Мавзу: Мактабгача тарбия муассасаларида жисмоний тарбияни ташкил этиш шакллари


b)  yosh  jihatdan  aralash  guruhlarda  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarini


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#192611
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya boyicha ishlarni tashkil etish

b)  yosh  jihatdan  aralash  guruhlarda  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarini 

o’tkazish metodikasining xususiyatlari. 

Yosh jixatdan aralash guruxlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish 

metodikasining  xususiyatlari  yosh  jixatdan  aralash  guruxlardagi  jismoniy  tarbiya 

mashg’ulotlari  mashqlarni  juda  sinchiklab  tanlashni  talab  etadi.  Bu  mashqlar  bir 

guruxga  birlashgan  barcha  bolalarning  yosh  xususiyatlari  va  imkoniyatlariga  mos 

kelishi lozim. 

Bola  rivojlanishidagi  har  bir  aloxida  yosh  bosqichi  o’zining  ruxiy  va 

jismoniy  xususiyatlariga  ega.  SHuning  uchun  jismoniy  manqlar  va  ta’lim 

metodikasining  mazmuni  xam  har  xil  bo’lishi  kerak.  Kichik  yoshdagilar  uchun 

og’irlik  qiladigan,  bevaqt  berilgan  va  ayni  paytda  katgt  yoshdagi  bolalar  uchun 

yengil, birmuncha ruxiy va jismoniy zo’r berishni talab etmaydigan material ikkala 

xolda xam maqsadga muvofiq emas. Kichik yoshli bolalar o’zlari uchun murakkab 

bo’lgan  zarur  oraliq  guruhdagi  qiyinchiliklarni  muvaffakiyatsiz  tarzda  bartaraf 

etadilar. 

Ayni  paytda,  katta  yoshli  bolalar  o’z  imkoniyatlaridan  past  mashqlarni 

bajarayotganlarida  ularning  o’zlariga  beriladigan  aqliy  va  jismoniy  zo’r  berishni 

talab  etmaydigan  materialga  nisbatan  qiziqishi  yo’qoladi.  SHuning  uchun  aralash 

guruxlarga  mo’ljallangan  mashg’ulotlar  rejasining  mazmuni  har  bir  yosh  guruxi 

bolalari imkoniyatlariga mos bo’lishi lozim. 

Bunday  guruxlarda  mashg’ulotni  rejalappirishning  qiyinligi  shundaki,  bir 




 

28 


tomondan  har  bir  gurux  bolalari  uchun  ularning  yosh  guruxlariga  muvofiq 

jismoniy  tarbiya  manqlarini  tanlash,  ikkinchi  tomondan  barcha  bolalarni  ular 

uchun qiziqishga bo’lgan faoliyagga birlashtirish imkonini topish zarur. 

Mashg’ulotlarni  namunaviy  o’tkazish  imkoniyatlarini  ko’rib  o’tamiz. 

Mashg’ulot  boshlanishi  oldidan  katta  yoshli  bolalar  sport  kiyimlarini  kiyadilar, 

so’ng  ularning  ayrimlari  birmuncha  kichik  yoshlilarning  kiyinishiga  yordam 

beradilar, bonqalari  esa  zarur  jismoniy  tarbiya  anjomini  mashg’ulotlarga  mustaqil 

tayyorlaydilar.  Ish  shunday  tashkil  etilganda  kichkintoylar  mashg’ulotni 

o’tkazishni  orkqaga  surmaydilar,  katta  yoshlilar  esa  o’zlarining  yoshiga  yarasha 

mexnat faoliyati turi bilan shug’ullanadilar va kichiklarga yordam ko’rsatadilar. 

Mashg’ulot  turlicha  boshlanishi  mumkin:  masalan,  xonaga  dastlab  kichik 

bolalar kiradilar va utiradilar, ulardan so’ng katta yoshli bolalar kiradilar. Ularning 

qiddi-qomatni  to’tishi  va  harakatlari  kichiklar  taqiid  qilishlari  uchun  kurgazmali 

namuna bo’lib xizmat qitadi. 

SHundan  so’ng  kichik  yoshli  bolalar  o’z  dasturlari  bo’yicha  qator 

mashqlarni  bajaradilar.  Bunda  ba’zan  katta  yoshli  bolalar  mashqlarni  bajarish 

usulini ko’rsatgan xolda qitnashishlari mumkin (masalan, doira buylab saflanishda 

katta  yoshli  bolalar  kichik  yoshlilar  o’rtasida  turadilar,  kichkintoylar  ularnint 

harakatlarini  kuzatib  turadilar).  Boshqa  bir  holda  esa  kichik  yoshlilarni 

guruxchalarga  bo’lish  va  ularning  har  birini  katta  yoshlilarga  toshnirish  mumkin, 

katta yeshlilar ularni tarbiyachi raxbarligida o’rgatib boradilar. 

«Qiranglar,  —  deydi  tarbiyachi  —  katta  bolalar  bayrokchalarni  yuqoriga 

qanday  ko’tarishyapti  va  oxista  pastga  tushirishyapti».  Namoyishdan  so’ng  u: 

«Endi sizlar ham kattalar bilan birgalikda shu mashqni bajaring», — deydi. Ishni 

bunday tashkil etish katta tarbiyaviy mazmunga ega bo’lib, u katta yoshli bolalarda 

mas’uliyat,  ahillik  qoniqish  hissini,  kichiklarda  esa  barcha  narsani  yaxshi  ado 

etadigan  o’zidan  kattalarga  xurmat  xissini  uyg’otadi.  SHunday  bo’lishi  xam 



 

29 


mumkinki, tarbiyachi kichik bolalar bilan band bo’lganda katta yoshlilar xonaning 

ikkinchi  burchagida  boshqa  biror  harakat  turi  bilan  mus  gaqil  shug’ullanishadi, 

bunda ular tarbiyachi e’tiborida bo’ladilar. 

Bolalarni  mashg’ulotda  uyushtirishning  u  yoki  bu  shaklini  tanlash, 

mashg’ulot  vazifalari  va  mazmuniga,  bolalar  soniga  xamda  ularning  umumiy 

intizomiga bog’liq. 

Kichik yoshli bolalar bilan harakatli o’yin o’tkazishda (ba’zan barcha bolalar 

uchun  umumiy  o’yin  o’tkazilishi  mumkin)  tarbiyachi  katta  yoshlilar  guruxidagi 

ayrim bolalarga o’yinni tushuntirishni (agar bolalarda bunday tajriba bo’lsa), o’yin 

vaziyati  xosil  qilishni  (usullarni  ko’rib  chiqish,  zarur  bo’lganda  o’yinchok  utrni 

joylashtirish  va  boshqalar)  yoki  ona  kush,  kurk  tovuq,  mushuk  avtomobilь  rolini 

bajarishni  topshiradi:  boshqa  bolalar  o’shanda  kichik  yoshlilar  bilan  birga 

qatnashishlari mumkin. 

O’yindan  so’ng  kichik  yoshlilar  enaga  kuzatuvi  va  yordamida  sayrga 

tayyorlanadilar,  kagta  yoshlilar  esa,  tarbiyachi  bilan  o’z  rejalari  bo’yicha 

shug’ullanishni davom ettiradilar. 

Keltirilgan  mashg’ulot  rejasi  taxminan  xnsoblanadi  va  u  doimiy  bo’lishi 

mumkin emas. Yosh jixatdan aralash guruxlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini 

har xil tashkil qilishga intilish zarur.  

Amadda aralash guruxlarni komplektlashning turli usullari mavjud. 

CHunonchi  N.  V.  Potexina  ikki  aralash  yoshdagi  bolalarni  birlashtirishni 

«muvaffaqiyatli  deb  xisoblaydi.  Bunda  asosiy  harakatlarga  (yurish,  yugurish  va 

xokazo)  o’rgatish  rejasining  ba’zi  xususiyaglariga  e’tibor  beriladi.  Bu  shundan 

iborat  bo’ladiki,  reja  talablarining  murakkablashuvi  yangi  harakatlarni  qanchalik 

kiritish  xisobiga  emas,  balki  ularni  bajarishni  o’rganishning  turli  usullari  va  sifat 

xamda  miqdor  ko’rsatkichlarini  yaxshilash  xisobiga  amalga  oshiriladi.  SHuning 

uchun  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarida  ikki  guruxcha  uchun  asosiy 



 

30 


harakatlarning bir turini rejalashtirish mumkin, biroq, bunda reja talab lari turlicha 

bo’ladi.  Bu  esa  bolalar  faolligini,  dshdatining  jamligini,  mashg’ulotning  motor 

zichligini  saqiab  qolishni  ta’minlaydi.  Masalan,  M.  V.  Potexina  reja  talablarida 

uncha  katta  farq  bo’lmagan  kichik  va  urta  yoki  katta  va  tayyorlov  guruxlari 

bolalarini  birlashtirishni  gavsiya  etadi.  Bunday  xollarda  mashqlar  miqior  jixatdan 

ustun  turgan  bolalar  imkoniyatlarini  Hisobgaolgan  xolda  tanlanadi.  Masalan, 

ko’proq, kichik yoshli bolalardan iborat kichik urta guruxchada kichik gurux rejasi 

Hisobgaolinadi, 

biroq 

urta 


gurux 

yoshidagi 

bolalar 

uchun 


manщlar 

murakkablashtiriladi va uning bajarilish sifashga bo’lgan talab oshiriladi. Katta — 

tayyorlov  guruxlariga  muljallangan  mashg’ulotlar xam  xudtsi shu  tarzda  rejalash- 

tirilishi mumkin. Agar bu guruhia tayyorlov guruxi bolalari ko’proq, bulsa, u xolda 

material  ular  imkoniyatlarini  hisobgaolib,  rejalashtiriladi,  biroq  talablar  kichik 

yoshlilarga  nisbatan  yengillashgiriladi.  Bunda  ikkala  yosh  guruxidagi  bolalarning 

jismoniy va umumiy rivojlanishi darajasi Hisobgaolinadi. 

Keltirilgan  misol  —  amalga  oshirilishi  mumkin  bo’lgan  misoldir,  ammo 

mashg’ulotlar  bu  ishga  tarbiyachining  ijodiy  yondashishiga  qarab,  boshqacha 

bo’lishi  xam  mumkin.  Bolalarni  yosh  jixatdan  aralash  guruxlarda  o’rgatishga oid 

mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish metodikasiga kuyiladigan bosh talab — 

mashqlarni  reja  talablari  va  har  bir  yosh  bosqichidan  bolalar  imkoniyatlariga 

muvofiq differentsial tanlashga rioya qilishdan iborat. 



 

31 



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling