Mavzu: Maktabgacha yoshda bolalarda predmetlarning o'lchamini idroq qilishning o'ziga xos xususiyatlari Mundarija Kirish
III.BOB.1.Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
Download 309.52 Kb.
|
15-Maktabgacha yoshda bolalarda predmetlarning o\'lchamini idroq qilishning o\'ziga xos xususiyatlari
III.BOB.1.Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
B olalarga shartli o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushintirish lozim: Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qapab olinishi haqida. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi haqida. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida. Bolalarni uzinlikni o‘lchashga o‘rgatish vaqtida o‘lchovni soniga qarab, tasmalarning uzunligini o‘lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif qilinadi. Kundalik hayotda olib borgan maxsus mashg‘ulotlar davomida bolalarni uzunlik o‘lchashni, turli usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish vaqtida bolalarga o‘lchovni predmetning kundalangiga qarab qo‘yganligini tushintirishning o‘zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan ko‘nikmalarini balandlikni o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu o‘lchovni olishda qiynalmadilar va birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola boshlaydilar. Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6— 7 yoshli bolalar uzunlikni o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar. Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov gruppalarida olib borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak. Xulosa Xulosa o`rnida aytish mumkinki mashg'ulot vaqtida bolalarga qurilishning eng zarur usullari ko'rsatiladi, shuning uchun mashg'ulot uzoq cho'zilmasligi (10-12 daqiqadan oshmasligi) kerak. Qurish-yasash mashg'ulotlarini o'quv yilining birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o'yinlar bilan chegaralansa ham bo'ladi. Mashg'ulotning maqsadi qurish-yasashning hamma usullarini ko'rsatishdan iborat: qurilishni qurishda qurish-yasashning hamma usullari ko'rsatishni va harakat bilan tushuntirish, tayyor qurilgan namunani ko'rsatish va unga kirgan elementlarni tahlil qilish. Namuna sifatida qurilish materiallaridan nimalar yasash mumkinligini ko'rsatuvchi tayyor qurilishdan foydalanish. Bolalar bino, inshootni qurishni bilib olishlari uchun (baland poydevorning ustini qanday bekitish, bir detalni qanday qilib boshqasi bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar) qurilishning ayrim detallarini ko'rsatish. Tarbiyachi tomonidan bajarilayotgan qurilishning. Bunday qilishga turli to‘plamlarni solishtirish orqali erishish lozim. 6 yashar bolalar gruppasida qo‘shni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funktsiyani bajarishi, ya’ni miqdorni va tartibni ko‘rsatishi bilan tanishadi. Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qat’iy bir sistemada bo‘lishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi o‘zidan kichik ikki sondan iborat bo‘lishi ham o‘rgatiladi. Bu tariqa ber ilgan ma’lumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va o‘zlashtirishga tayyorlaydi. Bolalarga ta’lim berish programmasidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, ya’ni hisob faoliyatiga ko‘chish imkonini tug‘diradi. Download 309.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling