Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni steam ga jalb etish usullari topshiriqlarni baholash uchun kontekstlar va XXI asrning tanlangan koʻnikmalari


Umumiy oʻrta taʻlimning Milliy oʻquv dasturi: STEAM fanlari


Download 1.6 Mb.
bet6/6
Sana08.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1444374
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xxi asr kо nikmalarini shakllantirish yо llari. Reja

Umumiy oʻrta taʻlimning Milliy oʻquv dasturi: STEAM fanlari


2020-yilning 13-mart kuni Xalq taʻlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʻlim markazida umumiy oʻrta taʻlimning Milliy oʻquv dasturini yaratish doirasida Oʻzbekistonda STEAM taʻlimni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tadbirda olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, taʻlim sohasi ekspertlari ishtirok etdilar.
STEAM taʻlimi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy sanʻat, matematika fanlari asosida oʻquvchilarni oʻqitish metodikasi boʻlib, oʻquvchida amaliy mashgʻulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantiradi. Bunda fanlarning oʻzaro uygʻun holda yozilgan oʻquv dasturlari bir-birini toʻldiradi va birgalikda oʻquvchida yaratuvchanlik layoqatini hosil qiladi.
2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʻrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Farmonida Xalq taʻlimi vazirligi zimmasiga Umumiy oʻrta taʻlimning Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
STEAM taʻlimining rivoji tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya), texnologiya, tasviriy sanʻat, matematika fanlari dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligining taʻminlangani hamda oʻquvchilarda shakllanishi zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalarning aniq belgilanishi bilan bogʻliq. Zamonaviy taʻlim uslubini rivojlantirish maqsadida Xalq taʻlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʻlim markazida har bir fan yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlari shakllantirildi. Olimlar, ekspertlar, oʻqituvchi va metodistlardan iborat jamoalar STEAM taʻlimi yoʻnalishida ilgʻor tajribalarni oʻrganib, uni rivojlantirish yuzasidan izlanishlar olib borishmoqda.
Xususan, umumiy oʻrta taʻlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, tasviriy sanʻat, matematika fanlarining dasturlarini tayyorlashda oʻquvchida amaliy koʻnikma shakllantiruvchi mavzularni qamrab olish, fanlarni mazmun-mohiyatan bogʻlash va toʻldirish, oʻquvchilarda shakllanishi zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalar darajasini aniq belgilash inobatga olingan. Umumtaʻlim fanlari kesimida fan dasturlarini tahlil qilish grafigi ishlab chiqilgan va mazkur grafik asosida ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq taʻlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga koʻra, STEAM fanlarni joriy qilish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish layoqatlarini shakllantiradigan dasturlar va yangi davlat taʻlim standartlari joriy etilishi belgilangan. Yoshlarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash uchun STEAM fanlarini chuqur oʻrganishga moʻljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodi tayyorlanadi.
Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling