4
A.Qodiriy nomli Jizzax DPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Maktabgacha ta'lim yo`nalishi bituruvchisi Nuraliyeva Nafisa Sherbek
qizining bakalavr darajasini olish uchun “Maktabgacha ta’lim
muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarni tashkil etish”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi
hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini
ta’minlash, qobiliyatlarni ro’yobga chiqarish, o’qishga, doimiy ta’lim olish uchun
zarur bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o’qish
uchun tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasalari mashg’ulotlarni tashkil qilish, o’tkazish va
metodikalarni to’g’ri tanlash, kerakli jixozlar, asboblar bilan taminlanganligi
yuqoridagi maqsadlarni bajarishga amal bo’ladi.
MTM boshqa mashg’ulotlar qatorida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari asosiy
o’rinni egallaydi.
Bitiruvchi kurs talabasi N.Nuralieva tanlab olgan “Maktabgacha tarbiya
muassasalarida jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari” mavzusidagi BMI ham
yuqoridagi masalalari hal qilishda katta pedagogik ahamiyatiga ega.
BMI reja asosida yozilib unda 2ta bob, 4 ta fasllar, xulosa, adabiyotlar
ro’yxati berilgan.
1 – bobida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining umumiy tavsifi, vazifalari,
o’tkazish metodikasi va xususiyatlari. 2 – bobida ishlarni tashkil etish, ma’sul
shakllarni vazifalarini ochib bergan. SHu bilan birga xulosa va adabiyotlar
ro’yxatlari mavjud. BMI Oliy o’quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishni
bajarishga qo’yiladigan talablar asosida yozilgan.
Lekin ishda ayrim kamchiliklar yo’q emas, ulardagi kamchiliklar ishni
maqsad va vazifalariga ta’sir etmaydi. Ishni himoyaga tavsiya qilib, yuqori
baholayman.
Do'stlaringiz bilan baham: