Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish mazmun mohiyati. Mundarija


Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari


Download 162.07 Kb.
bet7/8
Sana23.04.2023
Hajmi162.07 Kb.
#1390970
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish m

Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko'p afsonalar, rivoyatlar ay tilgan bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto"da kiritilgan.
‘'Avesto’'da insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta’minlashda asosan:
Shahar va qishloqlarni obod qilish;
Bog'larni ko'paytirish;
Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin egallaydi.
Shuningdek:
yer, suv, zamin;
kiyim-kechak;
oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Zardushtiylik ta'limotida inson shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas, balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi. Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk Ipak yo'li" rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo- sotiqning rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda to'qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul muammosi
rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta’sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta’lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga boiadi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy "Minerologiya” asarida qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda boiaklarga boiinmaydigan shakli to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli- tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar qurishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar, madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan ta’minladi.
Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo'lga qo'yish, mamlakat iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy risolalar bitirishga bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidlanadi.
O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik ishlarining eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy etishning o'zi ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibori nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi. A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana “Hozirgi zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur” kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik: “Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz, so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”.
Ahmad Yugnakiy “Hibbatul haqoyiq”da: “Mol-mulksiz kishi uchun bilim – bitmas-tuganmas mulkdir, kambag‘al uchun bilim hisob – xatosiz hisobdir”. Bu fikrdan shuni anglash zarurki, inson o‘zining ilmi bilan ijtimoiy hayotga tejamkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va o‘z hayotini oqilona tashkil qiladi.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga
boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash
muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan
tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari
haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola
tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino:
«O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik
bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi.
Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash
kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va
pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga
harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb
yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning
to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etg an. Ibn
Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy
burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni
tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini
tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy
misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga
tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata
ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga
munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga
ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning
xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy
tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish,
vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari
bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan
edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy
tarbiya bermoq zarur»
. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada
bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni
bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida
yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi
tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi
g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq.
Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim.
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati».
Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiya si masalasini, ota-
onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil
qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning
fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi.
Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini
yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va
mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va
yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb
hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi
rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i,
ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari
bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota -
onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni
faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga
qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning
jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini
tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni
bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan
onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar
farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan.
Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va ota-
onalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z
farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi –
zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni
tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va
baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar».
Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir
alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri
bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z
asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati,
albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va
totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerd a oila
munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha
kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va
G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila
boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani
yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.
Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga
munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola
tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida
bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq.
Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni
qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyid an to‘rtinchi
oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv,
kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi.
Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish,
iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar
beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim
fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi
kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli
tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin. Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aql -zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirish ga da’vat etadi. Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga
yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya -
natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi.
Navoiyning uqtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor.
Xulosa
Demak, xalq ta’limi qanchalik ajoyib bo‘lmasin, oliy maqsad g‘oyalarni shakllantirish bo‘lsa, bolaning shaxsiyatini shakllantirish oilada, uning kelajagi yo‘lida ota-ona mehrining ta’sirida, ota-ona mehri ta’sirida qo‘yiladi. ota-onalarning hokimiyati, oilaviy an'analar. Axir, u oilada ko'rgan va eshitgan hamma narsani takrorlaydi, kattalarga taqlid qiladi. Bolaning o'z harakatlarining bu bosqichi (ya'ni, xatti-harakatlar emas, balki) shaxsning shakllanishida asosiy hisoblanadi. Ushbu mukammal harakat tufayli bola allaqachon ma'lum bir ijtimoiy rol o'ynab, ijtimoiy munosabatlar kontekstiga kiradi. Oiladagi ta'lim jarayonining chegarasi, boshlanishi va oxiri yo'q. Bolalar uchun ota-onalar hayotning idealidir, bolaning nigohidan hech narsa bilan himoyalanmagan. Oilada ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarining sa'y-harakatlari muvofiqlashtiriladi: maktablar, o'qituvchilar, do'stlar. Oila bola uchun u o'z ichiga olgan hayot modelini yaratadi. Ota-onalarning o'z farzandlariga ta'siri ularning jismoniy barkamolligini va axloqiy pokligini ta'minlaydi. Oila inson ongining shunday sohalarini shakllantiradiki, ular faqat unga haqiqiy shakllanish uchun beriladi. Bolalar esa, o'z navbatida, oila yashaydigan ijtimoiy muhitning mas'uliyatini o'z zimmalariga oladilar. Oilaning bola tarbiyasiga ijobiy ta'sirini maksimal darajada oshirish va salbiy ta'sirini minimallashtirish va oilaviy tarbiyaning odatiy xatolarini bartaraf etish uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan umumiy oila ichidagi psixologik omillarni esga olish kerak: Oilaviy hayotda faol ishtirok eting; Farzandingiz bilan suhbatlashish uchun doimo vaqt toping; Bolaning muammolari bilan qiziqing, uning hayotida yuzaga keladigan barcha qiyinchiliklarni o'rganing va uning qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirishga yordam bering; Bolaga bosim o'tkazmang, shu bilan unga mustaqil ravishda qaror qabul qilishga yordam bering; Bola hayotining turli bosqichlari haqida tasavvurga ega bo'ling; Bolaning o'z fikriga bo'lgan huquqini hurmat qiling; Egalik instinktlarini jilovlay olish va bolaga hozirgacha hayotiy tajribasi kam bo'lgan teng huquqli sherik sifatida munosabatda bo'lish; Boshqa barcha oila a'zolarining martaba va o'z-o'zini takomillashtirish istagini hurmat qiling



Download 162.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling