Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizmni shakllantirishning psixologik sabablari. Mundarija reja: kirish
Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllanishiga doir
Download 105.3 Kb.
|
Mundarija reja kirish bob maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik-fayllar.org
3.1Maktabgacha tarbiya yoshida qaysarlik va negativizm shakllanishiga doir
tajriba ishlarini olib borish, Psixikaning namoyon bo‘lish shakllari va ularning bog‘liqligi Shaxsning individual- psixologik xususiyatlari Qobiliyatlar Temperament Xarakter His-tuyg‘ular (emotsional ton, affekt kayfiyat, stress, ehtiros). Iroda (qat’iylik, dadillik, mustaqillik, uyushqoqlik, intizomlilik, sabr-bardosh). Sezgi Iroda Xotira Tafakkur Nutq Xayol Diqqat Shaxsning hissiy-irodaviy holatlari Shaxsning psixik jarayoni Kundalik turmush va ilmiy psixologiya. Har qanday fan negizida ma’lum darajada odamlarning turmushi va amaliy tajribasi o‘z aksini topadi. Har qanday shaxs kundalik turmushning o‘ziga xos psixologik bilimlarini egallagan bo‘lib, o‘z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko‘rsatkichiga egadir, hatto uning turmush tajribasi va bilimlari ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq bo‘lishi mumkin (masalan: «Qari bilganni pari bilmas»). Kundalik muloqot davomida boshqa odamlarni kuzatib borgan kishilarning o‘zaro birgalikda harakat qi- 9 lishga ehtiyoji, ularni tashqi xulq-atvor ortida yashirinib yotgan psixik jarayonlarni farqlay bilishga majbur qilgan. Maqsadlar, mayllar, u yoki bu voqeadan ta’sirlanish zamirida esa xarakteriga xos asosiy belgilar tushunilgan. Shuning uchun ham psixik holatlar, jarayonlar, xususiyatlar ilmiy predmetga aylanishidan ancha ilgari kishilarda bir- birlari to‘g‘risida sodda psixologik bilimlar to‘plana boshlagan. Bu bilimlar avloddan avlodga o‘tgan holda tilda, xalq ijodiyoti yodgorliklarida, san’at asarlarida o‘z ifodasini topa bordi. Jumladan, maqol va matallarda, «O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal», «Odat – kishining ikkinchi tabiati» va hokazolar. Kishining shaxsiy hayot tajribasi ham unga psixika haqida muayyan tasavvur bera oladi; biron- bir matnni qaytadan o‘qib chiqish kishi xotirasida yaxshiroq saqlanib qolishiga yordam berishini, garchi «Takrorlash – ilmning onasi» degan maqol unga tanish bo‘lmasa ham, o‘z shaxsiy tajribasidan bilib oladi. Masalan, bola o‘z talabini qondirish istagida o‘z yaqinlariga turli uslubda ta’sir o‘tkazadi, ya’ni katta yoshdagilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘zi anglamagan holda hisobga olib ish tutadi. Demak, kundalik turmushning psixologik bilimlari farosatlilik, sezgirlik, topqirlik intuitiv tarzda namoyon bo‘ladi. Ilmiy psixologiya ma’lum metodlar, vositalar, operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to‘plash va ularni umumlashtirishga intiladi. Izlanayotgan obyektning xususiyati, holati, munosabati, bog‘lanishi kabilarni aks ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar yordamida psixologik mexanizmlarni kashf qiladi. Insonning ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati, xarakteri yuzasidan umumiy xulosalar chiqariladi. Buning natijasida shaxs psixikasini aniqlash, bashorat qilish, ayrim nuqsonlarni tuzatish, noxush kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug‘iladi. Turmush mashaqqatlarini, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish, shaxslararo nizolarni oldini olish, bartaraf etish singari harakatlar faqat ilmiy psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ijtimoiy va shaxsiy tajribada yuzaga kelgan sodda psixologik ma’lumotlar ilmiy psixologiyagacha yaratilgan psixologik bilimlarni tashkil qiladi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyil- 10 ganda, avvalo, psixik hayotning aniq dalillari nazarda tutiladi. Turli psixologik tajribalar juda muhim faktlarni aniqlagan. Masalan, qorong‘ida ham qog‘oz oppoq deb idrok qilinadi. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan tushuntirib berishga o‘tishni talab qiladi. Shuning uchun ham psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiyada o‘rganiladigan predmet bo‘lib yuzaga chiqadi. Taraqqiyotning turli bosqichlarida psixika haqidagi ta’limotlar Psixologiya bundan 2–2,5 ming yillar muqaddam qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Psixologiya tarixi ikki davrga ajratiladi: 1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davr eramizdan avvalgi VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming yillar davom etgan davrdir. 2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir. Qadim zamonlardanoq odamlar olamni har xil tushuntirganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling