Shoxrux-qurbonov pdf
Download 296.72 Kb. Pdf ko'rish
|
shoxrux-qurbonov (2)
Sotsial munosabatlar Reja: 1.Ijtimoiy birdamlik va kooperatsiya – jamiyat barqarorligining asosiy omili sifatida. 2.Begonalashuv va tanazzul. Ijtimoiy oqibatlari. 3.Milliy mafkura- ijtimoiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi. Tayyorladi: Shoxrux Qurbonov Ijtimoiy birdamlik va kooperatsiya – jamiyat barqarorligining asosiy omili sifatida. Ijtimoiy aloqa va munosabatlar shaxsning ijtimoiylashuvini taqozo etadi. Ijtimoiy muhit ta'sirida shaxs shakllanib borar ekan, shu jarayonni tavsiflash uchun “ijtimoiylashuv” tushunchasi ishlatiladi. Dastlab bu tushuncha fanda XIX asrning oчirida paydo bo'ldi. “Ijtimoiylashuv” deganda shaxsning o'z hayoti mobaynida o'zi mansub bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me‘yorlari va madaniy qadriyatlarini o'zlashtirish jarayoni tushuniladi. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi “shaxsni tarbiyalash”, “shaxsni shakllantirish” tushunchalari bilan bog'liq, biroq u kengroq bo'lib, insonga qaratilgan barcha ta'sirlarni qamrab oladi. Ijtimoiylashuv jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilish 2 ta aspektga ega: ruhiy mantiqiy va Har qanday ijtimoiy o'zaro ta'sirni shu 2 nuqtai nazardan o'rganish mumkin bo'lgani uchun, tahlil qilishni ijtimoiy o'zaro munosabatlarning eng umumiy va fundamental shakllaridan boshlab, undan maxsus – iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o'zaro ta'sirning boshqa shakllariga o'tish maqsadga muvofiq. Ijtimoiy o'zaro ta'sirni sotsiologik nuqtai nazardantadqiq etishning 2 asosiy darajasi mavjud: mikrodaraja makrodaraja Kishilarning bir-biri bilan o'zaro ta'siri, kichik guruhlararo o'zaro aloqalar va interaktsiya mikrodarajada o'rganiladi. Ijtimoiy aloqalarning makrodarajasi o'z ichiga yirik ijtimoiy strukturalarni, jamiyatning asosiy institutlari din, oila, iqtisodiyotni oladi. Ijtimoiy aloqa – odamlarning ijtimoiy ta'siri orqali amalga oshiriladigan bog'liqligi bo'lib, u odamning boshqalardan huddi shunday munosabatni kutishiga asoslanadi. Ijtimoiy aloqa quyidagilarni o'z ichiga oladi: - aloqa subyektlari (ikkita yoki minglab bo'lishi mumkin); - aloqa predmeti (nima sababdan aloqa amalga oshirilyapti); - o'zaro munosabatlarni tartibga solish mexanizmi. Download 296.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling