Mavzu: Maktabgacha yosh davrida tevarak-atrof dunyoni anglashning psixologik xususiyatlari Farg’ona 2023
Download 120.78 Kb.
|
kurs ishi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkazilgan metodika
- Natijalarni baholash
II bob bo‘yicha xulosa: Ushbu bobda biz bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam berishida, buning asosida uning roli, bilishi, ko‘rgazmali o‘yinlarda ishtiroki, eng oddiy mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakillanishini. Hamda bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib, faollik ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajalari o’rganildi.
O‘tkazilgan metodika: Metodika diqqat, idrok va xotiraning rivojlanganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, 4-6 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan. Bolalarga 10 soniya vaqt davomida avval 1-rasm ko‘rsatiladi. Unda hayvonchalar o‘zlarining uychalarida joylashtirilgani ko‘rsatilgan. So‘ng rasmni olib qo‘yib, hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan 2-rasm ko‘rsatiladi. Bola hayvonchalarni qaysi uyda yashashini topib, uycha bilan hayvonchani qalam bilan birlashtirib qo‘yishi lozim. Buning uchun bolaga 40 soniya vaqt beriladi. Metodika materiali: Hayvonchalar va ularning uychasi chizilgan rasm. Ko‘rsatma: Hozir sizga 1-rasm ko‘rsatiladi, siz qaysi hayvoncha qaysi uychada joylashganligini yaxshilab ko‘rib olishingiz lozim. So‘ng rasm olib qo‘yiladi va 2-rasm ko‘rsatiladi. 2-rasmda hayvonchalar uychalaridan tashqarida tasvirlangan. Siz har bir hayvonchaga uychasini topib bering va qalam bilan birlashtiring. 1-rasm. Hayvonchalar o’z uylarida. 2-rasm. Hayvonchalar o’z uylaridan tashqarida. Natijalarni baholash: Bola belgilangan vaqt davomida barcha hayvonchalar uychalarini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 8-ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 3 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 6-7 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 2 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 4-5 ball beriladi. Belgilangan vaqt mobaynida 1 ta hayvonchani uychasini to‘g‘ri topsa va birlashtirsa 2-3 ball beriladi. Rivojlanganlik darajasi: 8 ball- Bolaning diqqat, idrok va xotirasi yuqori darajada rivojlangan, 6-7 ball yaxshi rivojlangan, 4-5 ball- o‘rtacha rivojlangan, 2-3 ball past rivojlangan. Metodikani 20 ta MTM si bolalari ishtirokida o’tkazdim. Olingan natijalarga ko‘ra bolalarning 10 nafar bolar 8 ballga, 7 nafari 6 ballga va 3 nafari esa 4 ballga ega bo‘ldi. Bundan ko‘rinib turibdiki 50 % bolada adaptatsiya jarayoni yaxshi kechmoqda, 35 % da o‘rtacha va qolgan 15 % da esa biroz pastroq. XULOSA Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida XXI-asrda sog‘lom, bilimli, aqilli bo‘lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular sizu bizga, ya’ni kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTMni tashkil etishda va tugatish qonuniga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. MTMlari yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: - bolalar yaslisi, oblalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi; - bog‘cha-maktab majmuasi; - tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan maktabgacha ta’lim muassasasi (til o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha); - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTM; - sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini muolajalari ustivor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi; - aralash turdagi MTM. Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha yoshda tarbiya _A muvofiq tarzda olib borilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazmali, ta’sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissni va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o‘rab turgan buyumlar va xodisalar to‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki bolalarni ta’lim muassasalariga moslashish jarayonida oilaviy muhit, atrof muhit, ta’lim muassasasidagi ijtimoiy muhit, shart sharoit, pedagok va psixologlarni maxorati hamda tarbiyachining ish yuritishi katta ahamiyat kasb etadi. Download 120.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling