Mavzu: Maktabgacha yosh davrida tevarak-atrof dunyoni anglashning psixologik xususiyatlari Farg’ona 2023
Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Download 120.78 Kb.
|
kurs ishi (3)
1.2. Maktabgacha ta'lim muassasalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Bola pozitsiyasi tomonidan o‘zaro ta’sir tomonlarining vakilligi uning kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro ta’sir va muloqotda bo‘lish ehtiyojlarida; tarbiyachiga yordam berishda shaxsiy va tarbiyachining unga nisbatan munosabat xatti-harakatlarini anglashda; tengdoshlarining o‘z shaxsiy muammolarini tushunib yetish (refleksiya)da namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, tarbiyachining pedagogik o‘zaro ta’sir davrlari emotsional-shaxsiy aloqani o‘rnatish va yaratishga (I davr); pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi emotsional-shaxsiy munosabatlarni rivojlantirishga (II davr); munosabatlarning uyg‘unlik tizimini shakllantirishga (III davr) yo‘naltirilgan. Shuni ta’kidlash mumkinki, bolaning kattalar va tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlari tizimining uyg‘unligi turli xil shaxslararo munosabatlarda “Men” mezoni bo‘yicha shaxsiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida bola ijtimoiy faolligi rivojlanishining manbasi va sharti bo‘lib hisoblanadi. Bola ijtimoiy faolligining rivojlanishi davrma-davr yuz beradi va buni uning ijtimoiy faolligi namoyon bo‘lishining bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishi deb ifodalash kerak. I-davr – ijtimoiy faollikning boshlang‘ich darajasi (“oiladagi voqelik”) bolaning tevarak-atrofdagi haqiqat bilan aloqasining amaliy xarakteri va uni kattalar (ota-ona, enaga va b.)ga to‘liq qaramligi bilan belgilanadi. Bolaning faolligi turmush ehtiyojlarini qoniqtirishga qaratilgan. Bola uchun uning ota-onasi (ular o‘rnini bosuvchilar) qadr-qimmatga egadir. II-davr – ijtimoiy faollikning birinchi darajasi (“vaziyatdagi voqelik”) bolani bo‘lib o‘tayotgan hodisalardan ajrala olmasligi va uni vaziyatga to‘liq qaramligi bilan tavsiflanadi. Bu darajada bola uchun uning xatti-harakatlari xarakteri va yo‘nalganligini belgilovchi vaziyat muhim ahamiyatga egadir. III-davr – ijtimoiy faollikning ikkinchi darajasi (“vaziyat ustidagi voqelik”) bolani vaziyatlar oqimi ta’siridan chiqishi va o‘zining “qimmatli kompasi” yordamida vaziyatni tushunib ish tutishi bilan xarakterlanadi. Uning uchun vaziyatdan chiqishning usul va vositalari, ya’ni “qurollar”, ularning psixologik turlari ham muhim ahamiyatga ega. IV-davr – ijtimoiy faollikning uchinchi darajasida (“o‘zidagi voqelik”) bola o‘z vaziyatlari modelini tayyorlab, atrofidagi kattalar va tengdoshlari bilan “ish yuzasidan” munosabatlar o‘rnatishga urinadi. SHu yo‘l bilan o‘z “Men”ini namoyish qilib, o‘z “makoni”ni himoya qiladi va uning egotsentrizmi, ya’ni olamga bo‘lgan munosabati va o‘zining shu olamda namoyon etishi aniqlanadi. V-davr – ijtimoiy faollikning to‘rtinchi darajasi (“boshqadagi voqelik”) bolaning egotsentrizmini yengishga va o‘zganing qadr-qimmatini tan olishga intilishi bilan belgilanadi. Bola uchun tevarak-atrofdagi barcha tirik jonzotlar: o‘simlik va hayvonot dunyosi, odam qadr-qimmatga egadir. Ijtimoiy faollik qayd etilgan darajalar bolani ijtimoiy haqiqat bilan o‘zaro munosabat xarakterini va turli shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-shaxsiy rivojlanish yo‘llarini aniqlaydi. Yuqorida ta’kidlanganlar bola ijtimoiy rivojlanish jarayonining qanchalik murakkabligini ko‘rsatib turibdi. Maktabgacha yosh davri shaxs shakllanishi va ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davr hisoblanadi. SHaxs rivojlanishi uning ehtiyoji oxir oqibat albatta iste’molchilik emas, balki yaratuvchilik sohasida ro‘y berishini taxmin qiladi. Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim jarayonini shunday tuzish kerakki, bir butun sub’ekt sifatida ham bola, ham pedagogga yoqishi kerak va ular uyg‘unlashuvining rivojlanishiga yordam berish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni alohida tashqi xossalarini idrok qilish, ko‘rgazmali-obrazli shaklda berilgan amaliy va bilish topshiriqlarini yechishning yuqori darajasiga erishadi. Biroq, bola predmetlarni yuzaki ko‘radi. Bu tabiiy, chunki predmetlar uni faqat amaliy va bilish jarayoni ob’ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola predmetlarni mohiyati bilan emas, balki alohida turlari, tashqi xossalari va xususiyatlari bilan ish ko‘radi. Narsalarning mohiyati va ular bizga qanday ko‘rinishi o‘rtasida katta farq mavjud. Mazmun-mohiyat ustki ko‘rinishga emas, u to‘g‘ri idrok qilinmaydi. U olamni ilmiy bilish – ijtimoiy uyushgan ta’lim jarayonida namoyon bo‘ladi. Bilish ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha yosh davrining turli bosqichlarida: ilk bolalik davrida (1 yoshdan 3 yoshgacha) bilish ehtiyojlarini qondirish “Men predmetlar olamida”; kichik maktabgacha yosh davrida (3 yoshdan 5 yoshgacha) “Men tabiat olamida”; o‘rta va katta yoshlarda (5 yoshdan 7 yoshgacha) “Men odamlar olamida” kabi munosabatlarda o‘zgaradi. Bilish ehtiyojlarini qondirish jarayonida, bola hayotiy vaziyat munosabatlarida til vositalaridan, shu bilan bir qatorda faoliyatning turli turlarida foydalanishni o‘rganadi (o‘yin, tasviriy, musiqa va b.). Namoyon bo‘lishni mos (adekvat) vositalarini qidirish bilish faolligini, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni oshishiga turtki beradi va bilishga qiziqishni rivojlantiradi. O‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadi – uslubiy tamoyillarni mos kelgan usul va uslublarini aniqlovchi bosh omildir. Har bir xususiy metodika o‘z mashqlar tizimini taklif etishi mumkin. Misol sifatida mashqlarni lingvistik tizimi keltirilgan. Bu tizim quyidagi tavsiflar bilan aniqlanadi: belgilangan vazifasiga ko‘ra mashqlar kommunikativ, nutqiy va tilga oid bo‘lishi mumkin. Kommunikativ – ehtiyojlar xarakteriga ko‘ra maishiy faoliyatga qaratilgan. Og‘zaki-nutqiy eshitishda va gapirishda (dialog va monolog). Tilga oid – fonetik, leksik, grammatik yoki leksik-grammatik; o‘yin harakatlarining xarakteri bo‘yicha – predmetli, tabiiy, syujetli-rolli, harakatchan va kam harakatli, ijodiy va qoidali; harakatlarni bajarish usuli bo‘yicha – tanishuv-imitativ, qidiruv (taqlid qiluvchi va loyiha bo‘yicha tuzuvchi), reproduktiv (qayta tiklovchi), produktiv (ijodiy); bajarish usullarining xarakteri bo‘yicha – taxmin bo‘yicha harakat, biror hodisani vaqtidan avval bo‘lishi (aktivizatsiya), idrok qilish, taqlid qilish (imitatsiya), tashkil etish, o‘zgarishi (transformatsiya), modellashtirish. Aniq vazifani bajarish uchun mashq tanlaganda pedagog yuqorida keltirilgan barcha tavsiflarni hisobga olishi kerak. Shunday qilib, turli vosita, uslublar va uslubiy tamoyillar asosida qurilgan o‘qitishning uslubiy modeli ta’lim islohoti texnologiyasini tashkil etish usulidir. Didaktik va uslubiy modellar birligi maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonini tashkil etishga yo‘naltirilgan asos bo‘lib xizmat qiladi. Pedagog isloh qilingan ta’lim texnologiyasini egallab, “bolaning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlashi mumkin. O‘zlashtirilgan ma’no va munosabatlar erkin, o‘qishdan tashqari faoliyatda qo‘llanilgandagina o‘qitishning amaliy maqsadi to‘liq amalga oshirilgan hisoblanadi. Pedagog bola shaxsining rivojlanish ko‘rsatkichlari va shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga o‘zining tayyorgarlik darajasini hisobga olsagina ta’lim-tarbiya jarayoni yanada muvaffaqiyatli o‘tadi. Bolaning rivojlanganlik va maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagicha: jismoniy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasi rivojlanishining fiziologik darajasi); psixologik tayyorgarlik (bola shaxsining emotsional, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi); ijtimoiy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasining ijtimoiy rivojlanish darajasi). Pedagogni maktabgacha ta’limda shaxsiy yondashuvni amalga oshirishga tayyorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda uch jihatni hisobga olish kerak: shaxsiy, kasbiy va refleksiv. Shaxsiy tayyorgarlik - bu pedagogik fikrlash (gnostik, ya’ni bilish qobiliyati – ilmiy ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanishni bilish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish, pedagogik vazifalarni ixtisosiga yarasha yechish); pedagogik maqsad belgilanishi (tashkilotchilik xususiyatlari – o‘qish va mashq qilish uchun qulay sharoit yaratish qobiliyati, mashg‘ulotlarning kerakli shakllarini tanlab olish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘qish jarayonini kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash; o‘z mehnatini tashkil qila bilish, turli ommaviy tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (turli bayram tadbirlari, adabiyot kechalari va b.); pedagogik yo‘nalganlik (kommunikativ qobiliyatlar: mazkur ta’lim oluvchilar guruhi uchun qulay bo‘lgan shaklda ma’lumotlar taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma’lumotlar berishning vosita va usullarini tuzatish, ishontirish qobiliyati, kasbiy muloqotni “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-onalar”, “pedagog-menejer”, “pedagog-bola” darajalarida savodli olib borish, bolalar jamoasida sog‘lom psixologik mikroiqlim yaratish va b.) Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnatda loyihalashtirish qobiliyati: hal qilishning oddiy standart va metodlaridan voz kechish, yangi o‘ziga xos usullar qidirish; bor narsadan uzoqni ko‘rish; muammolarni asosiy bir-biriga bog‘lanish mazmunini qamrab olish; yechimning bir necha turli yo‘llarini aniq tasavvur qilib, fikran eng samarali bo‘lganini tanlash; barcha narsa hal bo‘lgan joyda muammoni yuzaga kelishi va uni his qilish; g‘oyalarni ko‘pligi; o‘z faoliyatini, o‘qitish jarayonini, bolalarni individual rivojlanishini, innovatsion o‘qitish jarayonini, dasturlarni loyihalashtirish). Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatga uch turdagi sezgirlik kiradi: ob’ektni his qilish pedagogni o‘ziga xos maxsus sezgirligi – bolalar real haqiqatga qanday qarashda, ularning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon bo‘ladi, “ular pedagogik tizim talablariga mos keladimi”; me’yor va taktni his qilish – bola shaxsi va faoliyatida turli pedagogik ta’sirlar natijasida kelib chiqadigan o‘zgarishlar me’yoriga nisbatan maxsus sezgirlik, qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi, ular ijobiy yoki salbiymi, qaysi belgilar yordamida ular haqida xulosa qilish mumkin; aloqadorlik hissi – pedagogni o‘z faoliyatining kamchiliklariga nisbatan bo‘lgan sezgirligi, pedagogik jarayonga tanqidiy va javobgarlik hissiyotlari). Download 120.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling