Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlarning ahamiyati


kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning


Download 10.63 Kb.
bet4/4
Sana22.10.2023
Hajmi10.63 Kb.
#1716391
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy seminar

kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik, tezkorlik va boshqalar)ning
rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni yaxlit, ham harakat texnikasi
elementlarini alohida-alohida muvaffaqiyatliroq о‘zlashtirish imkoniyati yuzaga
keladi.
Besh-olti yoshli bolalarda о‘z oldilariga qо‘yilgan vazifalarni ongli tushunib
yetish, vaziyatni baholash, о‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik
bо‘ladi, shuning uchun, og‘zaki kо‘rsatma berish va tushuntirish yordamida
maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va kо‘nikma
shakllantirish mumkin bо‘ladi
Maktabgacha ta’lim muassaslari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi,
Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda
bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga
о‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport о‘yinlari: bastketbol, futbol, sport
elementlari va hokazolarni egallaydilar
Bolaga jismoniy mashqlar namunasini namoyish etish tarbiyachi tomonidan
aniq, tо‘g‘ri tempda amalga oshiriladi. Bunday munosabat bolani qiziqtiradi, undagi
ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otadi, harakat dinamikasi tо‘g‘risida g‘oyani shakllantiradi
va uni bajarishni istaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola bilan harakatlarni bosqichma-bosqich о‘rganish
xususiyatlarini о‘rganish A.V.Keneman, E.Y. Stepanenkova, N.V. Poltavtseva va
boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Shunday qilib, harakatlarni о‘rgatish usuli bolaning ijodkorligini
rivojlantirishga qaratilgan. U о‘rganishning barcha bosqichlarida rivojlanadi. Birinchi
bosqichda harakatni takrorlash jarayonida ijodkorlik kuzatiladi.
Ikkinchi bosqichda tarbiyachi bolani mashq qilish variantlarini tanlashga
undaydi, unga yordamchi vositalarni tanlashni taklif qiladi; boshlang‘ich
pozitsiyalarini о‘zgartirib, mashqlarni murakkablashtirish imkoniyati tо‘g‘risida
bolaning xabardorligini faollashtiradi; imtiyozlarni tanlash va boshqalar
Ushbu bosqichda bolaning harakat g‘oyasini faollashtirish muhim rol о‘ynaydi.
Tasvirlar, narsalar, sahnalar, ularni eslash yoki samarali tasavvur asosida paydo
bо‘lgan voqealar, idealoharakat tasvirlar tufayli yuzaga keladi.
Download 10.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling