Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizmni shakllantirishning psixologik sabablari. Mundarija reja: kirish
Download 105.3 Kb.
|
Mundarija reja kirish bob maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.BOB Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik psixik muammo sifatida....... 1.1Qaysarlikning faol va passiv shakllari...........................................................
- 2.BOB Bolalikda negativizmning sabablari.................................................... 2.1. Negativizmni psixologik karreksiyalash……………………………….
Mundarija reja: kirish bob maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik psixik muammo sifatida Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizmni shakllantirishning psixologik sabablari. MUNDARIJA REJA: KIRISH 1.BOB Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik psixik muammo sifatida....... 1.1Qaysarlikning faol va passiv shakllari........................................................... 1.2. 3 Yoshli bolalarda patalogik qarshilik psixologiyasi……………………. 1.3. Qaysarlikning salbiy oqibatlari................................................................... 2.BOB Bolalikda negativizmning sabablari.................................................... 2.1. Negativizmni psixologik karreksiyalash………………………………. 2.2.Negativizm turlari………………………………………………………. 3.BOB Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllashiniga doir tajriba sinov ishlari............................................................................... 3.1Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllanishiga doir tajriba ishlarini olib borish.............................................................................. 3.2.Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizmni shakllanishiga doir tajriba natijalarini tahlil qilish………………………………………. Foydalandigan adabiyotlar…………………………………………….. Xulosa…………………………………………………………… KIRISH Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat. Pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida psixologiya fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarni barcha psixik jarayonlar va hodisalarning mohiyatini hamda maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq holda shu jarayon va hodisalarning rivojlanishini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushuntirib berishga o‘rgatishdir. O‘quvchilar psixologiyani o‘rganish natijasida bolalarning psixik xususiyatlarini tushuntirib bera oladigan tarbiyachi bo‘libgina qolmay, balki shaxsning voyaga yetishida mas’ul o‘rin egallaydilar. Ushbu o‘quv qo‘llanma bolalar psixologiyasi fanining asosiy muammolarini o‘z ichiga olib, u pedagogika yo‘nalishidagi kasb-hunar kolleji va akademik litsey o‘quvchilari va 4 o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi asoslaridan iborat bo‘lib, 10 bobdan iborat. Har bir bob o‘zining mazmuniga asosan yoritilgan bo‘lib mavzu oxirida mustahkamlash uchun nazorat savollari berilgan. Psixologiyani o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy xislatlar: diqqatlilik, kuzatuvchanlik, esda qoldira olish, oqilona ishlash xislatlarini o‘stirish bilan shug‘ullanishi, o‘z xayoli, ijodiy mustaqil fikrlashi, o‘z hislarini boshqara olishi, qobiliyatini o‘stirish zarurligi masalasi qo‘yiladi va rivojlantiriladi. Barcha fanlar kabi psixologiya fanining ham o‘ziga xos predmeti bor. Masalan, fizika fani harakatdagi materiyaning fizik xossalarini, kimyo fani kimyoviy xossalarni, biologiya biologik xossalarni o‘rganadi. Psixologiya o‘rganadigan hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash murakkabroqdir. Bu hodisalarni tushunish psixologiya fanini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan odamning dunyoqarashi va qiziqishiga bog‘liqdir. Psixologiya insoniyatga tanish bo‘lgan eng murakkab ilm haqidagi fandir. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib psixika deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holati-ki u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalaridan ancha murakkabroq, chunki psixologiyada bilishning obyekti va subyekti o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Har bir odam tevarak-atrofdagi narsalarni sezish va idrok qilish qobiliyatiga ega. Odam osmonning moviyligini, daraxt barglarining yashilligini ko‘radi, ko‘cha tomondan quloqqa chalinuvchi har xil tovushlarni eshitadi, ba’zi narsalarning sovuqligini, boshqalarining issiqligini sezadi. Odam o‘ylaydi va gaplashadi, ya’ni u tafakkur hamda nutqqa egadir. Biz ilgari bo‘lib o‘tgan narsa va hodisalarni xotira va xayol tufayli esda saqlaymiz va kelajak haqida orzu qilamiz. Bizning sezgilarimiz, idrokimiz, xotiramiz, tafakkurimiz, nutqimiz, xayolimiz psixik jarayonlar deb ataladi. Download 105.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling