Mavzu: Son so’z turkumi. Sonlarning otlashishi. Sintaktik vazifalari. Son


Download 45.82 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi45.82 Kb.
#244568
Bog'liq
44 son otlashishi,sin.vazifa.

Mavzu: Son so’z turkumi. Sonlarning otlashishi. Sintaktik vazifalari.

Son—predmetning son-sanog’ini va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladigan mustaqil so’zlardir: beshta, birinchi. Sonlar predmetning aniq miqdoriy belgisini bildiradi. Qiyoslang: bola keldi (miqdor noma’lum), bolalar keldi (birdan ortiq, lekin noma’lum), ikkita bola keldi (miqdor aniq). Sonlar ko’plik shaklini otlashganda oladi: besh baholarim ko’p--beshlarim (otlashgan) ko’p. Sonlar o’zidan oldin belgi bildiruvchi so’zni olmaydi: ikkita shirin non--shirin ikkita non (noto’g’ri)

Sonlarning otlashishi Son birikkan ot tushib qolganda son otlashadi va otga xos barcha vazifalarni bajara oladi: To’qqizida bo’lmagan aql to’qsonida ham bo’lmas. To’qqiz yoshida bo’lmagan aql to’qson yoshida ham bo’lmas. Esga oling! Sonlar otlashganda metonimiya usulida ma’no ko’chgan hisoblanadi: O’ninchida o’qiyman (o’ninchi sinf nazarda tutilgan). Birni kessang, o’nni ek (daraxt nazarda tutilgan).

Sonning otlashishiga doir mashq. 1. Uchalamiz beshalasiga qarshi maydonga chiqdik. 2. Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar, to’rtovlon tugal bo’lsa, ko’kdagini indirar. 3. O’n beshinchida boraman. 4. Shahar markaziga 16 boradi. 5. To’rtinchi, to’rtinchi, beshinchiga javob bering. 6. O’shanda yanvarning o’n beshi edi. 7. Bobur ko’chasi, 56 da turaman. 8. Marhumning yettisi o’tkazildi. 9. Birni bersang otangga, mingni olasan bolangdan.


Sonlarning sintaktik vazifalari

Sifatlovchi aniqlovchi

Daraja-miqdor holi

Ot kesim

Otga bog’lanadi

Fe’lga bog’lanadi

Gapning markazi bo’ladi. Odatda gap oxirida keladi

Uchta atirgul oldim

Qirq marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi

Birniki—mingga, mingniki—tumanga.

Sonlar otlashganda ot kabi barcha gap bo’lagi (ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol) bo’la oladi. O’ninchilar (ega) hovliga yug’ildi. Ikki karra ikki—to’rt (ot kesim). Toqqizni (vositasiz to’ldiruvchi) uchga (vositali to’ldiruvchi) ko’paytir. Ikkalamizning (qaratqich aniqlovchi) orzumiz—shu. Sakkizda (hol) boshlaymiz.

Uyga vazifa: 1.Tayog’i yo’g’on birni urar, so’zi yo’g’on mingni urar. 2. Bolalar davrani ikki aylanishdi, qo’l berib ko’rishishdi. 3. Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan ikkitasini olib qo’yganman, birgalashib choy ichamiz. 4. Nafis chayqaladi bir tup na’matak… 5. Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. Berilgan gaplardagi sonlarni aniqlang, sintaktik vazifasini toping. Qaysi o’rinlarda son otlashgan?


Download 45.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling