qismi harakat texnikasini yaxshilash, oyoq mushaklarini mustahkamlash, Komatni takomillashtirish maqsadidagi nafas olish, sekin sur’atdagi yugurish mashqlari (tizzalarni baland kutarib, qadam tashlash, mayda qadam tashlashdan iboratdir. Yugurishdan so’ng bolalar guruxli, doira va boshqalarga saflanadilar, bu keyingi mashqlar uchun maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulotning asosiy qismi qo’l, gavda va oyoq mushaklariga yaxshi yuklama beruvchi umumrivojlantiruvchi mashqlar bajarish uchun mo’ljallanadi. SHundan so’ng o’rtacha tezlikga yugurish o’tkaziladi. U yurish va bolalarning asosiy harakatlarni bajarish uchun qayta saflanishi bilan tugallanadi. Bunda avval murakkab yoki yangi harakatlar, o’rtacha tezliuni yugurishdan so’ng esa sekin sur’atdagi yugurish bilan tugallanadigan tanish (takroriy) harakatlar beriladi. Bu qism oxirida musobaqani harakatli o’yin, estafeta o’yini yoki sport o’yini o’tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat faolligini ta’minlaydi.
18
Mashg’ulotning yakunlovchi qismida sekin sur’atdagi yugurishdan nafas olish mashqlarini bajargan xolda yurishga o’tiladi. SHunday qilib, reja materialini o’zlashtirish va yetarli darajadagi yuqori yuklama ta’minlanadi. Bunda bolalarning ijobiy emotsiyalari katta rolь uynaydi. Bu emotsiyalar mashqlarni yaxshi bajarishga va toliqmaslikka undaydi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling