Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja
Download 487 Kb.
|
BMI boshlang\'ich
Sayrlar. Sayrda harakatli o'yinlar o'ynaladi va bolalar turli harakatlarni bajarishga undab boriladi. O'z tengqurlari va kattalar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatish xohish-istaklari qo'llab-quvvatlanadi.
Sayrda bolalar bilan tabiat kuzatiladi, bunda ularda tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otiladi, uni asrab-avaylash his-tuyg'ulari tarbiyalab boriladi. Bolalarning diqqati tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishga jalb etiladi. guruhcha bolalari barglar yoki gullar dastasini tarbiyachi qo'lidagi barg yoki gullarning rangiga qarab ajrata bilishga o'rgatib boriladi. guruhcha bolalarida gul va barglarni rangiga qarab topish ko'nikmasi tarbiyachi topshirig'iga binoan mustahkamlab boriladi. Kattalarning iltimosiga ko'ra ular daraxt, o't va gullarni ko'rsatadilar. 1- guruhcha bolalari poliz ekinlari va mevalarning ba'zi bir turlari bilan tanishtiriladi. 2- guruhcha bolalari bilan ularninig shakli, ta'mi va gullari aniqlanadi. Mushuk, it, qishlaydigan qushlar haqidagi tasavvurlar takomillashtiriladi, ularga nisbatan mehr-muhabbat hislari tarbiyalab boriladi. Uy hayvonlari va qushlarning tana qismlarini to'g'ri atash mashq qildiriladi. Jonsiz tabiat haqidagi tasavvurlari suv quyiladi, issiq va sovuq bo 'ladi, qutn va qor sochiladi kabi so'z va iboralar yordamida boyitiladi. Muzning yaltiroqligi, toshlarning rangi, shakli, kattaligi kuzatiladi. 2-guruh bolalari tabiiy materiallarni taqqoslashga, katta-kichik, iinoq qattiqligiga qarab umumlashtirishga o'rgatiladi. Ularning diqqati qorning yog'ishi, kamalakning chiqishi kabi tabiat hodisalariga jalb etiladi. Kattalar faoliyatini kuzatish uchun sharoit yaratiladi. Kattalar bilan birgalikda o'yinchoqlarni sayrdan keyin yuvish ko'nikmasi o'rgatilib boriladi. Bolalar kattalar bilan birgalikda barglarni yig'ish, qor tozalash kabi boshqa yengil yumushlarni bajarishda ham qatnashadilar. Ular chelak, bclkurak, supurgi, hokandoz singari mehnat qurollaridan to'g'ri I'oydalanishga o'rgatib boriladi. Transport vositalariga nisbatan qiziqish uyg'otiladi. Ularning rangi, kattaligi va qismlarining nomlarini atashga o'rgatiladi. Haftada bir marta sayr-sayohatga chiqish rejalashtiriladi. Bolalar bilan sayohat faqat maktabgacha ta'lim muassasasi hududida olib boriladi. Sayohatda kuzatilgan joylarning nomlari, ularning vazifalari haqida tushuncha beriladi (oshxona, karxona...). Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling