Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja


Download 487 Kb.
bet2/17
Sana10.02.2023
Hajmi487 Kb.
#1187213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BMI boshlang\'ich

Mavzuning dolzarbligi. Istoqlol tufayli O’zbekistonda ulkan o’zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy-iqtisodiy islohatlat amalga oshirilib, yurtimiz taraqqiyot sari dadil odimlamoqda. Prezidentimiz I.Akarimov O’zbekiston respu blikasi Oliy Majlisi, Vazirlar mahkamasi va Prezident devonining mamlakatimiz mustaqilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisda ta’kidlanganidek, «O’tgan yillar davomida mamlakatimiz shu bilan birga, sharafli, tom ma’noda tarixiy davrda doimo yelkama-yelka turib, qanday ulkan va oliyjanob ushlarni amalga oshirganimiz, buyuk kelajagimiz poydevorini o’z qo’limiz bilan barpo etayotganimiz barchamizga har qancha faxrlanish, bosib o’tgan yo’limizni minnatdorlik bilan eslash uchun asos beradi»1.


Darhaqiqat, malakatimiz va xalqimiz xurriyatga erishgan so’ng ijtimooiu xayotimizning turli sohalari qatori maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirishga juda katta e’tibor berilayotganligini guvohi bo’layapmiz. Bog’cha tarbiyalanuvchilarini tarbiyalash, bolalarni ahloqiy, aqliy, jismoniy va tarbiyalashdan tashqari estetik tarbiyalash ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.Yosh avlodni tarbiyalash va o’qitish xalq ta’limi sistemasining boshlang ;ich bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanadi.Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faol yosh avlodni tarbiyalashni taqozo etati. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bоlalarni barkamоl qilib yetishtirishda, ularning xalq insоnparvarligi chashmalaridan, umumbashariy qadriyatlardan bahramand bo’lishlariga e`tibоr berish lоzim.Bu xususida yurtboshimiz ham “Ma`naviy-ahlоqiy tarbiya - bu millat va jamiyat tоmоnidan yaratilgan barcha ruhiy va aqliy ne`matlarni shaxs tоmоnidan o’zlashtirilib, undan fоydalangan xоlda o’z ahlоqini barkamоllashtirishga erisha оlganlik darajasini ko’rsatuvchi mezоndir.
Mazmun mоhiyatiga ko’ra, sоtsial-iqtisоdiy, ijtimоiy-siyosiy islоhоtlarni, biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi mоdelini tatbiq etish jarayonida fuqоrоlarning mamlakat bоshqaruvidagi rоlini оshirib bоrishni asоsiy o’ringa qo’yadigan “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarоlik jamiyati sari” dasturini amalga оshirish bo’yicha ishlarni yanada faоllashtirish masalasini bugun hayotning o’zi kun tartibiga tоbоra qat`iy qilib qo’ymоqda.
Bu amalda fuqarоlik jamiyati institutlarining butun tizimini rivоjlantirishni, uning mamlakatni, ma`muriy-xududiy tuzilmalarni bоshqarish jarayoniga uyg’un ravishda integratsiyalashuvini anglatadi”2, deb ham e’tirof etganlar.
Xalq ta’limi sohasida yagona sistemani yaratmay turib, jamiyatimizning ijtimoiy sohasida sifat o’zgarishlariga erishib bo’lmaydi. Shunu\ing uchun ishlab chiqarishni ilmiy asosda tshkil etish, uni faollashtirishning yetakchi yo’llarini topish, shu bilan birga ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog’lab olib borish zarurligi to’g’risida gi ta’limotni amalda ro’yobga choqarish, yoshlarni mustaqil hayotg va mehnathga tayyorlashni tubdan yaxshilashni taqozo etmoqda.Hozirgi yoshlarni har tomonlama rivojlantirish va voyaga yetkazish, yetuk kishilar qilib tarbiyalashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratishimiz joizdir :
-shaxsni ijtimoiy yetukligi ;
- faol hayotiy yo’l tutish ;
-ma’naviy fazilatga ega bo’lish ;
-yuqori estetik madaniyat
-mukammal jismoniy kamolotga erishish.
Barkamol insonni tarbiyalsh maqsadi hali ma’rifatning hamma bo’g’inlari uchun yagonadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalsh vazifalari shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga qarab belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy , ahloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuidan ibotardir.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling