Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizmni shakllantirishning psixologik sabablari. Mundarija reja: kirish
Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllashiniga doir
Download 105.3 Kb.
|
Mundarija reja kirish bob maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik-fayllar.org
3.Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllashiniga doir
tajriba sinov ishlari, Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi — pedagogikattg maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini oʻrganuvchi sohasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. bola psixologiyasi, yosh anatomiyasi va fiziologiyasi, tibbiyot, gigiyena, shuningdek, tilshunoslik, nafosat tarbiyasi, axloq fanlari bilan uzviy bogʻliq. 19-asrning 2-yarmida umumiy ped. dan ajralib chiqqan. Bu bir tomondan yosh psixologiyasining rivojlanishi va ilmning alohida tarmogʻi sifatida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan ayollarning f-ka va zavodlarga jalb etilishi natijasida bolalar muassasalarining vujudga kelishi bilan izoxlanadi. Ingliz utopik sotsialisti R. Ouen birinchi boʻlib bolalarga ilk yoshdan ijtimoiy tarbiya berish gʻoyasini asoslab berdi va proletar bolalari uchun maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasini ochdi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. fanning maxsus tarmogʻi sifatida shakllandi va rivojlana boshladi. 20-asr boshlarida erkin tarbiya jarayonida bola shaxsiyatini rivojlantirish gʻoyasi keng tarqaldi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning asosiy vazifasi — maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning mazmun, shakl va metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib. p.ning metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi hamda shaxsning evolyusion tarzda taraqqiy etish qonuniyatlari, OʻzRning 1997-yilgi "Taʼlim toʻgrisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy lasturi", oʻzbek xalqining maʼnaviy-axloqiy merosi hamda bola tarbiismga oid tarixiy tajribasi, il-gor mamlakatlardagi pedagogik qarashlar, ped., psixologiya, falsafa, etika, estetika, tilshunoslik, tibbi-yot, odam fiziologiyasi va gigiyenasi, antropologiya kabi fanlarning ilmiy asoslari, xulosalari hamda qonuniyatlari tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.dan tadqiqotlar kuzatish, pedagogik tajriba, suhbat, hujjatlarni oʻrganish, bolalar faoliyati mahsulini taviil qilish metodlari orqali amalga oshiriladi. Bu metodlar asosida tadqiqotlar mazkur soxa bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchi va tarbiyachilar tomonidan olib boriladi. Har bir kuzatish jarayoni batafsil yoziladi va ilmiy jihatdan taxlil qilinadi. Pedagogik tajribada birinchi navbatda bola, uning rivojlanishi uchun yaratiladigan pedagogik shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Pedagogik tajriba ehtiyotkorlik bilan obʼyektiv ravishla olib borilganlagina amalga oshiriladigan tadqiqot natijalarining obʼyektivligini taʼminlash imkoniyati tugʻiladi. Suhbat metodi u yoki bu bolani, yoki bir gurux. bolalarni yaxshiroq oʻrganish imkonini yaratadi, taʼlimtarbiya jarayonida yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlanadi. Bolalar bilan suhbat ularning qiziqishlarini, nutqidagi oʻziga xoslikni, atrof muhit hamda kishilarga munosabatini aniqlashga yordam beradi. Hujjatlar, yaʼni bogʻcha va aloqida tarbiyachilarning reja va hisobotlarini urganish ham nazariy xulosalar chiqariisha muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga mazkur hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalaridagi tashkiliy ishlar xaqida aniq xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Ushbu xulosalar uz navbatida tarbiya usullarini kashf etishga yordam beradi. Bolalar faoliyati mahsulini tahlil qilish metodi Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p.ning muhim ta- dqiqot metolilir. Bolalar faoliyati taxlili ularni shakllantirishda juda yamii natijalar beradi. Oʻzbekistonda Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasib.p. masalalari Oʻzbekiston ped. fanlari i.t. instituti, Toshkent ped. unti va boshqa ilmiy ta-dqiqot muassasalarida ishlab chiqiladi. Jumlalan, 1996-2000-yillarda Oʻzbekiston ped. fanlari i.t. instituti tomonidan amalga oshirilgan maktabgacha taʼlim jarayenining mazmunini yangilashga yoʻnaltirilgan bir kator tadqiqotlar, xususan, "Maktabgacha yoshdagi bolalarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyilgan davlat talablari", "Uchinchi ming yillik bolasi" kabi tayanch das-turlarning yaratilishi diqqatga sazovor. 3.1BOB. 3.1BOB.Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllanishiga doir tajriba ishlarini olib borish, ntogenezda 3 dan 7 Yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha Yoshi davri yoki maktabgacha Yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha Yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 Yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha Yoshi), (4-5 Yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha Yoshi) , (6-7 Yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha Yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta Yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha Yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi lozim. Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha Yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha Yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, Shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha Yoshidagi bola endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir. Bog‘cha Yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 Yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: Bog‘cha Yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha Yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Download 105.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling