Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni steam ga jalb etish usullari topshiriqlarni baholash uchun kontekstlar va XXI asrning tanlangan koʻnikmalari


Download 1.6 Mb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1444374
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xxi asr kо nikmalarini shakllantirish yо llari. Reja


Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni STEAM ga jalb etish usullari


TOPSHIRIQLARNI BAHOLASH UCHUN KONTEKSTLAR VA XXI ASRNING TANLANGAN KOʻNIKMALARI

PISA tadqiqotlarida darsliklarimizdagi odatdagi matematik masala emas, balki biror kontekstda taqdim qilingan real hayotiy muammoli vaziyatlar beriladi. Eslatib oʻtamiz, darsliklarimizdan oʻrin olgan, odatdagi standart matematik masalada berilgan miqdorlar (maʻlumlar) va topish kerak boʻlgan nomaʻlum miqdor boʻladi. Nomaʻlumni berilgan maʻlumlardan foydalanib topish talab qilinadi. Bunda berilganlar nomaʻlumni toppish uchun yetarli boʻlib, ular kam ham boʻlmaydi, koʻp ham boʻlmaydi.


P ISA topshiriqlari esa matematik masala emas, u matematik masaladan oldin keluvchi bosqich – muammoli vaziyatning tavsifi (kontekst)dan iborat. Topshiriq kontekstida tasvirlangan muammoli vaziyatni mulohaza yuritish orqali oʻrganib, uni matematik tilga oʻgirib ifodalash, yaʻni matematik masalaga keltirish kerak boʻladi. Shundan keyingina masalani matematikani qoʻllab yechishga kirishiladi. Shunday qilib, PISA topshirigʻi konteksti, bu – real hayotiy vaziyatlarning turli koʻrinishlardagi tavsifidan iboratdir. Kontekst qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, 4 ta topshiriqlar turkumiga doir boʻlishi mumkin:
«Shaxsiy» kontekstda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– oʻquvchining shaxsiy hayoti bilan bogʻliq,
doʻstlar bilan muloqot qilish, sport bilan shugʻullanish, dam olish kabi kundalik turmushdan olingan vaziyatlar;
– oila, doʻstlar va tengdoshlar davrasiga aloqador kundalik maishiy vaziyatlar;
– kattalarning kundalik turmushi bilan bogʻliq xaridlar, ovqat tayyorlash, sogʻliq, shaxsiy ishlarni rejalashtirish va boshqa vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
«Kasbiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– oʻquvchining maktabdagi hayoti yoki mehnat faoliyati bilan bogʻliq vaziyatlar;
– maishiy qurilish sohasi yoki maktab hayoti bilan bogʻliq oʻlchash ishlari, qurilish materiallariga buyurtma berish va narxlarni hisoblash, toʻlovlar, muayyan yumushni bajarishga doir vaziyatlar;
– oʻquvchilar uchun tushunarli boʻlgan kasbiy faoliyatga va kasblar olamiga doir vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
Kasbiy kontekst ishchi kuchining ixtiyoriy darajasiga (maxsus malakani talab qilmaydigan ishlardan tortib to yuqori malaka talab qiladigan ishlargacha) bogʻliq boʻlishi mumkin. Bunda PISA tadqiqotida berilgan topshiriqlar 15 yoshli oʻquvchining yosh xususiyatlariga mos boʻlishi lozim.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling