Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja


Download 487 Kb.
bet17/17
Sana10.02.2023
Hajmi487 Kb.
#1187213
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BMI boshlang\'ich

2.3. Tajriba ishlari tahlili
Bitiruv malakaviy ishning tajriba qismini olib borish uchun Namangan viloyati Chust tumani XTB ga qarashli №53 maktabgacha ta’lim muassasasising katta guruhlari tanlab olindi. Guruh tarbiyachilari Abdullayeva Sayyora
Tajriba ishlari 3 bosqichda olib borildi.
I bosqich. Aniqlovchi tajriba.
Maqsad: maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya beerishning qanday holatda ekanligini aniqlash.
Vazifa:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasi ish xujjatlarini o’rganish, xujjatlardabolalarga estetik tarbiya berishga oid belgilangan tadbirlarni tahlil qilish.

  2. Bolalar bilan suhbat o’tkazish.(esteik jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash uchun)

  3. Tarbiyalanuvchilarni turli faoliyatlarda o’zaro munosabatlaridagi holatni kuzatish.

  4. Olingan natijalarni xulosalash

Dastlab I katta guruh va II katta guruh bolalari tarbiyalanuvchilarining ish rejalari bilan tanishib chiqildi. Mashg’ulotlarni va sayrdagi faoliyatlarni kuzatildi. Mashg’ulotlar an’anaviy shakl va metodlar asosida, ko’proq og’zaki tushuntirish asosida, hikoya qilib berishlardangina foydalanilmoqda.
Ta’lim va tarbiya berishning noan’anaviy usullariga juda kam e’tibor berilmoqda.
I. Bosqichda o’quvchilarning estetik tarbiyalaganlik darajalarini aniqlashuchun tuzilgan savollardan foydalanib, suhbat o’tkazildi.
1. Musiqa tinglashni yoqtirasizmi?
2. Qaysi musiqani tinglashni xohlaysiz?
3. Guruhingizdagi qaysi gul chiroyli?
4. Qaysi ranglarni yoqtirasiz?
5. Qaysi ertak qahramonlarini yoqtirasiz? Nima uchun?
6. Surat tomosha qilishni yoqtirasizmi?
7. Rasm chizishni xohlaysizmi?
8. Nimani rasmini chiza olasiz?
9. Bayram kechalarida biror rolni bajarishni xohlaysizmiYoki siz uchun tomosha qilish ma’qulmi?
10. Qaysi o’yinchoq sizga juda yoqadi? Nima uchun?
Bolalarnning bergan javoblari quyidagi jadval shaklida beriladi. -jadval

Guruhlar

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol

7-savol

8-savol

9-savol

10-savol

jami

I guruh

60%

65%

60%

55%

57%

60%

50%

54%

50%

58%

56%

II guruh

60%

59%

65%

60%

55%

60%

53%

56%

60%

50%

56%

II bosqich. Shakllantiruvchi tajriba bosqichi.


Maqsad: Bolalarni estetik tarbiyalash da noan’anaviy usullardan zamonaviy texnologiyalarni qo’llab ko’rish.
Vazifalari:
1. Bolalarni estetik tarbiyalashga oid mashg’ulotlar ishlanmasini tayyorlash
2. Tarbiyachilarga yangi pedagogic texnologiyalarni qo’llash borasida pedagogic, didaktik maslahatlar berish.
3. Sayr va ekskursiyalarni tashkil etihsga ko’maklashish.
4. Xona gullarini ko’paytirishga yordamalashish;
5.Guruh xonasidagi mebellarni, jihozlarni tartibli joylashtirishga ko’maklashish
Tajribani borishi
Tajriba guruhi tarbiyachisi bilan birgalikda dars ishlanmalari ishlanadi. Noan’anaviy mujassamlashgan mashg’ulotlar tayyorlanib, tarbiyachilarga taklif etildi.
Sayrlar va ekskursiyalar tumanning manazarali joylariga rejalashririldi. Xona gullari ko’paytirildi va gular bolalarga tanishtirib borildi.Musiqa mashg’ulotlari jonlantirildi, Kechalar o’tqazildi va unda tajriba guruhi bolalari ishtiroki ta’minlandi. Xonada va maydonchadagi manzarali chiroyli gullar, daraxtlar haqida , rasmlar galereyalari, o’yinchoqlar ularning xususiyatlari haqida, bilimlar berish asosiy o’ringa qo’yildi. Mashg’ulotlar texnika vositalari, ko’rgazmali qurollar yordamida tashkil etildi. Tajriba guruhi tarbiyachisi bilan birgalikda barcha vazifalar bajarildi.
IIIbosqich. Solishtirma tahlil bosqichi.
Maqsad: nazorat va tajriba guruhi tarbiyalanuvchilarini bilimlarini solishtirma tahlil qilish
Vazifa: Tajriba va nazorat guruhlaridagi pedagogik jarayonlarni taqqoslash:

  • Bolalar bilan savol-javoblar o’tkazish

  • Natijalarni taqqoslab tajriba samaradorligini aniqlash.

Har ikki guruhdan qayta suhbat o’tkaziladi va bu savollar murakkabroq tuzildi:

  1. Chiqindi materiallardan qanday o’yinchoq yasash mumkin:

  2. Qaysi cholg’u asboblarni bilasiz?

  3. Qog’ozni buklash yo’li bilan nimalar yasash mumkin?

  4. Qog’ozni qirqish yo’li bilan nima yasay olasiz?

  5. Ertaklar asosida rasm chizamiz.

  6. O’simliklarni ko’paytirish yo’lini bilasizmi?

  7. Qaysi asar qahramonini yoqtirasiz? Nima uchun?

  8. Ertaklardagi qaysi rolni bajarishni xoxlaysiz? Nima uchun?

  9. Qaysi faslni yoqtirasiz? Nima uchun?

  10. Qayerga ekskursiyaga borishni xoxlaysiz ? Nima uchun ?

2-jadval



Guruh

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol

7-savol

8-savol

9-savol

10-savol

jami

I gr

60%

65%

60%

55%

57%

60%

50%

54%

50%

58%

56%

II gr

65%

64%

65%

60%

62%

65%

59%

60%

55%

60%

62%

III bosqichda har bir guruhning tajriba bosqichlaridagi natijalari tahlil qilinadi
I bosqichdagi natijalarning diagrammada aks etishi :

II bosqichdagi natijalarning diagrammada aks etishi 

I bosqichdagi va II bosqichdagi ishlarini solishtirilganda quyidagicha o’zgarishni ko’rish mumkin.
Natijalardan ko’rinib turibdiki, 5-6 yoshli bolalarga estetik tarbiya berishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noananaviy mashg’ulotlar olib borilishi bolalarni estetik tomondan rivojlanish samaradorligini oshirish imkonini berdi. Tarbiyachi ularga go’zal va hoxush manzaralarni solishtirish va shu orqali go’zallikni qadriga yetish lozimligini uqtirib o’tdi.
Tarbiyalanuvchilar yuqoridagi vositalar bilan birgalikda san’at orqali rasm chizish kuy va qo’shiq raqslar, ertaklarni sahnalashtirish qo’g’irchoq teatri kabi vositalar ta’sirida ham estetik didlarini oshirib bordilar. Ayniqsa, raqs, kuy-qo’shiq, sahna ko’rinishlariasosida tashkilllashtirilgan turli kecha va tadbirlar kichkintoylarga estetik zavq-shavq berish bilan birga ijodkorlik mahoratlarini oshirishga yordam berdi.
5-6 yoshli bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishning tadqiqot qismida tajriba natijalarining ko’rish maqsadida ana shunday kechalardan birni tashkil etildi.
Kecha davomida bolalarning qiziqishlari, quvonchlari, zavqlanishlari bitiruv malakviy ishning o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalga oshira oldi deb, hisoblashiga asos bo’la oldi. Shu bilan birga nazorat guruhi solishtirilganda ham, har ikkala guruh o’rtasidagi farqni ko’rish mumkin edi.
Nazorat guruhidagi kichkintoylarda estetik didni rivojlantirish sustroq ekanligi, ularning bilishga bo’lgan qiziqishlarini pastligida namoyon bo’ladi. Nazorat guruhidagilar kamroq she’r va qo’shiqlarni o’rgangan bo’lib, o’yinlar va tasviriy san’atda mehnat qilish ko’nikma va malakalari ham ko’rinib turardi.

XULOSA
Estetik taraqqiyot shaxsning ongi va munosabati , estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti, ijtimoiy, tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalgam oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan tarbiya hal etuvchi rolni o’ynaydi.


Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik ehtiyoj kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub’yektiv omildir. Estetik ehtiyoj go’zallik to’g’risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishga undaydi, bu esa insonlarda yaxshi fazilatlarni shakllanishiga yordam beradi. Bolaga tarbiya qanchalik erta berilsa, shunchalik unda har tomonlama rivojlanishga erishish va bilim olishga imkoniyat paydo bo’ladi. Go’zallik tabiatda va ijtimoiy hayotda od’yektiv mavjud bo’ladi. Bu voqelikning obyektiv hodisasidir. Estetik kechinmalar, go’zallik tuyg’ularu ayni shu hayotning kishiga ko’rsatgan ta’siri natijasidir.
Tajribadagi jadvaldan shu narsa ma’lum bo’ldiki, 5-6 yoshli bolalarga estetik tarbiya berishda yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanib, noan’anaviy mashg’ulotlar olib borilishi bolalarnio estetik tomondan rivojlanish samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Tarbiyachi ularga go’zal va nohush manaralarni solishtirish va shu orqali go’zallikni his qilish va uning qadriga yetish lozimligini eslatib o’tadi. Tarbiyalanuvchilar yuqoridagi vositalar bilan birgalikda san’at orqali rasm chizish, kuy va qo’shiq raqslar, ertaklarni sahnalashtirish, qo’g’irchoq teatri tashkil etishkabi vositalar ta’sirda ham estetik didlarini oshirib bordilar. Ayniqsaraqs, kuy-qo’shhiq, sahna ko’rinishlari asosida tashkil lashtirilgan turli kechalar va tadboirlar kichkintoylarga estetik zavq berish bilan birga ijodkorlik mahoratini oshirishga yordam berdi.
5-6 yoshli bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari mavzusidagi BMI ning tadqiqot qismida tajriba natijalarini ko’rish maqsadida ana shunday kechalarni tashkil etildi. Kecha mobaynida bolalarni qiziqishlari, quvonchlari zavqlanishlari BMI ning o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalgam oshira oldi deb hisoblashga asos bo’la oldi. Shu bilan birga nazorat guruhi solishtirilganda ham har ikkala guruh o’rtasidagi farqni ko’rish mumkin edi. Nazorat guruhidagi kichkintoylarda estetik didni rivojlanishi sustroq ekanligi, ularning bilishga bo’lgan qiziqishlarini pastligida namoyon bo’ladi. Nazorat guruhidagilar kamroq she’r va qo’shiqlarni o’rgangan bo’lib o’yinlar va tasviriy san’atda, mehnat qilish ko’nkma va malakalarini ham ko’rinib turardi.
Kichkintoylarga ertaklar asosida ta’lim berish ham ancha samaralidir.Ertaklarni yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin tanish, ertak tili hayotiy va jonli bo’ladi. Bolalar bog’chasida kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert, bayramlar kichkintoylarning tug;ilgan kunlarini nishonlash, bolalarda quvonchli hislarni uyg’otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo’lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langan holda amalgam oshiriladi. Yuqoridagi fikrlar va tajriba natijalaridan kelib chiqib bog’cha tarbiyachilariga quyidagi tavsiyalarni berdim .
Tavsiyalar

  1. Bolalar bog’chasi tarbiyachisi ish xujjatlari mazmunini tarbiyalashda bolalarni estetik tarbiyalash maqsadlariga e’tibor qaratishi.

  2. tarbiyachilar bolalarni estetik qobiliyatlarini shakllantrishda pedagogic texnologiyalardan foydalanish

  3. Bolalar bog’chasida bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning har xil turlari va janrlaridan foydalanish kerak

  4. Badiiy asarlar qiziqarli ertak va rasmlardan foydalanish kerak

  5. Bolalar bog’chasida ganch, yog’och, chinni, loy, plastilindan xilma-xil bo’lgan o’yinchoqlar yasashga o’rgatishni yo’lga qo’yish

  6. Bolalarda estetik idrokni rivojlantirish uchunularni haqiqiy san’at asarlari bilan tanishtirib boorish

  7. Bolalar bog’chasida o’tkaziladigan bayram tadbirlarini estetk mazmuniga e’tibor qaratish

  8. Bolalarning dramatic qobiliyatlari, tashabbusi, nurqini o’stirib, hayotiga quvonch bag’ishlovchi estetik tarbiyaning vositalaridan biri bo’lgan qo’g’irchoq teatrlaridan keng foydalanish

  9. Bolalarni estetik didlarini o’stirishda muhim vosita bo’lgan diafilmlarko’rsatishni adabiy matn o’qib berish bilna qo’shib olib borishni yo’lga qo’yish.

  10. Tarbiyachining o’zi badiiy adabiyitni sevishi, tushunishi, nasriy asarva she’rlarni ifodali o’qiy bilishi kerak.


Foydalanilgan adabiyotlar royhati

  1. Karimov I. A. Barkamol avlod orzisi. T. O’qituvchi. 1999 yil

  2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.Fan. 1997 yil

  3. Karimоv I.A. O’zbekistоnning siyosiy-ijtimоiy va iqtisоdiy istiqbоlining asоsiy tamоyillari. T., “o’zbekistоn”, 1995.

  4. KarimоvI.A. “Asоsiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farоvоnligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma`ruzasidan. T. “Xalq so’zi” 2010 yil.30 yanvar

  5. Karimov I.A. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li.T.Fan. 2007 y

  6. O’zbekistоn Respublikasining Kоnstitutsiyasi. T., “O’zbekistоn”, 1992.

  7. “Ta`lim to’g’risida”gi O’zbekistоn Respublikasi Qоnuni.

  8. Bolajon tayanch milliy dasturi T.Fan. nashriyoti 2011

  9. Ma’naviyat yulduzlari. M Hayrullayev tahriri ostida .A.Qodiriy merosi nashriyot. 2001y.

  10. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan davlat talablari. Toshkent-2008yil

O’zbek xalq maqоllari. (To’plоvchilar: T. Mirzaev, B.Sarimsоqоv va bоshqalar), T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1989

  1. Tarbiyaviy ish metоdikasi. (L.I. Ruvinskiy taxriri оstida), T., “o’qituvchi”, 1991.

  2. Matchоn, Do’stjоn. Vel kо Bоtir. T., “Yosh gvardiya”, 1972.

  3. Оchil Safо. Umidvоr qushcha. G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1983.

  4. Оchil Safо. Burgut. T., “o’qituvchi”, 1992.

Оchil S. Mustaqillik ma`naviyati va tarbiya asоslari. T., “o’qituvchi”, 1995

  1. Dоnishmandlar оdоb-ahlоq to’g’risida. T., “O’qituvchi”, 1986.

  2. Turayeva О. Bоla aziz, оdоbi undan aziz. T., “O’qituvchi”, 1986.

  3. Yosh psixоlоgiyasi va pedagоgik psixоlоgiyadan praktika. (prоf. A.I. Shcherbakоv, taxriri оstida), T., “o’qituvchi”, 1991.

  4. Оchil Safо. Umidvоr Qushcha. T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1983.

  5. Оchil Safо. Kamalak va sumalak. T., “Yosh gvardiya”, 1987.

  6. Оbidjоn Anvar. Juda qiziq vоqea. T., “Yulduzcha”, 1987.

  7. Qo’shоqоv Muxammadjоn. Yomg’ir nega yog’adi? T., “Yosh gvardiya”, 1984.

  8. Abduazimоva Umida. Оymоma bоg’. T., “Kamalak”, 1981.

  9. Оchil Safо. Umidvоr Qushcha. T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1983.

  10. Оchil Safо. Kamalak va sumalak. T., “Yosh gvardiya”, 1987.

  11. Оbidjоn Anvar. Juda qiziq vоqea. T., “Yulduzcha”, 1987.

  12. Qo’shоqоv Muxammadjоn. Yomg’ir nega yog’adi? T., “Yosh gvardiya”, 1984.

  13. Abduazimоva Umida. Оymоma bоg’. T., “Kamalak”, 1981.

  14. O’zbek pedagogika antologiyasi. O’qituvchi» nashriyoti. Toshkent 1994 yil.

  15. Internet ma’lumotlari www.ref.uz, www.referat.ru, www.ziyonet.uz

  16. Р.Н.Шеренков. Интегрированнўе уроки ИЗО, 2000 г. www.5ka.ru

  17. www.5ballov.ru Ш.Р.Николаевич. Возможность и пути реализации интеграция изобразительного искусство и развитие речи в начальнўе школе. 2000 г.


  1. Э.Р.Геттих. Индивидуальной подход в воспитании детей. www.referat.ru . Педагогика. Сургут. 1999 г

1 Karimov I.A. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li.T.Fan. 2007 y

2 Karimоv I. A. “Mamlakatni mоdernizatsiya qilish va kuchli fuqоrоlik jamiyati barpо etish – ustuvоr maqsadimizdir”mavzusidagi ma`ruzasidan. “T. Xalq so’zi. 2010 yil. 28 yanvar 3 –bet.

1  Karimоv I. A. “Asоsiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farоvоnligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma`ruzasidan. T. “Xalq so’zi” 2010 yil.30 yanvar . 3 –bet..

1 Bolajon 100- 105betlar



Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling